Sportning nazariy asoslari
Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda gigiyenik talablar
Download 39.93 Kb.
|
SPORTNING NAZARIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazishga gigiyenik talablar.
Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda gigiyenik talablar.
Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda quyidagi gigiyenik talablarga asosiy e`tibor qaratiladi: 1. Sportchi tibbiy nazoratdan o`tkazilishi va unga musobaqaga qatnashish uchun ruxsat berilishi; 2. Yosh sportchiga sport turlari bo`yicha musobaqaga qatnashishga ruxsat etishda uning yoshini hisobga olinishi (10-jadval); 3. Kurash, boks, og`ir atletika kabi sport turlari bo`yicha musobaqaga qatnashish uchun ruxsat etishda sportchilarning tana vazni kategoriyalarini hisobga olish; 4. Sportchining sport turiga mos kiyim va poyabzal bilan ta`minlanganligiga e`tibor berish; 5. Sportchining himoyalanish moslamalari bilan ta`minlanganligiga e`tibor qaratish; 6. Sportchining yoshi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda musobaqaga tayyorgarlik davridayoq uning musobaqa paytida qo`llaydigan jismoniy yuklamasi hajmini oldindan belgilash; 7. Musobaqani o`tkazish tartibi, masalan, boks raundlari soni, davomiyligi, kurashish qoidalari, dam olish vaqti kabilar bilan sportchilarni oldindan tanishtirish; 8. Sportchining o`zi va raqibi shikastlanishiga sabab bo`ladigan usullarni qo`llamaslik haqida tushuncha berish; 9. Musobaqa o`tkaziladigan joylarni (inshoatlarni) sport anjomlari, asbob-uskunalar bilan ta`minlanganini trener tomonidan nazorat qilish. 10. Musobaqani ochiq sport inshoatida o`tkazish rejalashtirilgan bo`lsa, musobaqa kunlarida ob-havo o`zgarishlarini e`tiborga olish va zarur chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish; 11. Musobaqani yopiq sport inshoatida o`tkazish rejalashtirilgan bo`lsa bino harorati, namligi, ventilyatsiyasi, yorug`ligi, tomoshabinlarni joylashtirish va ularni himoyalash tadbirlarini amalga oshirish. 12. Musobaqani tibbiy ta`minlash. Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazishga gigiyenik talablar. Asosan quyidagi gigiyenik talablarga e`tibor beriladi: 1. Yil davomida rejalashtirilgan musobaqalar jadvali, shuningdek, har bir musobaqa davrida har qaysi sportchining qatnashish jadvalini tuzganda, sportchi zo`riqishining oldini olish choralari trener e`tiborida bo`lishi kerak. Zotan, har qanday trenirovka mashqining ham, musobaqaning ham asosiy maqsadi, avvalo, sportchining sog`lig`ini mustahkamlashga qaratiladi. 2. Musobaqa paytida sportchi bajaradigan jismoniy mashqlar yuklamasining hajmi xuddi trenirovka mashqiga o`xshash, ya`ni organizmining funksional imkoniga mos bo`lishi kerak 3. Musobaqa davomida sportchining o`ta charchashi, zo`riqishi va shu holatlar bilan bog`liq bo`lgan kasallanish va shikastlanishining oldini olish uchun: bitta musobaqa davomida sportchining har bir chiqishi orasida; - yetarli dam olishi; - kuch-kuvvatining tiklanishi; - ovqatlanishi, - kayfiyatini ko`tarish; - zarur bo`lsa tibbiy yordam ko`rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo`llash trenerning vazifasidir. 4. Ma`lumki, musobaqada jismoniy mashg`ulotlar trenirovkaga nisbatan qisqa muddat davomida bajariladi. Ammo, sportchining yuqori darajada mas`uliyat his etishi, ruhiy hayajonlanishi, o`zida mavjud bo`lgan barcha kuch-quvvatini, imkonini zimmasidagi vazifani bajarishga safarbar etishi, uning organizmi uchun juda og`ir ruhiy va jismoniy sinov hisoblanadi. 5. Sportchining musobaqaga qatnashishiga imkon beruvchi asoslar quyidagilar: - birinchidan, sportchining mutloq sog`lig`i to`g`risidagi tibbiy nazorat xulosasi; - ikkinchidan, sportchining yetarli darajada jismoniy chiniqqanligi, organizmining funksional imkoni musobaqada talab qilinadigan darajada bo`lishi. 6. Bo`lajak musobaqa jarayonida sportchi bajarishi mumkin bo`lgan jismoniy yuklama hajmi uning yil davomidagi trenirovka mashqlarida ko`rsatgan natijalari va chiniqqanlik darajasini e`tiborga olgan holda, trener tomonidan belgilanadi. 7. Yil davomida sportchi qatnashishi mumkin bo`lgan musobaqalar soni, ular o`rtasidagi oraliq davrining qisqa-uzunligi, sport jamoasining zaruriyatiga hamda sportchining sog`lig`i va chiniqqanligiga, ya`ni organizmining funksional imkoniga bog`liq. 8. Musobaqa boshlanishidan bir necha kun oldin trenirovka mashqlarining haftalik soni hamda ularda bajariladigan jismoniy yuklama hajmi ma`lum darajada kamaytiriladi. Musobaqa boshlanishiga 2-3 kun qolganda esa trenirovka mashqi butunlay to`xtatilib, sportchiga dam beriladi. Bu kunlarda sportchi asosan ertalabki gigiyenik gimnastikani bajaradi va kechki payt ochiq havoda yarim-bir soat sayr qilib, dam oladi. Musobaqaga bir kun qolganda va musobaqa boshlanadigan kun sportchining jismoniy charchashiga va ruhiy bezovtalanishiga sabab bo`ladigan hech qanday xatti-harakatlar sportchining o`zi va uning atrofidagilar tomonidan sodir etilmasligi kerak. 9. Musobaqalar ketma-ket o`tkazilgan paytlarda, musobaqa oldidan o`tkaziladigan trenirovka mashqlarida jismoniy yuklama hajmi sportchining qisman bo`lsada charchaganini e`tiborga olgan holda, oldingi mashqlardagiga nisbatan ma`lum darajada kamaytirilishi lozim. 10. Musobaqa o`tkaziladigan sport inshoatiga sportchi musobaqaga start berilishidan bor-yo`g`i bir soat oldin kelishi mumkin. Sportchining start berilishidan bir necha soat oldin kelishi uning qo`zg`algan asabini yanada ortiq qo`zg`alishiga, hayajonlanishiga, kayfiyati buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo`ladi. 11. Sportchining musobaqada qatnashish navbati kelgunicha, u boshqa sportchilarning musobaqada qatnashayotganini tomosha qilishi maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu uning ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 12. Musobaqalar davri o`tgandan keyin sportchi dam olishi kerak. Bu payt u asosan ertalabki gigiyenik gimnastika va kechki sayr qilish bilan shug`ullanadi. Shuningdek, kuch-quvvatni tiklovchi dori-darmonlar qabul qiladi. Download 39.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling