Spektrofotometrik va fotometrik analiz usullari.
Hozirgi vaqtda kimyoda fizikaviy tadqiqot usullari ichida spektroskopik
usullar keng ishlatiladi. Bu usullar yordamida modda tomonidan chiqarilgan
yoki yutilgan elektromagnit nurlar inteusivligini ularning chastotasiga yoki
to ’lqin uzunligiga bog’liqligi o ’rganiladi. Spektroskopik usullar atom va molekulalaming elektron, tebranish, aylanish va magnit energetik sathlari orasidagi
farqni topish, spektr polosasining intensivligi orqali energetik sathlar orasidagi
o’tish ehtimoliyatini katta yoki kichikligini baholash imkoniyatini beradi.
Bularni o ’rganish esa o’z navbatida molekulaning simmetriyasini, geometriyasini,
qaysi atomlardan tashkil topganligini, elektrik Xossalarini va boshqa kattaliklarini topish imkoniyatini beradi. Energetik sathlar orasidagi ΔEfj farqning katta kichikligiga qarab spektral usullar quyidagilarga bo’linadi (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |