Sssrni parchalanishi
Download 2.1 Kb.
|
SSSRni parchalanishi
SSSRni parchalanishi 1991-yilning 19-avgusti zamonaviy tarix sahifalariga Sovet Ittifoqi parchalana boshlagan sana sifatida kirgan. Uni saqlab qolish uchun qilingan harakat samara bermagan. Sal o’tmay kommunistik imperiya barham topdi. O’shanda SSSR rahbari Mixail Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatgan Favqulodda holatlar bo'yicha davlat qo'mitasi (GKChP, ГКЧП- Государственный комитет по чрезвычайному положению) butun ittifoq bo’ylab nazoratni qo'lga olishga uringan va Boris Yeltsin boshchiligidagi demokratlar unga qarshi chiqib, butun tizim qulagan edi. Muxolifatning ta’kidlashicha, GKChPning uch kun ichida mag’lubiyatga uchrashigina Karimovni O’zbekiston mustaqilligini e’lon qilishga majbur etgan. Gorbachyov oshkoralik haqida gapirar ekan, 1990-yillar boshi to’lqinli, g’alayonli, milliy ozodlik uchun kurash cho’qqiga chiqqan bir davr bo’lgan.Lekin O’zbekistonda bu tarix hozir faqat bir kishi, prezident Islom Karimovning nomi bilangina bog’lanadi, shu talqinda yangi avlodga o’rgatiladi.Islom Karimov hukumatga kelganidanoq mustaqillik uchun kurash boshlagani haqidagi targ’ibotlar ayni damlarda matbuot sahifalari va televideniyeda yanada kuchaygan.1980-yillardayoq milliy ozodlik tuyg’usi uchun kurashgan, ziyolilar va yoshlar orasida mustaqillik g’oyalarini yoygan faollar taqdiri haqida ko’pchilik bilmaydi.Ularning ayrimlari hamon O’zbekiston qamoqxonalarida. Boshqalari mustaqillikka erishgan vatandan quvg’in qilingan, tarix sahifalaridan o’chirilgan. Ular bugun faqat mustaqillik va barqarorlik dushmanlari sifatida tilga olinadi. Download 2.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling