Ma'lumki oilaning asosini — yadrosini er-xotin tashkil etadi. Oilada er-xotin, o‘zi yoki farzandlari bilan etishadi. Undan tashqari oilada er-xotin farzandlari bilan birga ularning ota-onalari, aka-ukalari va boshqa qarindosh-urug‘lari ham birga yashashlari mumkin. Oila muhiti, uning jamoada tutgan o‘rni oila a'zolariga,ularning xulq-atvorlariga bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa oila muhitida ayolning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Oila uning a'zolarining ijtimoiy guruhlariga qarab ham turlarga bo‘linadi: 1. Oila a'zolari bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar. 2. Turli guruhga mansub oilalar: - Oila tarbiyasi masalalarini o’rganish ham sotsiologiyada keng o’rin olgandir. Oila tarbiyasi oilada ota-onalar, katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash bo‘lib, yosh avlodni har tomondan rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Oila tarbiyasida oilaviy tartib, oila a'zolarining bir-biriga munosabati, ota-ona va katta kishilarning hulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, oila byudjeti, sharoiti asosiy omil hisoblanadi.
- Oila huquqi ham sotsiologiya tomonidan o’rganilib, unda asosiy e'tibor nikoh, qarindoshlik, bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olishdan kelib chiqilgan munosabatlarni, nikohga kirish munosabatlarini, er-xotin, ota-ona bilan bolalar va oilaning boshqa a'zolari o‘rtasidagi shahsiy va mulkiy homiylik, vasiylikdan kelib chiqadigan munosabatlarni hamda nikohning bekor qilinishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga qaratiladi.
- Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.
- Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga hos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
- Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |