Sqb atbning Kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi
«SQB” ATB ning buxgalteriya bo‘limining tuzilishi va faoliyati
Download 349.46 Kb.
|
SQB
«SQB” ATB ning buxgalteriya bo‘limining tuzilishi va faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat SQB banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning 1991 yil sentabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat SQB banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 30 noyabrdagi PQ-4540-sonli qaroriga asosan SQB aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Moliya vazirligi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan "SQB" AJning ta’sischisi hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi1. Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash – mijozlar borasida bank olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir. Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. "SQB" AJning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va SQB ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi. Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. "SQB" AJ bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi: xorijiy krеdit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi rеsurslar, xorijiy invеstorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sеktorlarida yirik invеstitsion loyihalarni faol ravishda krеditlash; xizmat ko‘rsatish sifati va tеzkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish; kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank xizmatlarini, shuningdеk, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar bеrish va axborot ko‘magini ko‘rsatish; aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish; birinchi navbatda SQB valutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini divеrsifikatsiya qilish; savdo-eksport moliyalashtirish biznеsi mahsulotlarini rivojlantirish va uning gеografiyasini kеngaytirish, shuningdеk, rеspublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish; korporativ mijozlarga invеstitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish. "SQB" AJning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi; qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi; SQB valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi; pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi; aholiga va mijozlarga depozitar xizmatlarini taklif etadi. "SQB" AJning iqtisodiyotdagi o’rniga ta’sir qiluvchi omillar: 1. Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa; aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa; mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa; mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa; bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar. Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. «SQB” ATBning xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi bankning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi. Bankning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki SQB iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, bank SQB iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Bankning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun yetarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, eng muhimi bank tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu bankning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki bank ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi bank risk asosida kredit sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim. O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va SQB iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to‘ldirgan holda, bir – biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy– moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi. Bank Kengashining bankni boshqarish vazifasini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadlari hamda bank faoliyatini nazorat qilish majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi huzurida uning vakolatlariga kiruvchi eng muhim masalalarni ko‘rib chiqadigan va tavsiyalarni ishlab chiqadigan qo‘mitalar faoliyat ko‘rsatadi. Download 349.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling