Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
Yiqolmasang bizga bergin navbatni,
Juda keldi Barchiyorningg‘ayrati, Ushlaganda k o ‘kka otmay ne bo‘pti? Yiqolmasang, to‘ra, navbat tilayin! Xusayn Voiz Koshifiy ham kurashning ikki turi haqida to'xtaladi: “...ikki xil turi bor, deb aytgil, birinchisi — qabz, ya’ni bilak ushlash, ikkinchisi — istiror, ya’ni ixtiyorsiz holda olishish. Agar bulaming har biri qaysi yurtlarda qo'llanadi, deb so'rasalar, aytgil, qo'l ushlab kurash tushish (qabz usuli) Xuroson va Iroq aholisiga xos, uni shahriyoar ham deb ataydilar. Iztiror usulida kurash tushish (erkin kurash) Gilon, Shirvon va Ozarbayjonning ba’zi joylarida tarqalgan va uni daylamor ham deydilar”. U kurash tushish san’at ekanligini e’tirof etib ...kurash tushish san’atning ilmiki, bu ilmning mashhur usullari juda ko'p, ular uch yuz tugun va bandlar (usul va tadbirlardan iboratdir va ularning har biri tag'in bir necha usulga ajraladi. Yana ushbu usullarni daf etish (ya’ni, qarshi usullar) yo'llapi ham bor. Agar bulaming barchasi yig'ilsa, bir ming sakkiz yuz usul kelib chiqadi...” .11 Respublikamiz pahlavonlari azaldan qo'shni davlat pahlavonlari bilan bellashib, xalqimizning sharafmi himoya qilganlar. “Bundan ancha ilgari, 1895-yili mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib, sirkda o'z kuchi, mahorati bilan hamma tomoshabinlami qoyil qoldirgan. Og'irligi sakkiz yarim pud (136 kg) bo'lgan cho'yanni ikki qo'li bilan, 16 pudli cho'yanni kifti bilan ko'tarib, tomosha ko'rsatgan edi. иХусайн Воиз Кошифий. Футувватномайи султоний ёхуд жавонмардлик тарикати. Т., А.Кодирий номидаги “Халк мероси” нашриёти, 1994, 84-6. 23 O'sha vaqtlari Toshkentning Beshyog'och daha, Chaqar mahallasida yashagan Ahmad polvon Tolibboy o ‘g‘lining O'rta Osiyoda kurashib, yiqitmagan polvoni qolmagan edi. Mehmon Ahmad polvorming dovrug'ini eshitib qolib, u bilan kurashmoqqa jazm qilibdi... 0 ‘sha kuni, ya’ni 1895-yil 25-iyunda sirkka odam sig'may ketgan ekan. 28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak, beliga belbog‘ bog'lab o'rtaga chiqadi... Bir ozdan so‘ng ichkaridan mushaklarini o‘ynatib, savlat to'kib, Rippel chiqib keladi. Uning belida tasma belbog‘ yarqirab turardi. Ikki zabardast polvon o'rtada bel tutib aylana boshlaydi. Tomoshabinlarning dami ichida, yuragini hovuchlab, jim bo‘lib qolishgan. Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha uchsa bilinardi. Faqat onda-sonda polvonlaming “ih-ih” deb qo‘ygan tovushlari eshitilib qolar edi. Oradan bir necha daqiqa o ‘tar-o‘tmas Ahmad polvonning “Yorab” degan nidosi eshitilib qoladi. Shu dam yer larzaga kelib ketgandek bo‘lib tuyuladi. Qarsak ustiga qarsak, Rippel yerda uzala tushib yotardi”.12 Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling