Spitsa va ilgak bilan to‘qish to‘qish, halqalarni hosil qilish usullari


Download 20.14 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi20.14 Kb.
#1464201
  1   2   3
Bog'liq
ILMOQ VA SPITSA BILAN TO‘QISH USULLARI.


MAVZU: ILMOQ VA SPITSA BILAN TO‘QISH USULLARI.
REJA:
1 Ilmoq bilan to’qish usullari
2 Spitsa bilan to’qish usullari
Maqsad: Ilmoq va spitsa bilan to‘qish usullari haqida bilimlarga ega bo‘lish.
TO‘QISH. SPITSA VA ILGAK BILAN TO‘QISH
To‘qish, halqalarni hosil qilish usullari. O‘zbek xalqi qadimdan qo‘l hunarmandchiligi sirlarini chuqur egallab kelgan. Jumladan, o‘zbek xotin-qizlari mohirlik bilan kashta, jiyak, do‘ppi, to‘n, so‘zana kabilarni tikish bilan shug‘ullanganlar. Ular atlas va gilamlar to‘qishgan. Bor xomashyolardan foydalanganlar. Hozirgi kunga kelib ayollarimiz orasida qo‘lda kiyim - qo‘lqopchalar to‘qish keng rivojlanib bormoqda. Qo‘lda to‘qilgan kiyim-kechaklar betakror va bejirimdir. To‘qish amaliy san’atning bir turi bo‘lib, nihoyatda zavqli va foydalidir. To‘qilgan kiyim yaroqsiz bo‘lib yotmaydi yoki tashlab yuborilmaydi. Har bir to‘qish hunaridan xabari bor xotin-qiz kerakli buyumni osonlikcha to‘qib oladi va umuman to‘qigan sari o‘z-o‘ziga ishonch va yaratuvchanlik qobiliyati ortib boradi.
To‘qish qurollari bu- spitsa va ilgakdir. Spitsa—asosiy to‘qish quroli bo‘lib, uning quyidagi turlari bor.
1.Aylana troschali.
2.Aylana naychali.
3.To‘g‘ri ikki uchi uchli.
4.To‘g‘ri bir uchli.
Spitsalar — nikellangan, po‘lat, temir, alyumin, plastmassa va yog‘ochdan yasalgan bo‘ladi. Eng foydalanishga qulay spitsa po‘latdan yasalgan, ikki uchi uchli va bir uchi uchli spitsadir. Chunki u mustaxkam bo‘lib,yog‘och va plastmassa spitsalar kabi sinib ketmaydi. Har bir spitsaning raqami bor. Spitsaning raqami uning diametrini bildiradi.
1. Raqamli spitsani diametri 1 mm. 4. Raqamli spitsani diametri 4 mm. Har bir to‘qishni o‘rganuvchi talabaga har xil raqamli spitsalar bo‘lishi kerak. Chunki har bir spitsa o‘z o‘rnida ishlatiladi. Bu buyumni sifatli bo‘lishiga olib keladi.
Ilgak: Kalta [12-15sm] va[ 30-40sm] hamda ingichka va yo‘g‘on [1-6 mm] Ilgaklar bor. Har xil iplarni to‘qishda xar bir ipning o‘ziga mos Ilgak tanlanadi. Ilgak ipdan ikki baravar yug‘on bo‘lishi kerak. Ilgak po‘lat, alyumin, plasmassa, mis va temirdan yasalgan bo‘ladi. Ilgakdan spitsada to‘qilgan, matoni birlashtirishda, mato chetini aylantirib to‘qib chiqiladi.

Download 20.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling