Speech Disorders: Dysphagia
Download 272.34 Kb.
|
Elektrik filtrlar tuzilishi
Mavzu: Elektrik filtrlar tuzilishi turlari va ishlash prinspi Reja: 1. Elektrik filtrlar turlari. 2. Elektrik filtrlarni tuzish. 3. Elektrik filtrlarni ishlash prinspi.Chastota ortganda induktiv qarshilik ortadi, sig`im qarshilik esa kamayadi. Induktiv qarshilik tok kuchlanishdan faza bo`yicha 900 ga orqada qoladi, sig`im qarshilikda esa kuchlanish tokdan shuncha burchakka orqada qoladi. Reaktiv qarshiliklarni bu hususiyatlari amalda turli vazifalarni bajaruvchi elektrik filtr qurilmalarini tuzishda ishlatiladi. Demak, filtr manbaa bilan iste`molchi orasida joylashgan. Oldiga qo`yilgan vazufalarga qarab filtrlar quyidagi turlarga bolinadi: - past chastotali filtrlar, ular O dan f chastotagacha bo`lgan toklarni ko`rsatadi. - Yuqori chastotali filtrlar, ular ma`lum chastotadan to chegarasigacha bo`lgan chastotali toklarni o`tkazadi. - Palosali filtrlar, ular f1 dan f2 gacha bo`lgan chastotali toklarni otkazadi. - To`chuvchi filtrlar, ular chastotadagi f1 dan f2 gacha bo`lgan toklarni o`tkazmaydi. Tuzilishi bo`yicha filtrlar har bir ulanishga ega bo`lgan induktivlik va sig`imlaridan tashkil topgan to`rt qutbliliklarni eslatadi.Past chastotali filtrlar zanjirida induktivlik ketma-ket, sig`im esa [parallel ulangan bo`lishi lozim, shundagina bunday filtrlar f1 dan 0 gacha bo`lgan chastotali toklarni o`tkazib, f1 dan yuqori chstotali toklarni o`tkazmaydi. Aytib o`tilganidek, past chastotali toklar uchun induktivlik kichkina qarshilikni hosil qiladi, yuqori chastotali toklar uchun katta qarshilik. Sig`im esa uni teskarisi, katta chastotali toklar uchun u kichik qrshilik hosil qilsa, past chastotali toklar uchun esa katta qarshilik hosil qiladi. Shuning uchun u yuqori chastota bo`yicha iste`molchini shuntlaydi, yani yuqori chastotali toklarni o`zi orqali o`tkazib yuboradi.Past chastotali filtrlar o`zgaruvchan tokni to`g`rilashda qo`llaniladi, yani ular tokni o`zgaruvchi qismini kamaytirish uchun kerak bo`ladi. Shuning uchun ular tekslovchi (sglajevayushie) deb ham ataladi (1-rasm). Yuqorida chastotali filtrlarda induktivlik va sig`im o`rinlari almashtiriladi, yani ular istemolchilardan yuqori chastotali toklarni o`zkazib yuborib, past chastotali toklarni ushlab qolish zarur (2-rasm). 1-rasm. Past chastotali filtr. 2-rasm. Yuqori chastotali filtr. G`altak va kondensoner ketma-ket va parallel ulangan tebranish konturini filtrlash ta`sirini ko`rib chiqamiz. 3-rasm. Ketma ket (a) va parallel (b) tebranish konturlari. 3-rasm. Polosali filtr. 4-rasm. Tusuvchi filtr. L1C1DAN tuzilgan ketma-ket zanjir va filtr rezonansli va unga qo`shni bo`lgan chastotalar uchun oz qarshilikka ega, shuning uchun u ma`lum polosadagi hamda unga yaqin bo`lgan chastotalarni yahshi o`tkazadi, lekin boshqalarni ushlab qoladi. L2C2 lardan tuzilgan parallel zanjir esa rezonansga moslashtirilgan va unga yaqin chastotalarga katta qarshilik hosil qiladi, ammo boshqalarga esa oz. Shuning uchun u iste`molchini rezonansga yaqin bo`lgan barcha chastotalardan tashqari chastotalardan shuntlaydi, yani ular o`zi orqali o`tkazib yuboradi. Tusuvchi filtrlar ma`lum chastotali polosani ushlab qolishi lozim. Shuning uchun ketma-ket hamda parallel zanjirlarni o`rni almashtiriladi. L1C1 dan iborat parallel zanjirlar rezonansi yaqin polosali chastotalarni amalda o`tkazmaydi, shu bilan birgalikda boshqa chastotalarga qarshilik ko`rsatmaydi. Download 272.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling