Sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish
Download 45.5 Kb.
|
Sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o’yinlari
Stol tennisi
O‘yin o‘lchami 230x100 dan 250x130 sm gacha bo‘lgan stolda o‘tkaziladi. Stolning balandligi 65, 68 sm. Balandligi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan stollar qulay. Stolning yuzasi yog‘och qirindisidan tayyorlangan plita yoki 8, 10 qalinlikdagi namga chidamli faneradan qilinadi va bo‘g‘iq ko‘k rangga bo‘yaladi. Stolning chetlariga 3 sm kenglikdagi oq chiziq chiziladi. Stolning bur- chaklari dumaloqlangan bo‘lishi kerak. Koptok va raketka bilan mashq qilish uchun odatdagi stollardan foydalanish ham mumkin. Standart raketkalar bolalarga biroz og‘irlik qiladi, shuning uchun uning dastagini 2 sm ga qisqartirish, diametrini esa 0, sm kamaytirish kerak. O‘rgatish uchun har bir bolada koptok va raketka bo‘lishi zarur. Ayrim mashqlarni faqat sayrlarda emas, balki mustaqil ravishda binoda ham bajarish mumkin. O‘rgatishning boshlarida stol tennisi koptogi bilan bajariladigan mashqlar beriladi. Bu mashqlarning izchilligi taxminan shunday: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o’yinlari Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport o’yinlari va mashqlariga katta o’rin beriladi. Chang’ida yurish, konkida, chanada uchish, velosipedda, samokatda, rollerda yurish, shuningdek, suzish sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak-qon tomir, nafas olish va nerv tizimlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, mashg’ulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik va h.k.), shuningdek, ritmlilik, harakatlar koordinasiyasi, fazoda mo’ljal olish malakasi rivojlanadi. Velosipedda yurish, konkida uchish vestibulyar barqarorlikni rivojlantiradi. Tegishli kiyimda turli temperaturada toza havodagi mashg’ulotlar quyosh nurida, shuningdek, suvda chiniqish modda almashishini kuchaytiradi va chiniqtirishga xizmat qiladi. Sport mashqlaridan iborat mashg’ulotlar bolalarga tabiat xodisalarini bilishga (qor, shamol, muz, suv va h.k.) sirg’alish, tormozlanish haqidagi tushunchalarni, shuningdek, sport-roller, velosiped tuzilishi haqidagi bilimlarini egallashilariga imkon beradi. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling