Spermiogenez Chang donasi po‘stining tuzilishi


Download 1.71 Mb.
bet9/10
Sana12.10.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1699340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi

Diakinez-bosqichi bilan meyoz bo‘linishning I bosqichi yakunlanadi. Bu bosqich davrida xiazmlar soni kamayadi, bivalentlar qisqaradi (rasm, d). Ular zichroq ko‘rinishga keladi, gomologik xrosomalar terminal xiazmlarga birlashadi. Xromosomalar bu bosqichda yadro po‘sti bilan bog‘lanishni uzadi.
Metofaza – I bosqichi hujayra yadrosining po‘stini parchalanishidan, axromatin urchug‘ini yuzaga kelishidan boshlanadi (rasm, ye). Bivalent xromosomalar urchuq bilan birlashib, ekvatorda joylashadi. Bu davrga kelib yadrocha yo‘qoladi. Sentromerlarning o‘zaro uzoqlanishi kuchayadi.
Anafaza I bosqichi gomologik xromosomalarni urchuqning ikki qaramaqarshi uchiga yo‘nalishi bilan xarakterlanadi (rasm, j). Gomologik xromosomalarning har biri ikkita xromatiddan tashkil topadi.
Telofaza I bosqichi oxirgisi hisoblanadi. Bu davrga kelib ajralayotgan gomologik xromosomalar yo‘nalganligi tufayli har bir qutbda toq sondagi xromosomalar bo‘ladi (rasm, z). Keyin yadroning po‘sti va yadrocha tiklanadi. Zich holdagi xromosomalar endi siyraklashadi, ular o‘zining shaklini saqlaydi. Shu boisdan har biri aniq ko‘rinadi. Telofaza bosqichini nihoyasida sitokinez boshlanadi.
Hujayra yadrosining ikkinchi meyoz bo‘linishi qisqa vaqtli interkinez davridan so‘ng, ikkinchi bo‘linish mitoz ko‘rinishida amalga oshadi. Ikkinchi meyoz bo‘linishdan oldin DNK sintezi amalga oshmaydi. Profaza II ko‘p vaqt davom etmaydi. Xromatidlar sentromeralari bilan birikkan holda birbirlaridan uzoqlashadi. Metafaza II, anafaza II va telofaza II mitoz bo‘linishda qanday sodir bo‘lsa shunday ko‘rinishda amalga oshadi. Ikkinchi meyotik bo‘linishda 2S miqdordagi DNK va 2n sondagi xromatidli hujayralar bo‘linib, gaploid DNK va xromosomali ikkita hujayrani hosil qiladi (rasm, i-m).
Shunday qilib, meyoz bo‘linish jarayonida bitta hujayrani ikki marta bo‘linishi natijasida to‘rtta gaploid hujayra hosil bo‘ladi. Ularning har biri irsiy tuzilishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
Meyoz bo‘linish o‘ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Bu o‘rinda xromosomalarning konyugatsiyasi hozirgacha to‘la qay tarzda boshqarilib amalga oshishi haqida ma’lumotlar yetarli emas. Sitofotometriya, avtoradiografiya va boshqa bir qator usullarni qo‘llab meyozning profazasida qisman maxsus DNK hosil bo‘lishi (0,3%) aniqlangan. DNK ning asosiy qismini sintezlanib bo‘lishi, meyoz bo‘linishga kirishish oldidan ro‘y beradi. Bizga ma’lumki, mitoz bo‘linishda DNK interfaza davrida sintezlanadi. Profaza I ning zigotena davrida gomologik xromosomalarning konyugatsiyasi va DNK sintezi bir vaqtda boshlanib, teng tugaydi. Ayrim hollarda zigotena davrida DNK sintezini ingibitor ta’sirida to‘xtatilsa, xromosomalarning konyugatsiyasi ham to‘xtaydi. Bundan shunday xulosa qilinadiki, zigotenadagi DNK sintezi gomologik xromosomalarning konyugatsiyalanishi (sinapsis) uchun zarur. Bu DNK gomologik xromosomalarni konyugatsiyada o‘zaro ta’sirlanishini amalga oshirishga imkon beradi (rasm).
P rofaza I bosqichining leptotena davrini oxirida, har bir xromosomaning yuzasi bo‘ylab oqsil tabiatli bog‘lamlar shakllanadi. Zigotenada xromosomalarni bog‘lovchi bog‘lamlarni o‘zaro yaqinlashuvi tufayli sinaptonemal majmua yuzaga keladi. Zigotena oxirida gomologlar bu bog‘lar yordamida bir biri bilan zich bog‘lanadi. Morfologik jihatdan ular uch qavatli belbog‘ ko‘rinishida bo‘ladi. Bu majmua zigotena-paxitena va diplotena davrida mavjud bo‘lib xiazmlardagina saqlanadi.
Gomologik xromosomani “tanib” konyugatsiyasini amalga oshiradigan ikkinchi polimer bu oqsil hisoblanadi. Oqsil meyoz bo‘linishning profaza bosqichida hosil bo‘ladi va u meyozning bir maromda amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Gistonli oqsillar meyozda DNK sintezidan keyin sintezlanadi.
Meyoz bo‘linishning profaza I bosqichini paxitena davrida oz bo‘lsa ham genomning 0,1% miqdorida DNK rasm. Liliya o‘simligidagi sinaptonemal kompleks (Moens, 1968, Bogdanov bo‘yicha, hosil bo‘ladi. Diplotena davrida 1975):
Yoe- yon elementlar, xi-xromatin iplari, kt- xromosomalarning transkripsiyasi ko‘ndalang tolalar faollashadi. Bu bosqich davrida hayvonlarning ko‘pchiligida va o‘simliklarning ayrimlarida xromosomalar “chiroq qalqon” ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bivalentdagi har bir gomolog ko‘plab juft simmetrik joylashgan juftlik tugunlar xromomeralardan chiqadi. Xromomerlar bu tig‘izlashgan xromatinlarning qo‘sh qismlaridan iborat tugunlari hisoblanadi. Bunday tugunlar shu joyda sintezlanadigan ko‘p miqdordagi axborot RNK tutadi. Paxitena davrida va ayniqsa, diplotenada faol xromosomalarning bo‘lishi, profazadan boshlab, RNK sintezini butunlay to‘xtashi meyozni mitozdan keskin holda farqlaydi.
Chang donalarini maxsus kimyoviy tarkibli oziqli muhit sharoitida o‘stirib, unda sodir bo‘ladigan meyoz bo‘linishning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish yangi imkoniyatlarni yaratadi. Mikrosporatsitlarning rivojlanishi changdonning rivojlanishi bilan xususan, unda nuklein kislotalarning sintezi orqali bog‘liqligi aniqlangan.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling