Sport tibbiyoti va bioximiya


Download 15.51 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi15.51 Kb.
#1648150
Bog'liq
bayonnoma magistr ko\'chirma


O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI “SPORT TIBBIYOTI VA BIOXIMIYA” KAFEDRASINING 2023 - YIL MAY OYIDAGI NAVBATDAN
TASHQARI O‘TKAZLGAN YIG‘ILISH
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA


Chirchiq shahri 11.05.2023 y.
Yig‘ilish raisi: I.B.Nishanov
Yig‘ilish kotibasi: S.X. Mullabayeva
Qatnashdilar: _____ nafar professor-o‘qituvchi (ro‘yxat ilova qilinadi).


KUN TARTIBI:

Ma’ruzachilar: I.B. Nishanov, S.A. Ziyamuhamedova, S.S. Shukurova.

1. II bosqich magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyasining kafedra himoyasini o‘tkazish.



Kafedra mudiri: I.B.Nishanov so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan bayonot berar ekan, II bosqich magistranti Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘li - ilmiy rahbar S.A. Ziyamuhamedova dissertatsiya ishlarining yakunlangani to‘g‘risida gapirib, 11.05.2023 yil kuni kafedra himoyasi ekanligi, shuning uchun magistrantdan dissertatsiya ishlari bo‘yicha qilingan ishlari hisoboti tinglanishi haqida ma’lumot berdi.
So‘zga chiqdi: Magistrant Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘li dissertatsiya mavzusi “Dzyudochilarda gormonal o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va nazorat qilish” haqida qilingan ishlar yuzasida ma’lumot berdi. Magistrant Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘li hisobot berish davomida milliy sport kurashda malakali kurashchilarning musobaqa va mashg’ulot jarayonini pedogogik nazorat qilish metodlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarning yo‘qligi desertatsiya ishi tanlangan yo‘nalishining dolzarbligini belgilab berishi, dzyudo sporti haqida so‘z yuritilganda, ular organizmida sodir bo‘ladigan gormonal elementlar o‘zgarishlar haqida alohida to‘xtalish lozimligi, ushbu sport turi–bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda jadal taraqqiy topib, ommalashib borayotgan sport turlari hisoblanishi, mazkur sport turi bilan shug‘illanish natijasida bolalarda mustahkam sog‘liq, harakatlarining tezkorligi hamda ko‘rkam qaddi–qomat shakllanishi, mashqlanish mashg‘ulotlarini og‘irligi natijasida sodir bo‘ladigan tananing zo‘riqish holatini va mashg‘ulotlar oralig‘idagi dam olish davrini yetarliligini aniqlash uchun asosan biogen elementlarining miqdori sportchi faoliyati uchun muhim hisoblanishi, hamda I bobda o‘rganilgan adabiyotlar haqida, II bobda esa dissertatsiya mavzusi bo‘yicha qilingan ishlari, III bobda esa dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tajribaviy qismdagi ma’lumotlar va xulosalar bundan tashqari mazu yuzasidan maqolalar ro‘yhati bilan slaydlar orqali tanishtirdi. Shundan so‘ng kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan dissertatsiya mavzusi yuzasidan savollar berildi.
So‘zga chiqdi: b.f.n., dotsent S.A. Ziyamuhamedova o‘ziga biriktirilgan magistr talaba Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘li tomonidan belgilangan mavzu “Dzyudochilarda gormonal o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va nazorat qilish” ishi hozirgi kunga qadar magistrant tomonidan dissertatsiya mavzusi ishlarining yakunlangani tajriba to‘liq tugagani 90% olingan natijalar matematik tahlildan o‘tkazilgani va dissertatsiyani I, II va III boblari tayyor bo‘lgani, dissertatsiya mavzusi yuzasidan ichki va tashqi taqrizlar olingani, ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf qilingani, ilmiy rahbar xulosasi berilgani, ish himoyaga tayyorlgi haqida aytib berdi.
So‘zga chiqdi: I.B.Nishanov – Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘lining “Dzyudochilarda garmonal o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va nazorat qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari bilan tanishdingiz.
Ishni himoyaga qo‘yish uchun ovozga qo‘yamiz.
OVOZGA QO‘YILDI:
“rozilar” hamma bir ovozdan,
“qarshilar” yo‘q,
“betaraflar” yo‘q.
Shundan so‘ng kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan dissertatsiya ishi universitet himoyasiga tayyor deb ma’qullandi.
QAROR QILINDI:
1. “Sport tibbiyoti va bioximiya”kafedrasiga biriktirilgan II bosqich magistratura talabasi Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘li magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha qilingan ishi yuzasidan kafedra himoyasida bergan hisobotlari axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. II bosqich magistratura talabasi Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘lining berilgan mavzu yuzasidan dissertatsiya ishi to‘liq tugatilgan deb belgilansin.
3. “Sport tibbiyoti va bioximiya”kafedrasiga biriktirilgan II bosqich magistratura talabasi Izzatullayev Azizbek Rinatullo o‘g‘lining magistrlik dissertatsiya ishi universitet himoyasiga taqdim etilsin.


Yig‘ilish raisi: I.B.Nishanov


Kotiba: S.X. Mullaboyeva
Download 15.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling