Spublikasi оliy va o`rta ma


O'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA SUZISH


Download 0.59 Mb.
bet9/47
Sana07.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1081710
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Suzish SHerzodga

O'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA SUZISH
SPORTINING RIVOJLANISHI
R E J A :

  1. Tabiy va suniy suv xavzalarining tashkil etilishi

  2. Suzish sport turi buyicha federasiya va sport maktablarini paydo bo'lishi

  3. O'zbekistonning faxriy suzuvchi sportchilari

O'zbekiston jumhuriyati o'zining anhorlari, ko'llari, daryo va sun'iy suv havzalariga ega bo'lgan serquyosh diyordir. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchik, Angren daryolari, Oqdaryo, Qoradaryo kabi daryolar sohillarida yashovchi aholi qadimdan bu tabiiy boyliklarni insonlar manfaati uchun bo'ysundirish bilan kurashib kelganlar. Talaygina kanallar (Farg'ona kanali va boshqalar), suv omborlari («Tuyamo'yin», Chorvoq suv ombori va b. ), bir qator suv havzalari («Rohat» ko'li, «Toshkent dengizi») bunyodga keltirildi. Ular aholi uchun baliq ovlash, ekin sug'orish, ro'zg'orda foydalanish va shu bilan birga hayotiy zarurat bo'lgan suzishga o'rganish va suzish sportining rivojlanishi uchun manba sifatida xizmat qilib kelmoqda.
Suzish sportining boshlang'ich davri O'zbekistonda 1924-1925 yillarga to'g'ri keldi. Garchi bu yillarda maxsus basseynlar qurilmagan bo'lsa ham, birinchi marta gidrostansiyalar bunyod etildi. Masalan, Toshkentda Bo'zsuv to'g'on bilan to'silib, sun'iy suv ombori hosil qilindi. Bu esa o'z navbatida aholining, yoshlarning sevimli dam olish va cho'milish maskani bo'lib qoldi. Sal keyinroq esa ikkita suv stansiyasi qurilib, shu tariqa suzish basseyni va balandlikdan suvga sakrash inshoatlari bunyod etildi. 1927 yilning yoziga kelib jumhuriyatimizda birinchi marta shu suv stansiyasida Toshkent bilan Samarqand shaharlari o'rtasida suzish bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Bu o'z navbatida 1928 yildagi spartakiada qatnashuvchi O'zbekiston terma komandasi a'zolarini saralab olishiga yordam berdi nihoyat, terma komandaga quyidagilar: Nadejda Pak, Nina Lobava, Petr Kravchenko va boshqalar a'zo bo'ldilar. Ammo spartakiadada O'zbekiston terma komandasining suzuvchilari juda bo'sh ishtirok etib, Turkmaniston komandasidagina yuqori-16-o'rinni oldilar. Shunga qaramay, bu spartakiadasi O'zbekiston jumhuriyatining Buxoro, Andijoi, Toshkent, Farg'ona va boshqa shaharlarida ham suzish sportining rivojlanishi uchun turtki bo'ldi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling