Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
Xalq sayllari va marosimlarda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar:
“Olamon poyga”, “Uloq”, “Qiz quvlash”, “Cho‘nka shuvoq”, “Cho‘pon”, “Olib qochar”. O'zbek xalq 0‘yinlarida kasalliklarni davolash uchun va 0‘rgatish jarayonida keng ko'lamda foydalanish mumkin. Kasallikni oldini olish uchun qo'llaniladigan o'yinlar bilan kasaldan chiqqan odamda qo'llaniladigan o'yinlarni farqini bilish juda zarur. Chunki ulami jismoniy yuklanishi (nagruzkasi) bir-biridan ajralib turishi darkor. O'rgatish jarayonida esa ko'nikma va malakalami shakllantirishga muvofiq o'yinlar tanlab beriladi. Yuqoridagilami nazarda tutib o'zbek xalq o'yinlarini quyidagi toifalarga ajratish mumkin: 1. Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o'yinlar. 2. Darsni ayrim qismlarida qo'llaniladigan o'yinlar. 3. Turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo'llaniladigan o'yinlar. 4. Bolalar jinsiga qarab qo'llaniladigan o'yinlar. 5. Ruhiy hissiyotlarni rivojlantiruvchi o'yinlar. 6. Yorug' va qorong'u sharoitlarda qo'llaniladigan o'yinlar. 7. Hayotiy zarur malakalami egallashda yordam beruvchi va takomillashtiruvchi o'yinlar. 8. Sport faoliyatida qo'llaniladigan o'yinlar. Shu tavsiflami ochib berish masalalarini keyingi snhifalnrdn ko'ramiz. 49 Alohida shuni ham ta’kidlash joizki, aksariyat xalq harakati: o'yinlari o ‘z mohiyati va mazmuni bilan mehnat va turli kasl; ko'nikmalari, odob-axloq, ma’naviy-madaniy qadriyatlar, ong xotira, diqqat, tafakkur, tasawur, idrok kabi hislatlami shakllan tirishda muhim rol o'ynaydi. Bunday o'yinlarni ilmiy asosda yanada shakllantirish va ta’lin muassasalari va dam olish-sog'lomlashtirish maskanlarida 0‘tkazila digan mashg'ulotlar, turli bayram tantanalari, to'y-tomoshalar vs sayllar kabi tadbirlarda ulardan keng foylanish milliy qadriyatlarimizn tiklash, sayqal topishiga turtki beradi, yosh avlod ma’nayiyati, kuch- qudrati, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini charxlaydi. Ma’lumki, yurtimizda odil, demokratik davlat va fuqarolil jamiyati qurish sari shahdam qadam qo'yilayotgan hozirgi sharoitds erkin shaxs tarbiyasida “Sog'lom avlod” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” , “Barkamol avlod davlat dasturi”, “Mustahkan oila”, “Obod turmush”, “Sog'lom bola” yili davlat dasturlarin amalga oshishi erkin, farovon va sog'lom turmush tarziga yangicha tafakkur bilan yondashish imkoniyatini berdi. Eng oddiy va ayn paytda eng murakkab masala — insonning sog'lom va farovor turmush tarzini ta’minlash ekanligi isbot talab qilmaydigar haqiqatga aylandi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy qiyofasini shakllantirish, g'ururinJ uyg‘otish, iftixor tuyg'usini tarbiyalash milliy qadriyatlarga tayangar mafkuraga asoslanadi. Mustaqillik, yangilangan ruhiyat, ayniqsa. o'sib kelayotgan yoshlar ongida dunyoga ilmiy asosda qarasli imkoniyatini berdi. Axloqiy tarbiya negizida marosimlar, urf-odatlai va an’analarga yangicha munosabat tuyg'usi shakllandi. Bundaj munosabatlarni shakllantirishda o'zbek xalq harakatli o'yinlarining o'ziga xos о 'm i bor. Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili hamda bizning kuzatuvlarimiz shu narsani ko'rsatadiki, mustabid davrda o'zbeb xalq o'yinlariga e’tibor berilmagan. Bugun milliy istiqlol mafkurasining “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpc etish”, degan bosh g'oyasini har bir insonning ongi-shuuriga singib borishi yoshlarda o'zbek xalq harakatli o'yinlariga yangicha yondashuvni, yangicha tafakkur tahlilini talab etmoqda. Pedagogik va psixologik izlanishlar shu narsani ko'rsatmoqdaki. toki ta’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarga alohida tizim yaratilmas ekan, o'zbek xalq harakatli o'iinlarini tarbiyaviy samaradorligi, ma’naviy-axloqiy va estetik qiymati to'g'risida gap bo'lishi mumkin emas. Shunday ekan, uzluksiz pedagogik ta’limni tashkil etish va 50 rivojlantirishda ushbu muammoni ilmiy jihatdan to‘liq o'z ycchimiga ega bo'lishi kun tartibiga qo'yilgan dolzarb vazifaga nylanmog'i lozim. Shu o'rinda Yurtboshimizning 2013-yil 7-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag'ishlangan tantanali inarosimidagi ma’ruzasida qayd etilgan quyidagi so‘zlariga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir: “...Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim-tarbiya va sportning o‘mi va ta’sirini yanada kuchaytirish lozim”.17 Ma’lumki, milliy harakatli o'yinlar ta ’lim-tarbiya, axloq- odob, milliy madaniyat va ma’naviyat hamda milliy g‘urumi shakllantirishda muhim vosita ekanligi isbotga muhtoj emas. O'zbek xalq harakatli o yinlari — bolaning hamma jismoniy xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari, tashabbuskorligini oshirish, harakat faoliyatiga bo'lgan tabiiy intilishlarini shakllantirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Harakatli o'yin odamlarga xos faoliyatning qiziqarli shakllaridan biridir. O'yin tushunchasi yosh bolaning shaqildoq bilan bajaradigan oddiy harakatlaridan tortib, kattalarning o'zbek jang san’ati, kurash, ko'pkari va boshqa juda ko'p sport turlarida amalga oshiradigan jismoniy faoliyatlarni o'z ichiga oladi. Harakatli o'iyinlar muayyan maqsadga erishishga qaratilgan ma’lum qoidalarga amal qilinadigan ongli faoliyatdir. O'yinda, qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqarilmaydi. O'yinlar shaxs ruhiyatiga ta’sir etuvchi muhim ahamiyatga ega bo'lgan mujassamlashgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlaming shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirishga va hissiy quvnoqlik tuyg'ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o'yinlar bolalami “Hayotga tayyorlanish maktabi” bo'lib, ulami jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi. O'yin bola ongi, tafakkurini o'stirib, xotira, diqqat, irodasini mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o'yin bolani katta hayotga tayyorlashda mashq vazifasini bajarib, kelajakda hayotda duch 17Каримов И.А. Амалга оширилаётган ислохатларимизни янада чукур-лаштириш ва фукароликжамияти куриш - еруг келажагимизнияг асосий омилидир. I/ УзР Конституциясининг 21 йиллигигабагишланган тантанали маросимдаги маъруза., 2013 йил 7 декабр, Т. “Узбекистон”, 2013. - 43 б. kelinadigan turli holatlarga ma’naviy tayyorlaydi. “Agar bola o'yinda halol o'ynasa, keyinchalik hayotda ham halol bo‘ladi“, yoki “Bolaning o'yindagi harakatiga qarab, uni qanday odam bo'lishini aytish mumkin”, degan naqllar bekorga aytilmagan. Qisqa qilib aytganda, o'yin bolalarda ijodiy faollik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqa ko'nikmalami rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. O'yinlar tufayli bolalarda ularni o'rab turgan dunyoni tushunish va unga ta’sir qilish ehtiyoji shakllanadi, aqliy, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari shakllanadi, bir so'z bilan aytganda, o'yin yordamida inson tarbiyalanadi, shaxs sifatida shakllanadi. Harakatli o'yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi kishilar hayotida ham muhim o'rin tutadi. Agar o'yinlar bolalarning ruhiy va jismoniy rivojla-nishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo'ladigan bo'lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo'sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o'tkazish, hordiq chiqarish, sog'liqlarini mustahkamlash, chiniqishlari uchun hissa qo'shadi. Harakatli o'yinlarning ustuvorligi va hammabopligi shundaki, ulardan yil davomida, turli shart-sharoitlarda va ishtirokchilar yoshiga qarab mazmunan o'zgartirilgan hamda tabaqalashtirilgan holda foydalanish mumkin. Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda xalq harakatli o'yinlarni tarixiy-ijtimoiy nuqtai nazaridan quyidagicha tasniflash mantiqiy to'g'ri bo'lishi mumkin deb belgilandi. Ushbu tasniflanishi muvofiq moslashtirilgan mazkur harakatli o'yinlar, bir tomondan, bolalarni yil davomida sog'lomlashtirish imkoniyatini kengaytiradi, ikkinchi tomondan, ularda shu o'yinlar orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish ehtiyojini hamda motivatsiyasini kuchaytiradi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling