Sportning globallashuvi. Jinoyatning globallashuvi


Download 19.32 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi19.32 Kb.
#1142978
1   2
Bog'liq
SPORTNING GLOBALLASHUVI

Avvalo, mamlakatimizda sport – sog`lomlashtirish ustuvor masala sifatida e`tirof etilib, qisqa fursat ichida uning huquqiy asosi yaratildi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport sohalariga etarlicha shart-sharoitlar yaratish borasida qaror, farmoyish va qonunlar qabul qilindi, keng jamoatchilik orasida uning targ`iboti olib borildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlar to`g`risida”gi 271-sonli Qarori yoshlar sportini ommaviy ravishda rivojlantirish, jamoatchilik orasida turli sport tadbirlarini uyushgan holda tashkil qilishga qaratilgan bo`lsa, 2003 yil 3 iyundagi “O`quvchi talaba - yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to`g`risida”gi 244-sonli Qarori umumta`lim maktablari, akademik litsey, kasb – hunar kollejlari o`quvchilari va oliy ta`lim maskani talaba – yoshlariga jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, uzluksiz tartibda shug`ullanish imkoniyatini berdi.
Ikkinchidan, mamlakat miqyosida ommaviy sportni rivojlantirish, aholi turli qatlamlarining sport bilan shug`ullanishiga imkoniyat yaratish, sohaga ixtisoslashgan sport muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlashga alohida e`tiborning natijasi o`laroq sport- sog`lomlashtirish maskanlari, olimpia zahiralari o`quv muassasalarining faoliyati tubdan yaxshilandi. Bugun nafaqat poytaxtimiz Toshkent va viloyat markazlarida, balki chekka tumanlarda zamonaviy uslubda jihozlangan sport majmualari bunyod etildi. YAngidan qurilgan, xalqaro mezon va talablarga mos keladigan sport majmualari, suzish havzalari, tennis kort va stadionlarda uch bosqichli sport musobaqalari yuqori saviyada o`tkazilmoqda. Bu musobaqalar ko`plab umidli yoshlarga ilk mahoratini ko`rsatish, do`stlar orttirish imkoniyatni berish barobarida yuksak cho`qqilarni zabt etib, yurtimiz bayrog`ini baland ko`tarayotgan Ol`ga Gnedovskaya, Mariya SHekerova, El`dar Hafizov, Vadim Men`kov, Ruslan Naurzaliev, Vyacheslav Didrix, Serik Mirbekov, Ol`ga Umaralieva, Aleksey Mochalov, Temur SHokirjonov kabi talabalarimizning davomchilari ko`payishiga zamin yaratmoqda.
2010 yil – Barkamol avlod yili deb e`lon qilindi. Sir emaski, internet tez va arzon axborot yo ma`lumotlarni olish, etkazish hamda qayta ishlashda chegara bilmaydigan manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni oshayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo`lgan qiziqishini qondirmoqda. Bugungi kunda korxona, tashkilot, muassasa, oliy va o`rta maxsus ta`lim maskanlari, turli darajada bo`lsada, Internetdan foydalanmoqda. Ammo “Internet kafe”larda vaqtini huda – behudaga sarflayotganlar ham topiladi. “Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida qaraladigan Internetning ko`proq yoshlar kiradigan saytlarini yaxshi ma`lumotlar bilan tamoman yangilash zarur. Sababi – sog`lom turmush tarzi, uni shakllantirish, ma`nan yuksak, axloqan pok kishilarga taalluqli sifatlar asosida bolalarni tarbiyalash ikkinchi darajada tushib qolayotganday, nazarimizda. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida G`arbona kiyinish, o`ziga ortiqcha oro berish, G`arbona “tavoze” bahonasi ostida milliy – ma`naviy qadriyatlarimizga mutlaqo zid, har turli evrilishlarni targ`ib etuvchi g`oyalarning yoshlarimiz ongini zaharlashiga qo`l qovushtirib qarab turib bo`lmaydi. SHuning uchun ta`lim tizimidagi saytlarning ma`lumotlar bazasini sog`lom turmush tarzi talablari, giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlik oqibatida yuzaga keladigan irsiy kasallanishlariga qarshi kurash profilaktikasiga oid axborotlar bilan boyitish, yangilash zarur. SHuningdek, bolalar, yoshlar va o`smirlarning jismoniy tarbiya sohasida ayniqsa, qishloq joylarida qizlarni muntazam ravishda sport bilan shug`ullanish jarayonini kuchaytirish, zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan inshootlarni barpo etish, yuqori malakali trener va murabbiylar bilan mustahkamlash zarur. Bu borada institutimizda YUrtboshimizning sa`y harakati bois 2006-2007 o`quv yilidan boshlab xotin-qizlar sportini rivojlanitirish yo`nalishida viloyatlardan 220 nafar qizlarni qabul qilyapmiz. Hozirda 800 nafardan ortiq talaba-qizlar sport, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat sir – asrorlarini qunt bilan o`zlashtirmoqda. 2006 yil aprelidan faoliyatini boshlagan Malaka oshirish fakul`teti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat”, “Jismoniy tarbiya va sport trenirovka asoslari”, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” yo`nalishlari bo`yicha oliy ta`lim muassasalari va akademik litsey, kasb – hunar kollejlarining jismoniy tarbiya o`qituvchilari hamda trenerlarining malakasini oshirishga xizmat qilyapti.
- YOshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi asoslarini singdirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, turli illatlar xavfi va zararli ta`sirlaridan himoya qilish choralarini kuchaytirish muhimdir. Jamiyat rivoji uchun amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, davlatlararo munosabatlarning o`rnatilishi kishilar salomatligi, sog`lom turmush tarzi va sog`lom oilalarga bevosita bog`liq. Har taraflama ta`minlangan, kundalik hayot tarzi qoidalariga muntazam rioya etadigan oilada sog`lom, baquvvat, salohiyati baland farzandlar tarbiya topadi. O`z – o`zidan bu oilada tarbiyalanayotganlar jamiyat takomili ildizlariga bolta urayotgan – giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik illatlariga qarshi tura oladi. Bu borada institutimizdagi “Anatomiya va fiziologiya”, “Bioximiya va gigiena”, “Sport tibbiyoti va davolash jismoniy tarbiya” kafedralari tomonidan maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Xullas, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o`rtasida sport – sog`lomlashtirish ishlarini yaxshilash, ommaviy sportni rivojlantirishdan maqsad – o`sib kelayotgan yosh avlod qalbida sportga muhabbat tuyg`ularini kamol toptirish, ularning sportda erishgan natijalarini namoyish etish, sog`lom turmush tarzi tamoyillarini, mustahkam iroda, vatanparvarlik va el – yurt fidoyilarini singdirish, sport bilan shug`ullanishi uchun zamonaviy talablar darajasidagi sharoitlarni yaratish, yoshlar ongida olimpiya tamoyillarini qaror toptirish. Bu ulug` maqsadni ro`yobga chiqarishda barchamiz kamarbasta, hamjihat harakat qilsak, sog`lom fikrli jamiyat takomili tezlashadi.
Mamlakatimiz kelajagi bo`lgan yoshlarni ma`naviy va jismoniy etuk qilib tarbiyalashda milliy sport o`yinlari, ularning kelib chiqish tarixi to`g`risida yoshlarga to`g`ri va aniq, shu bilan birga qiziqarli ma`lumotlarni taqdim etish maqsadga muvofiq. Bu esa barkamol avlod ongida milliy an`nalarimizga bo`lgan mehrni oshiradi va ularni qadrlashni o`rgatadi. SHu bilan birga, musobaqalar davomida sportchilarning o`z Vatani sha`nini fahr bilan himoya qilishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy o`yinlarining kelib chiqish tarixi, sport o`yinlari haqidagi qarashlari, ularga bo`lgan munosabatni o`rganish masalasi g`oyatda dolzarb Bugungi kunda kelib sport etarli darajada o`z ta`sir kuchiga ega bo`lib bormoqda. Zero, sport katta guruhdagi insonlarni birlashtirishi yoki tarqatib yuborishi ham mumkin. CHunki sport maydonlaridagi motivlashmagan vahshiylik holatlari yil sayin oddiy holat bo`lib bormoqda. Ayrim tomoshabinlar va fonatlar sport o`yinlarini ko`rgani emas, balki musobaqalarning asosi bo`lgan janjallarni ko`rgani keladilar.
Tomoshabinlarning sportdagi bu kabi zo`rlashlarga va agressiyalarga qiziqishlarining sababi nimada? Bunday xolatlar davr taqazosimi yoki ijtimoiy-madaniy yoki biologik ehtiyojimi? Bu kabi savollar sport sohasini o`rganuvchi ko`pchilik tadqiqotchilarni xavotirga solib kelmoqda. Bu borada sport G`arbning aksariyat gumanitar sohalaridagi xulq-atvorni o`rganuvchi fanlar - psixologiya, sotsiologiya, falsafa, tarix, madaniy va ijtimoiy antropologiya, etnologiya kabi fanlarning obyektiga aylangan.
Download 19.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling