Sql tilida index yaratish
Download 1.56 Mb.
|
Sql tilida index yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- CREATE [UNIQUE] INDEX
- DROP INDEX
SQL tilida INDEX yaratish Indekslar jadval satrlarini tezkor qidirish uchun ishlatiladi. Agar jadvalda indekslar mavjud bo‘lsa har yangi satr qo‘shilganda jadval indeks bo‘yicha qayta tartiblanadi shu sababli yangi satr kiritish vaqti cho‘ziladi, lekin jadvalda qiymat qidirish ancha tezlashadi. SQL tilini namunasida bunday operator yo‘q, lekin barcha dialektlarda bunday operator bor. Indeks jadvalini yaratish uchun CREAT INDEX operatorini qo‘llash kerak: Misol: Birlamchi kalit bo‘yicha indeks yaratilsin: Ushbu indexni MS Access muhitida yaratib ko’ramiz: CREATE UNIQUE INDEX indtal ON Viloyat (ViloyatID DESC); 4.1-rasm 4.2-rasm Shu tariqa index yaratil olinadi, u so’rovlar bo’limida saqlanadi. Endi index yaratishni ORACLE muhitida ko’rib chiqamiz. Misol: Talaba1 jadvali uchun index hosil qilishimiz kerak. Jadvalimizning ko’rinishi quyidagicha: 4.3-rasm CREATE UNIQUI INDEX index_tal ON TALABA1(T_KODI); so’rovini SQL oynasiga yozamiz: 4.4-rasm Index_tal nomli index yaratildi. 4.5-rasm Endi TALABA1 jadvali ustida index yaratilmasdan avvalgi va keying ma’lumot qidirish so’rovini bajarib ko’ramiz: 4.6-rasm Jadvalning berilgan ma’lumotlari. TALABA_JADVAL dan familiyasi “Hakimova” bo’lgan talaba ma’lumotlarini chiqarish so’rovini kompilyatsiya vaqtini taqqoslab ko’ramiz. 4.7-rasm Ushbu jadval uchun index yaratilmasdan avvalgi qidirish uchun ketgan vaqt. 4.8-rasm Index yaratilgandan keying aynan shu so’rovni bajarishda qidiruv uchun ketgan vaqt: 4.9-rasm Ko’rib turganimizdek indekslar jadvallardan ma’lumotlarni qidirish vaqtini tezlashtirib berar ekan. Indeksni olib tashlash uchun DROP INDEX operatori ishlatiladi: Misol: Biz ind_tal_jad indeksini xotiradan o’chirmoqchimiz. Buning uchun quyidagicha kod yoziladi: DROP INDEX ind_tal_jad; 4.10-rasm Tasavvurlar Tasavvur - bu bitta yoki bir nechta fizik jadvallar ustidan bajarilgan amallar natijasida hosil bo‘lgan natijaviy dinamik jadvaldir. Tasavvur bu so’rov natijasida yaratilgan virtual jadval hisoblanadi. Tasavvurni haqiqiy jadvaldan farqi shundaki, bunday jadval fizik mavjud emas. Uning ustunlari va satrlari haqiqiy jadvaldan olingan va tasavvur ustidan bajarilgan barcha ishlovlar haqiqiy jadvallarni o‘zgartiradi. MBBT tasavvurlarni tavsifini berilganlar bazasida saqlaydi. Bunday tasavvurga murojaat qilinganda MBBT ikki usul bilan ishlashi mumkin. Birinchi usul bo'yicha tasavvurga bo‘lgan har murojaatda ko‘rsatilgan so’rov bajariladi va natijada vaqtincha jadval hosil bo‘ladi, tasavvur ishlatilgandan so'ng jadval tizim tomonidan olib tashlanadi. Ikkinchi usulda esa, tasavvur uchun alohida vaqtincha jadval tuziladi va tasavvurga kirgan jadvallarning o‘zgarishining jarayonida birdaniga vaqtincha jadval ham o‘zgaradi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling