Sqb atbning Kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi
Bankning korporativ kreditlash bo'yicha kredit qo'mitasi
Download 349.46 Kb.
|
SQB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank chakana kreditlashi boyicha kredit qomitasi.
- Moliya qo‘mitasi.
Bankning korporativ kreditlash bo'yicha kredit qo'mitasi. Bankning korporativ kreditlash bo'yicha kredit qo'mitasining vazifalari quyidagilardan iborat:
yangi ssudalar berish yoki mavjud ssudalar shartlarini o'zgartirish tartib- taomillarini ko'rib chiqish va tasdiqlash; bankning kredit strategiyasi va siyosatini shakllantirish; kreditlash jarayonining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; kredit portfelini tahlil qilish va kreditlash bilan bog'liq boshqa muhim xavflarni tahlil qilish. Bank chakana kreditlashi bo'yicha kredit qo'mitasi. Qo'mitaning asosiy maqsadi Bankning Kredit siyosatini amalga oshirish va Bankning Kredit siyosatiga, bankning mahalliy hujjatlariga va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq munosib tavakkalchilik darajasi bilan chakana kreditlash bo'yicha Bankning kredit operatsiyalari portfelini shakllantirishdan iborat. Qo'mitaning asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat: jismoniy shaxslarni chakana kreditlash masalalarini ko'rib chiqish; kredit operatsiyalari bo'yicha chakana kredit portfelining holatini ichki nazorat qilish jarayonlari va usullarini ishlab chiqish; yangi qarz (ssuda)lar berish tartibini ko'rib chiqish va tasdiqlash yoki mavjud qarz(ssuda)larning shartlarini o'zgartirish; chakana yo'nalishda kredit strategiyasi va bank siyosatini shakllantirish; chakana kreditlash jarayonining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; kredit portfeli va chakana kreditlash bilan bog'liq boshqa muhim tavakkalchiliklarni tahlil qilish. Moliya qo‘mitasi. Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash. Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish; bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish; tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish; bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish. Download 349.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling