Sqb atbning Kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi


Download 349.46 Kb.
bet1/11
Sana19.06.2023
Hajmi349.46 Kb.
#1625944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SQB


Reja:
Kirish

  1. «SQB” ATBning buxgalteriya bo‘limining tuzilishi va faoliyati, buxgalteriya xodimlarining vazifalari, bosh va yordamchi kitoblarning yuritilishi

  2. «SQB” ATB mijozlarga hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi va uning hisobga olinishi.

  3. «SQB” ATBning Kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi.

  4. «SQB” ATBning ichki operatsiyalari hisobi. Banklarning buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bugungi kunda iqtisodiyotimiz va xalqimiz oldida turgan eng dolzarb masalalar sirasiga xalqaro talablarga javob beradigan va mijozlarga zamonaviy xizmatlarni taqdim etuvchi bank tizimini tashkil etish vazifasi ham kiradi. Chunki yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo`lgan jamiyat sog`lom va tez rivojlanishi mumkin. Pul-kredit bozorining asosiy mexanizmi va richagi bo`lgan banklar o`zining ushbu pozitsiyasidan kelib chiqib butun iqtisodiyotga kata ta`sirini o`tkaza olishi hech kimga sir emas. Buning yaqqol isboti sifatida 2008-yillarda AQShda kuzatilgan “Buyuk depressiya”ni ko`rsatishimiz mumkin. Ushbu iqtisodiy inqroz ipotekali kreditlash tufayli kelib chiqqan bo`lsada, nafaqat Qo`shma Shtatlar iqtisodiyotini, balki butun dunyo moliyaviy hayotini izdan chiqarib yubordi. Shu bilan birga yirik banklarning ham iqtisodiy ahvoli yomonlashib qoldi. Bu banklarning moliyaviy bozorda qanchalik mustahkam mavqega ega ekanligini ko`rsatadi. Jumladan, respublikamizda ham bank tizimining barqarorligini ta`minlash, uni erkinlashtirish, kapital yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk menejmentini takomillashtirish maslalariga ham alohida e`tabor qaratilmoqda va sohada qator vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador muhitni yaratadigan O`zbekiston Respunlikasining “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi, “Valyutani tartibga solish to`g`risida” gi hamda “To`lovlar va to`lov tizimi to`g`risida” gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. 2020-2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha quyidagilarga erishish maqsad qilib qo`yilgan:

  • bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo`lmagan banklar aktivlari ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirish;

  • banklar majburiyatining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini 28 foizdan 70 foizgacha oshirish;

  • 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro`ga ega bo`lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;

  • umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarini ulushini 0,35 foizdan 4 foizgacha oshirish.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Ipotekabank” ATIB, “O`zsanoatqurilishbank” ATBni, “ Aloqabank” ATBni, “Asakabank” ATBni, “Qishloq qurilish bank” ATBni, AT “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank” ATBni xususiy sektorga sotish ko`zda turtilgan. Banklar aksiyalarining xususiy shaxslar qo`liga o`tishi bank sohasida xizmatlar ko`lamining yanada kengayishiga, ularning moliyaviy barqarorligining yanada oshishiga sabab bo`ladi. Lekin islohot, avvalo, ichkaridan boshlanadi. Ushbu qonunda kadrlar salohiyatini oshirish bo`yicha kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, bank kadrlarini uzluksiz o`qitish tizimini joriy qilish, har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to`lashning zamonaviy tizimlariga o`tish (KPI, bonus) kabilar maqsad qilib qo`yilgan. Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e`tibor qaratiladi. Bunda yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o`rtasidagi uzviy aloqani ta`minlash nazarda tutiladi. Xuddi shu kabi maqsadda iqtisodiyot uchun muhim kadrlarni yetkazib beruvchi ta`lim muassasalarida talabalarni amaliyotlarga jalb qilish joriy qilingan.



  1. Download 349.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling