Spublikasi оliy va o`rta ma
Download 0.59 Mb.
|
Suzish SHerzodga
SUV ICHIDA START OLISH
Chalqancha suzishda suvdan, basseyn devoridan oyoqlar bilan depsinib start olinadi. Suvdan start olish texnikasini to'g'ri va yaxshi tushunish uchun uni alohida elementlarga (fazalarga) ajratib ko'rgan ma'qul. Dastlabki holat. Ogohlantiruvchi signaldan so'ng suvga tushgan suzuvchilar ikki qo'l bilan maxsus dastadan yoki supachaning old tomonidagi o'yiqdan ushlashadi. «Start»ga tayyorlanish komandasi berilgandan keyvn suzuvchilar oyoqlarini bukib, 15-20 sm oraliqda (suvdan chiqarmay) parallel tutadilar. Panjalar bir joyda yoki biri ikkinchisidan pastroqda bo'lishi mumkin. Dastlabki holatda suzuvchi qo'llari bilan dastakning ustidan ushlaydi va oyoqlarini tizza, son bo'g'imlaridan kuchli bukib, g'ujanak holatini oladi (ayrim suzuvchilar qo'llari bilan gavdani dastaga tortadi). Tizzalar ko'l orasida yoki yoniga yozilgan holatda, bosh ko'krakka egiladi Depsinish. Start beruvchining komandasidan keyin suzuvchi dastlabki holatdan depsinib, dastakdagi qo'llarni orqaga tashlaydi va nafas oladi. Shu bilan birga qo'llar to'g'ri holida yuqoriga-orqaga siltanib (yoki yondan) bosh oldida uzatilgan holatni oladi. Suzuvchi shu bilan bir paytda, chanoq-son, tizza va boldir panja bo'g'imlarini yozadi va oyoqlari bilan devordan depsinadi. Depsinish tugagan paytda oyoqlar birlashgan, qo'llar to'g'rilanib bosh uzra uzatilgan, qo'llar orasida bo'ladi. Suzuvchining uchish uzunligi va snrg'anish tezligi ko'proq depsinish kuchiga va uning yo'nalnshiga bog'liq bo'ladi. Uchish. Suzuvchining taxminan 15-20 darajaga teng burchak bilan startga chiqishi eng maqsadga muvofiq chiqish formasi hisoblanadi. Suzuvchi depsinishdan so'ng havolab boradi. Suzuvchi havolash paytida suvga botguncha cho'zilgan holatni saqlashi kerak. Suvga oldin oyoq, keyin gavda va qo'llar botsa, bunday start eng maqbul start olishdir. Havoda uchishning o'rtacha uzunligi erkaklarda 3 m, ayollarda-2, 5 m ga teng bo'lishi lozim (barmoqlar suvga tekkan joygacha). Suvga kirish va sirg'anish. Suzuvchi havoda uchishdak so'ng suvga kirish burchagiga bog'liq holda taxminan30-40 sm atrofida chuqurlikda suvga botadi. Suzuvchi suvga botib oldshg pastga-oldinga sirg'anadi, keyin esa suv yuziga qalqib chiqishda yuqoriga-oldinga sirg'anib, suvda qiya chiziq yasaydi. Sirg'anish uzunligi suzish harakatlarini hisobga olgan holda start olish devoridai suv yuziga chiqqan joyigacha, erkaklarda o'rtacha 6-7 m ga, ayollarda-5-6 m ga teng bo'lishi kerak Suv yuziga chiqish. Birinchi suzish harakatlarini sirg'anish tezligi va masofada suzish tezligi kamaymasdan, ya'ni startdan 3-5m uzoqlikda bajargan ma'qul. Bu startdagi depsinishdan olingan tezlikdan foydalanishga imkon beradi. Shu bilan birga birinchi eshish Harakati suzuvchining suv yuznga qalqib chiqishiga to'g'ri keladi. Krol usulida chalqancha suzganda birinchi suzish harakatlari oyoqlar bilan bajariladi. Keyin suv yuziga qalqib chiqish paytida bir qo'l harakati qo'shiladi. Bu qo'l harakatining tugashi gavdaning suv yuziga to'liq chiqishig to'g'ri kelishi kerak. Shundan so'ng qo'l kechikmay tayyorgarlik harakatini bajaradi boshqa qo'l esa eshishniboshlaydi Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling