Sql tili yordamida ma’lumotlarni tavsiflash


Insert into Talaba (Talaba_ID, City, Surname, Name) Values (101, ‘Uzbekistan’, ‘Aliyev’, ‘Rustam’ )


Download 26.47 Kb.
bet5/6
Sana31.12.2022
Hajmi26.47 Kb.
#1074151
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy ish

Insert into Talaba (Talaba_ID, City, Surname, Name) Values (101, ‘Uzbekistan’, ‘Aliyev’, ‘Rustam’ );
Qavs ichidagi ro‘yxatda nomi keltirilmagan ustunlarga avtomatik ravishda sukut bilan jadval tavsiflashda (CREATE TABLE komandasida) tayinlangan qiymat yoki NULL qiymat tayinlanadi.
INSERT komandasi yordamida, bir jadvaldan qiymat tanlab olib uni boshqa jadvalga joylashtirish mumkin.
Insert into Talaba1 SELECT * from Talaba where CITY=‘Xiva’;
Bunda Talaba1 jadvali CREATE TABLE komandasi yordamida yaratilgan bo‘lishi kerak va Talaba jadvali strukturasiga o‘xshash bo‘lishi kerak.
Jadvaldagi satrlarni o‘chirish uchun DELETE komandasi ishlatiladi. Quyidagi ifoda Exam_Marks1 jadvalidan barcha satrlarni o‘chiradi.
DELETE * FROM Exam_Marks1;
Buning natijasida jadval bo‘sh bo‘lib qoladi (bundan so‘ng jadvalni DROP TABLE komandasi bilan o‘chirish mumkin).
Jadval bir yo‘la birorta shartni qanoatlantiradigan bir nechta
satrni olib tashlash uchun WHERE parametridan foydalanish mumkin.
DELETE * FROM Exam_Marks WHERE TALABA_ID=103;
UPDATE komandasi jadval satrlari yoki mavjud satrni ba’zi bir yoki barcha maydonlari qiymatini yangilash, ya’ni o‘zgartirish imkonini beradi. Masalan Universitet1 jadvalidagi barcha universitetlarni reytingini 200 qiymatga o‘zgartirish uchun quyidagi so‘rovni ishlatish mumkin:

UPDATE University1 SET Rating=200;


Jadvaldagi maydon qiymatlarini o‘zgartirish kerak bo‘lgan aniq satrlarni ko‘rsatish uchun UPDATE komandasi WHERE parametrida predikat ishlatish mumkin.
UPDATE UNIVERSITY1 SET RATING=200 WHERE CITY=
‘Moskva’;
Bu so‘rov bajarilganda faqat Moskvada joylashgan universitetlarning reytingi o‘zgartiriladi.
UPDATE komandasi faqat bitta ustun emas balki ustunlar to‘plamini o‘zgartirish imkonini beradi. Qiymatlari modifikatsiya qilinishi zarur bo‘lgan aniq ustunlarni ko‘rsatish uchun, SET parametri ishlatidi. Masalan o‘qitilayotgan fan nomi “Matematika” (uning uchun SUBJ_ID=43) “Oliy matematika” nomiga o‘zgartirish talab etilsa va bunday indetifikatsion nomeri saqlab o‘zgarish qoldirish kerak bo‘lib, lekin shu bilan birga jadvaldagi mos satr maydonlariga o‘qitiladigan fan haqida yangi ma’lumotlar kiritish uchun so‘rov quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling