Spermiogenez Chang donasi po‘stining tuzilishi
Download 1.71 Mb.
|
Otalik gametofitining rivojlanishi changchining tuzilishi
Meyozning spora tipi. Bu tipda sodir bo‘ladigan meyoz sporofit va gametofit oralig‘ida spora hosil qilish bilan amalga oshadi (rasm).
Bu o‘rinda meyoz umumiy sporogenez jarayonining bir qismini tashkil qiladi. Mikrospora (mikrosporotsitlar) va makrospora (makrosporotsitlar) hujayralarga bo‘linadi. Bo‘linish natijasida to‘rttadan mikro va makrosporalar hosil bo‘ladi. Ularning hammasi gaploid sondagi xromosomalarga ega bo‘lib, bir necha marta bo‘linishdan keyin gametofitni hosil qiladi. Gametofitlar jinsiy hujayralar-gametalar hosil qilishni boshlab beradi. Shu boisdan bu tipdagi meyozda gametalarni hosil bo‘lishida gaploid gameta bir necha marta bo‘linadi. Turli organimlarda gaplo va diplo davrni davom etishi va rivojlanishida farqlar mavjudligiga qaramay, ularda jinsiy hujayralar – gametalarni hosil bo‘lishi juda o‘xshash va bir qator yuksak darajada ixtisoslashgan va aniq holdagi jarayonlardan iborat. Ularning har biri avvalgisini davomli va keyingisining sababchisidir. rasm. Gulli o‘simliklarda chang donalarining (I) va murtak xaltaning (II) hosil bo‘lishi. Spermiylar va tuxum hujayraning hosil bo‘lishi. Meyoz amalga oshadigan hujayralar odatda diploid (2n) sondagi xromosomalarga ega bo‘ladi. Shunga muvofiq holdagi DNK soni ham (2S) teng. Urug‘lanish natijasida yuzaga kelgan diploid yadroni tarkibida ikkita otaonalikni belgilaydigan xromosoma bo‘lib, shu boisdan har bir xromosoma o‘zining gomologiga ega.
Meyoz bo‘linishning birinchi S-davri me’yorda o‘tadi, uning natijasida DNK qo‘shaloqlanadi. Shu boisdan odatda meyoz bo‘linishida hujayralar 4S, DNK soni ham 4n miqdordagi xromosoma tutadi. Meyozda ham mitozdagi kabi asosan bir necha: a) profaza; b) metafaza; v) anafaza; g) telofaza davrlardan iborat simvol qabul qilingan. Bu davrning orasida keskin chegara yo‘q, shuning uchun meyoz bir-birini davomli bo‘lgan bosqichlardan iborat va odatda astasekin ro‘y beradi (rasm). Meyoz bo‘linish ikki marta bo‘linish davrlardan iboratligi tufayli unda ro‘y beradigan jarayonlarni profaza I, metafaza I va shu kabi, ikkinchi bo‘linishda profaza II, metafaza II kabi belgilash qabul qilingan. Meyoz bo‘linish jarayoni qanday amalga oshishi haqida har bir davrga doir hujayrada ro‘y beradigan o‘zgarishlarni bayon qilamiz (rasm). Profaza I. Meyozning birinchi bo‘linishini boshlab boradigan bu davr ancha uzoq muddat davom etishi va murakkab jarayonlarni ro‘y berishi bilan boshqa davrlardan farqlanadi. Profaza I davrida xromosomalarda maxsus o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar ro‘y beradigan jarayonlarni beshta: leptotena, zigotena, bo‘ladigan jarayonlar bir – birini to‘ldirib boradi. Leptotena bosqichi uzun ingichka xromosoma iplari borligi bilan xarakterlanadi. Leptotena bosqichida xromosomalar qo‘shaloqlangan bo‘ladi, biroq hammasi emas. Shuning uchun leptotenada diploid miqdordagi (2n) xromatidalar bo‘lib, ularning umumiy soni S-davrida keyinchalik 4n ga teng. Leptotenada xromosomalarning joylanishi tasodifiy, ya’ni sochilgan yoki to‘plangan holda bo‘lishi mumkin. Ular o‘zaro birlashib yarim oysimon egilgan ko‘rinish hosil qilgan xromosomalar o‘zlarining telomeralari bilan yadro po‘stiga bog‘langan. Ayrim o‘simliklarda leptotenaning oxirida xromosomalar yumaloqlashgan (sinezis) ko‘rinishni hosil qiladi. Л ептотена босқичининг маълум даврида ингичка хромосомаларда хроматинларнинг қўйиқланишидан хромомерлар пайдо бўлади, улар хромасомаларнинг узунаси бўйлаб жойлашади (расм, а). Бундай хромомерли жойларнинг сони, катталиклари ва уларнинг жойланиши ҳар бир хромосомалар учун ўзига хос бўлади. Лептотенада кейинги мейоз учун энг муҳим характердаги жараён – гомологик хромосомаларнинг конюгацияси бошланади. Zigotena- bosqichi gomologik rasm. Tamaki mikrosporotsitlaridagi meyoz xromosomalarning konyugatsiya (Ovsyanikova, 1973); aj-birinchi bo‘linish, z-m-meyozning ikkinchi (sinapsis) bosqichi bo‘lib, bu bo‘linishi. jarayon o‘ta aniqligi va o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich mobaynida gomologik xromosomalar o‘zaro yaqinlashadi, natijada yangi xromosomalar majmui bo‘lgan bivalentlar hosil bo‘ladi. Har bir bivalent ikkita gomologik xromosomadan iborat va u to‘rtta xromatidga ega. Shunday qilib, bivalentlarning soni yadroda xromosomalarning gaploid soniga teng bo‘ladi (rasm, b). Paxitena-bosqichi profaza I ning bir muncha uzoq davom etadigan davri. Bu bosqichda gomologik xromosomalar to‘la konyugatsiyalashadi, yo‘g‘onlashadi, qisqaradi (rasm, v). Paxitena yo‘g‘on iplar hosil bo‘lish davri ham deyiladi. Konyugatsiya shunday zich, tig‘iz bo‘ladiki, yo‘g‘on paxiten xromosomalarning soni gaploidday ko‘rinadi. Haqiqatda esa bunday xromosoma ikkita gomologik xromosomalarning birlashganidan iborat. Bu bosqichda gomologik xromosomalarning o‘zaro o‘xshash qismlari o‘zaro almashishadi. Mana shu holatga krossingover deyiladi. Krossingover tufayli birikkan genlarning rekombinatsiyasi sodir bo‘ladi. Diplotena-bu-qo‘sh iplar bosqichi. Meyozning bu bosqichida yuzaga kelgan gomologik xromosomalar endi bir-biridan itarila boshlaydi, ular faqat ayrim joylarda birikkan bo‘ladi (rasm, g). Xromosomalarning bir-biridan ajralishi va uzoqlashishida, bivalentlarda, xromosomalarni chalkashgan va birikkan joylari-xiazmalar yaxshi namoyon bo‘ladi. Uzun xromosomalarda xiazmlar qisqa xromosomalardan ko‘p bo‘ladi. Diplotena bosqichida xromosomalarni qisman qisqarishi va tig‘izlanishi ro‘y berishi natijasida to‘rt ipli tuzilma aniq namoyon bo‘ladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling