Stabilitron yordamida kuchlanishini stabilizatsiya qilish prinsipi va uning ahamiyati


Download 9.38 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi9.38 Kb.
#1819350
  1   2   3
Bog'liq
7- Ma’ruza

7- Ma’ruza: Stabilitron yordamida kuchlanishini stabilizatsiya qilish prinsipi va uning ahamiyati.

Reja: 1. Stabilitron. 2. Varikap. 3. Generator diodlar. 4. Optoelektronika diodlari

Stabilitronlarda bazaning solishtirma qarshiligiga bog‘liq holda ham tunnelli, ham ko‘chkili va aralash teshilish bo‘lishi mumkin. Agar stabilitron kichik omli bazali (kichik kuchlanishli) bo‘lsa ko‘chkili teshilish yuzaga keladi. Stabilitronning asosiy parametrlari quyidagilar: Ust – stabillash kuchlanishi (teshilish rejimidagi mu’ayan tokda); Ist. min – stabillashning minimal ruxsat etilgan toki; Ist.mak – stabillashning maksimal ruxsat etilgan toki; rst – stabilitronning differensial qarshiligi (teshilish qismiga to‘g‘ri kelgan), rst = dU/di; αUst (KTK) – stabillash kuchlanishining temperatura koeffitsenti. Ust, Ist.mak va Ist. min kattaliklarni musbat qiymatlarda ko‘rsatish qabul qilingan.

Stabilitrondan teskari teskari tokning modul bo‘yicha qiymati Ist. min dan kam bo‘lganda foydalanib bo‘lmaydi, chunki bunda kuchlanish stabillashuvi sifatsiz bo‘ladi (differensial qarshilik haddan tashqari katta bo‘ladi). Agar teskari tok moduli bo‘yicha Ist.mak dan ortib ketsa stabilitron qizib kyetadi, issiqlik teshilishi yuzaga keladi va asbob ishdan chiqadi. Stabilitronda rst qancha kam bo‘lsa, kuchlanish stabillashuvi shuncha yaxshi bo‘ladi. αUst – bu stabillash toki const (doimiy) bo‘lganda stabillash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishining atrof – muhit temperaturasining absolyut o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent

Teshilish rejimida asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar injeksiyasi yo‘q, shuning uchun ortiqcha zaryad ham to‘planmaydi. Buning natijasida stabilitron tezkor ishlovchi asbob xususiyatiga ega bo‘ladi va impulsli sxemalarda yaxshi ishlaydi. Kichik qiymatli kuchlanishlarni stabillash uchun mo‘ljallangan yarimo‘tkaz-gichli diod - stabistor bo‘lib, to‘g‘ri ulanish vaqtida undagi kuchlanish (taxminan 0,7 V) tokka deyarli bog‘liq emas (xarakteristikaning to‘g‘ri shaxobchasida bu bo‘lak deyarli vertikal (tik) ko‘rinishda bo‘ladi).


Download 9.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling