Spirt ishlab chiqarish uchun bug‘doy, arpa, jav dar, makkajo‘xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ish
Download 85.22 Kb. Pdf ko'rish
|
2oV3c09D handwrittner (1)
Spirt ishlab chiqarish uchun bug‘doy, arpa, jav- dar, makkajo‘xori, tariq, suli kabi boshoqli ekinlar ish- latilishi mumkin. O‘zbekistonda spirt ishlab chiqarish uchun asosan bug‘doy doni ishlatiladi. Solod ishlab chi- qarish uchun esa yuqori sifatli konditsiyali arpa, ta- riq va suli donlari ishlatiladi. Kartofel- spirt ishlab chiqarishda xamma tex- nologik talablarga to‘liq javob beradi. Uning xosildorli- gi donli maxsulotlarga nisbatan 3-4 marotaba ko‘pdir. U oson pishiriladi, achitqilarni oziqlanishi uchun azotli va fosforli moddalari bor. Kartofelni qayta ishlovchi korxonalarning unumdorligi donni qayta ishlovchi korxonalariga nisbatan 10% ko‘pdir. YOqilg‘ining sarflanishi 12%, spirtning tannarxi xam kamdir. Lekin kamchiliklari xam bor. Kartofelni ekib- qstirish ko‘p mexnat talab qiladi, namlikni ko‘pligi saqlashni qiyinlashtiradi, uzoq masofalarga tashish
samarasizroq va kartofel xar xil kasalliklarga oson chalinadi. Namligi 75%, quruq moddalar miqdori 25% ni tashkil etadi. Makkajo‘xori (Zea mays). Donli xom ashyolar ichida makkajo‘xori doni spirt ishlab chiqarish uchun eng qulay hisoblanadi. CHunki unda nisbatan ko‘p kraxmal, kam kletchatka va ko‘p lipidlar bo‘ladi. (Lipidlar bar- daning ozuqaviy qiymatini oshiradi.) Makkajo‘xori boshqa donli ekinlarga nisbatan 2-3 marta yuqori ho- sildorlikka ega. Makkajo‘xori O‘zbekiston Respublikasining hamma viloyatlarida etishtiriladi. Bug‘doy, arpa, javdar va suli. Javdar (Secale), bug‘doy (Tritium), arpa (Hordeum), suli (Avena) O‘zbekis- ton Respublikasining hamma viloyatlarida etishtiri- ladi.
Ozuqa etil spirtini ishlab chiqarishdagi asosiy xom-ashyo don xisoblanadi va bu donni DAK «O‘zdon- maxsulot» korxonalari etkazib beradi. Donli maxsu- lotlarni o‘rtacha namligi 14% va quruq moddalar miqdori 86% ni tashkil etadi. Melassa- deb qand lavlvgidan qand ishlab chi- qarishda qandni kristalizatsiya jarayonida xosil bo‘ladigan suyuqlikka aytiladi. Melassa quyuq suyuq- lik bo‘lib, qora-jigar rangga, karamel va melanoidga xos bo‘lgan spetsifik xidga egadir. Spirt ishlab chiqa- rishda melassa yaxshi xom-ashyo xisoblanadi. Uning tarkibida qand miqdorini yuqoriligi achitqini xayot faoliyati uchun zarur moddalarni etarligi boshqa xom-ashyolarga nisbatan afzalligidan darak beradi. Yordamchi materiallar: oltingugurt ishqorisi, xlor izvesti, karbamid, formalinlardir.
Xom ashyoni pishirish usullari O‘zbekistonda spirt zavodlarida asosan xom as- hyo davriy va uzluksiz usulda pishiriladi. Davriy usulda pishirish, asosan, uch bosqichli yarim uzluksiz usul yordamida amalga oshiriladi. Xom ashyo pishirish oldi qozonida 60-90oS haroratli suv bilan 1:2,5÷3,5 gidromodulda aralashtiriladi. Bir vaqtning o‘zida xom ashyo va suv aralashmasi ikki- lamchi bug‘ bilan isitiladi. So‘ngra xom ashyo pishirish qozonida o‘tkir suv bug‘ining yuqori bosimi ostida pis- hiriladi. Pishgan massa saqlagichga puflanadi va ma’lum muddatda ushbu uskunada saqlanadi. XX-asr 50-yillarining oxirlarida uzluksiz usulda ishlaydigan kraxmal saqlovchi xom ashyoni pishirishga mo‘ljallangan birinchi uskunalar ishlab chiqarishga joriy qilina boshlandi. 1962 yilda esa Butun Rossiya bijg‘ish mahsulotlari ilmiy tekshirish institu- ti va Ukraina spirt sanoati ilmiy tekshirish insti- tutlari tomonidan yaratilgan kraxmal saqlovchi xom ashyoni uzluksiz usulda pishiruvchi uskunalar ishlab chiqarishda keng joriy qilishga tavsiya etildi. O‘zbekistonda YAngiyo‘l shahridagi «Bioxim» AJ, Qo‘qon shahridagi «Qo‘qon» ishlab chiqarish birlashmasi, Andi- jon shahridagi «Bioximzavod» zavodlarida kraxmal saqlovchi xom ashyo uzluksiz usulda pishiriladi. Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 21 mayda «Alkogolli maxsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 221-sonli, 1998 yil 2 iyulda «Spirt va alkogolli maxsulotlarni ishlab chi- qarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni xisobga olish xamda nazorat qilishga oid nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 275-sonli qarorlari e’lon qi- lingan. 1999 yil 5 yanevardagi «Spirt va alkogolli maxsu- lotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi usti- dan davlat nazoratini mustaxkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2-sonli qaro- ri bilan ilk bor spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va sotishga litsenziya berish tartibi belgilandi va tar- moqdagi 59 ta korxonada ishlab chiqilayotgan alkogolli maxsulotlarga litsenziya berildi. yiladi.
Korxona vinodel-texnologi qabul qilish- ga mo‘ljallangan uzum miqdoridan (navlari bo‘yicha) kelib chiqqan xolda, mavsum o‘tkazish rejasini tuza- di. Rejada qaysi navli uzumdan, qaysi turdagi sharob xom-ashyosi tayyorlanishi belgilanadi. Reja ish jara- yonida ob’ektiv sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Mavsumda tayyorlanadigan sharobchilik maxsulotlari shampan va konyak spirti uchun vino- materiallari (xom sharob), xo‘raki (stolovoe), quv- vatlantirilgan, desert, liker, mistel va boshqalar uc- hun korxonadagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va sharoitidan kelib chiqqan xolda texnologik yo‘na- lish aniqlanib olinadi. Bu yo‘nalish sharobchilikka oid normativ xujjatlarga mos bo‘lmog‘i kerak. Demak bir- lamchi sharob zavodlarining imkoniyatini xisobga olib sharob xom-ashyosi tayyorlash sxemasi qo‘llansa, ishlab chiqarilgan maxsulot sifati shu korxonaning ko‘rsatgichiga aylanib qoladi va boshqa korxonalar maxsulotidan ajralib turadi. Bu sifat belgisi ta’m ko‘rish (degustatsiya) orqali baxolanadi va taqdirla- nadi. Sharobchilik sanoati quyidagi korxonala- rini o‘z ichiga oladi: 1. Birlamchi sharob ishlab chikarish korxonalari: uzumni qayta ishlash, xom sharob va sharoblarni ish- lab chiqarish (konsentrat va sharobchilik chiqindilari- ni qayta ishlash korxonalari 2. Ikkilamchi korxonalar: sharoblarga texnologik Download 85.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling