Sport faoliyati


Download 436.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana22.10.2023
Hajmi436.8 Kb.
#1715639
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
1Lazizjon diplom ishi

 
 
 
 


26 
2.2 Milliy harakatli o ‘yinlarning ijtimoiy-ma’naviy turmush bilan 
bog‘liq]igi
Ijtimoiy-ma’naviy turmushni soglom turmush tarzining tarki biy qismi desa 
boladi. Chunki unda inson hayoti, mchnati, oilaviy munosabatlar, kiyinish, 
so‘zlashish san’atiga qiziqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish kabi 
juda ko‘p faoliyatlar, yumushlar, xatti-harakatlar o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. 
Ijtimoiy turmush, madaniyat gashtini suruvchilar quyidagilami o‘zlariga odat qilib 
oladilar: — to‘yimli ozuqa, mevalami tanlab iste’mol qilish; — dam olish kunlari, 
bo‘sh vaqtlar va bayramlarda teatr, kino, konsert, futbol, to‘ylarga borish; — 
mavsumiy va muhitga (to‘y, turli marosim, mehmon dorchilik va h.k.) qarab 
kiyinish; — oilaviy bo‘lib o‘yin maydonlariga muntazam borish, tennis, 
badminton, futbol kabi harakatli o‘yinlar o‘ynash; — suv omborlari, istirohat 
bog'lariga borib ko'ngil ochish, dam olish, suzish; — yaqin qarindoshlar va 
qadrdonlardan xabar olish, ulami mehmondorchilikka taklif etish; — mahalla, 
qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaqin aloqada bo‘lish; — har kuni ertalab gimnastika qilish, 
turli o'yinlarni bajarish va h.k. Hozirgi davrda sog‘lom turmush tarzini kcchirishga 
intiluvchi kishilar kun sayin ko‘paymoqda. Ular yon-atrofidagilarni, oila a’zolarini 
sport bilan shug‘ullanish, ertalabki va kechki paytda gimnastika mashg‘uloti bilan 
bir qatorda qiziqarli harakatli o‘yinlami bajarishga da’vat etadilar. 24 Ijtimoiy-
ma’naviy turmush sharoitidagi harakatli o‘yinlardan miiqsadli foydalanish, bunda 
mavjud bo‘lgan o ‘yin to‘plamlari (kitoblar)ni yig‘ish lozimdir. Har bir oila barcha 
a’zolarining bir galikda sport bilan shug‘ullanishlaii, turli milliy harakatli 
o‘yinlami o'ynashlari ahillik, mehribonlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish kabi 
ijobiy fazilatlami mustahkamlash bilan bir qatorda, ularning jismonan sog‘lom, 
baquwat bo‘lishlari, hatto chiniqishlarini ta’minlaydi. Shu sababli harakatli 
o‘yinlar (arg‘amchida sakrash, ko‘z. bog'lash, bekinmachoq, to‘pli estafeta va h.k.) 
hamda sport o‘yinlarining elementlari bilan shug‘ullamshni odat tusiga 
aylan tirish lozim. Eng muhimi esa «Quvnoq startlar» televizion o‘yinlaridagi 
mashq harakatlarni takrorlash, Navro‘z, Mustaqillik kuni bay ramlari hamda 
boshqa ommaviy-madaniy sport tadbirlaridagi har xil harakatli o‘yinlami tomosha 


27 
qilish, ulami amalda bajarish yaxshi samara berishi aniqdir. Yana bir tomoni 
shundaki, ba’zi ijodkorlar, san’atkorlar, nashriyot va bank xodimlari imkoniyat 
darajasida sportning u yoki bu turi bilan muntazam shug‘ullanishlari natijasida 
o‘zlari tashkil ctgan qiziqarli sport musobaqalarida faol qatnashmoqdalar. 
Ular ning ba’zilari hatto mahalla, bolalar sporti va boshqa jamg‘armalaiga 
tnoddiy yordam ko‘rsatmoqdalar. Xotin-qizlar spartakiadalari, «Mahallamiz 
pahlavonlari», «Kichkintoylar-pahlavonchalar» kabi sport musobaqalarining 
das turidan asosan milliy harakatli o‘yinlaming joy egallashi e’tiboiga sazovordir. 
Mustaqillik yillari davrida yaratilayotgan sahna asarlari (teatr, kino, ochiq 
maydonlardagi tomoshalar va h.k.)da kurash, futbol, 25 qilichbozlik, sharqona 
yakka kurashlar va boshqa bir qator o'yin mashqlaming qo‘llanilishi ijtimoiy-
madaniy turmushimizdagi yangi o‘zgarishlardan darak beradi. Demak, milliy 
harakatli o‘yinlar sport turlariniug qismlari (elementlari) bilan tutashib ketmoqda. 
Ular ijtimoiy turmush madaniyatimizga chuqur singib bormoqda. Bu jihutlami 
talaba yoshlar puxta o ‘rganishlari lozim bo‘ladi. 

Download 436.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling