Sport inshootlari fanining maqsad va vazifalari tavsifi. Sport inshootlari haqida qisqacha tarixiy ma`lumot inshootlari tasnifi va toifalanishi


«Sport inshootlari» fanining vazifalari


Download 166.5 Kb.
bet2/6
Sana13.12.2022
Hajmi166.5 Kb.
#999014
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sport inshootlari fanining maqsad va vazifalari tavsifi. Sport inshootlari haqida qisqacha tarixiy ma`lumot inshootlari tasnifi va toifalanishi

«Sport inshootlari» fanining vazifalari:
- sport pedagogikasi faoliyati uchun eng maqbul sharoit yaratish, uni topish, tushuntirish;
- jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joydan unumli va maqsadga muvofiq holatda foydalanish.
Harakat faoliyatini maqsadga muvofiq yo‘naltirish uchun nazariy bilimlar tizimini mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyga to‘g‘ri muvofiqlashtirish;
- sport inshootlarini to‘g‘ri tushunish;
- kishilarning harakat faoliyatini o‘tadigan joylar shart-sharoitini yaxshilash;
- jamiyat mehnati bilan bunyod etilgan moddiy va qimmatbaho boylik bo‘lmish sport inshootlarini me’moriy shakl sifatida asrash;
- sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sportga xizmat qiladigan ijtimoiy tashkilotni jismoniy tarbiya tizimining tarkibiy qismi deb bilish;
Sport inshootlari fani bo‘lajak mutaxassislarga murabbiy va o‘qituvchi bo‘lishida ijtimoiy tajriba beradi. O‘quv materiali mazmuni har xil jihozlar, qurilmalardan foydalanish, ularni tayyorlash qoidalari va usullari, harakat va mashqlarga mustaqil joy tayyorlash, sport inshootlarining atrof-muhitga ta’sirini to‘g‘ri hisobga olishni o‘rgatadi.
«Sport inshootlari» – ilmiy-o‘quv fani bo‘lib, boshqa fanlar bilan o‘zaro ta’sir etishi natijasida jismoniy tarbiya mutaxassislariga malaka oshirish, o‘sish uchun kerakli shart-sharoit yaratadi.


Sport inshootlari haqida tushuncha
Sport inshootlari bu maxsus faoliyatga mo‘ljallangan ko‘p qirrali madaniy sog‘lomlashtiruvchi sport majmuasi bo‘lib, Respublikamizda sport maydonlari, suzish hovuzlari, manejlar va boshqa inshootlar o‘quv mashqlar o‘tkazishga hamda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joyiga aylangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sport inshootlarini rejalashtirish umumxalq dasturga kiradi.
Hozirgi kunda sportni rivojlantirishga Respublikamizda katta e’tibor berilmoqda. Shuning uchun sport inshootlarini qurishda rejalashtirish kabi masalalarga yechim topilishi zarur bo‘lib, ular bugungi kun talablariga mos tushishi lozim.
Jismoniy tarbiya va sport-sog‘liqni mustahkamlovchi, aholini ish qobiliyatini oshiruvchi, mehnat unumdorligini ko‘taruvchi, ishlab chiqarish kuchini rivojlantirishda asosiy manbadir. Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya harakatlari, milliy sport o‘yinlariga alohida e’tibor berilmoqda. Yangi qurilayotgan sport inshootlariga fan va texnikaning yuqori bosqichdagi texnik vositalari ishlatilmoqda. Yangi qurilgan inshootlardan to‘g‘ri, samarali foydalanish uchun jismoniy tarbiya va sport muammolarini yaxshi biladigan yosh mutaxassislarga ehtiyoj ko‘paymoqda.
Sport inshootlarini qurishda sport talablari e’tiborga olinadi. Bu albatta, sport inshootining, eng avvalo, o‘quv jarayoniga mosligi hamda maxsus ventilyatsiya, isitish, yoritish tizimlari, mashg‘ulot jarayonida ishlatiladigan jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Sport inshootining ko‘rinishi yaqqol funksional, konstruktiv, me’moriy tarafdan bir-biri bilan uyg‘unlashganligi talabga muvofiq bo‘lishi kerak. Sport ob’ektlarini qurishda ratsional foydalanish qoidalarini va inshootlar ekspluatatsiyasini e’tiborga olish zarur. Bularning hammasini sport instruktorlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yangi sport qurilishi boshliqlari bilishi shart. Shuning uchun jismoniy tarbiya institutida “Sport inshootlari” faniga alohida e’tibor berilgan.



Download 166.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling