Sql opеratorlarstrrepla
SQL tili asosiy operatorlari
Download 139 Kb.
|
15-maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- SELECT . select * from misol; Bu sorovning manosi, " misol
SQL tili asosiy operatorlari:
SQL so'rov tilini o'rganishni boshlaymiz. Har bir maqolada ma'lum bir sql komandalarini yozib borishga harakat qilaman. Bu so'rov tili bevosita ma'lumotlar bazasi(jadvallar)ga bog'liq bo'lgani uchun, maqola boshida biror jadvalni olib, shu jadvalga har xil so'rovlar berib boraman. Misollar, oracle ning isqlplus muhitida sinab boriladi va natijalar chiqariladi. Isqlplus dan boshqa muhitlarda ham bu komandalar ishlaydi, lekin ba'zi o'zgarishlar bo'lishi mumkin(sqlplus, mysql). Komandalarni, o'rganishga qulay va soddadan qiyinga ko'tarilib borish tartibida ko'rsatib boraman. Iloji boricha to'liq ma'lumot berishga xarakat qilaman. Bu maqolada quyidagi jadvaldan foydalanamiz. Bu jadval " misol" deb nomlanib, 4 ta ustun va 6 ta qatordan iborat. YUqoridagi qatorda faqat qator nomlari aks ettirilgan, ular ma'lumot vazifasini bajarmaydi. 5 ta qatordan iborat ma'lumot, bizning jadvalimizda joylashgan va biz bu ma'lumotlarni sql so'rov tili orqali har xil ko'rinishda chiqarib olishimiz mumkin. Albatta haqiqiy ma'lumotlar bazasida bunday kam ma'lumotlar saqlanmaydi, biz misollarni shu kichik ma'lumotlarda bajaramiz. Demak birinchi komanda bu – SELECT.
Bu so'rovning ma'nosi, " misol" jadvalidagi barcha ma'lumotlarni chiqar deganidir. "*" barcha ustunlardagi ma'lumotlarni degani. "select" – esa ekranga chiqar degani. Natijani ko'ramiz: Agar bizga barcha ustun ma'lumotlar emas, faqatgina ba'zi birlari kerak bo'lsa, kerakli ustun nomlarini vergul orqali nomma nom yozamiz. select name, surname, year from misol; Natija:
Ma'lumotlar bazasidan, ma'lumotlarni chiqarishda mantiqiy amallar orqali( + , — , * ,/ ,() ), ma'lumotlarga o'zgartirish kiritib, ekranga chiqarishimiz mumkin bo'ladi. select name, year+15, num*10 from misol; Natijani ko'rsangiz, so'rov tili orqali, ma'lumotlarni o'zgartirganimizni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. yoki bo'lmasa quyidagicha select year+10*num, name from misol; Agar bazadagi ustun nomlari sizga yoqmasa, siz ularni o'zingiz hohlaganday nom bilan ekranga chiqarishingiz mumkin bo'ladi, bunda ma'lumotlar bazasidagi ustun nomlari o'zgarmaydi, faqat ekranda o'zgargan ko'rinishi chiqadi. Bunda bizga " as" kalit so'zi yordam beradi. select name as ism, surname as familiya from misol; Agar nomlarni qo'shtirnoq ichiga olsangiz, qo'shtirnoqdagi katta kichik harflar farqli bo'lib qoladi. select name as "IsM", surname as "FamiliyA" from misol; Agar 2 ta ustun natijalarini birlashtirib, ekranga chiqarmoqchi bo'lsangiz "||" belgisidan foydalanishingiz mumkin bo'ladi. select year||num, name from misol; yoki
select year||'OK'||num, name from misol; Agar chiqarayotgan natijaning davomiga qandaydir belgilar(qo'shtirnoq, vergul, nuqta) chiqarmoqchi bo'lsangiz, maxsus "q" va qo'shtirnoq belgilari orasiga kerakli belgilarni yozishingiz mumkin bo'ladi. select name||q'[ , so? it's ]' from misol; Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling