To’g’rilovchi diodlar ishlash prinsipi.
Past chastotali o‘zgaruvchan toklarni to’g’irlashda ishlatiladi. Tayyorlanish texnalogiyasiga ko’ra diodlar yassi diodlarda pn o’tishning yuzini belgilovchi o’lchamlar uning qalinligiga nisbatan katta bo‘ladi. To’g’rilagich diodlar sifatida asosan yassi diodlar ishlatiladi To’g’ri yo’nalishda o’tuvchi to’g’irlangan tok kuchi. 1600 A gacha, teskari yo’nalishda 1000V gacha kuchlanishga mo’ljallangan diodlar ishlab chiqariladi.Bunday katta tokni o’tkazuvchi diodlar ish jarayonida qiziydi. Shu sababli diodlarga issiqlikni sochuvchi radiatorlar kiydirilib montaj qilinadi. Kremniyli to’g’irlagich diodlarning ishchi temperaturasi 1250 C gacha bo’lishi mumkin.To’g’rilovchi diodlar yarim o’tkazgichli diodlar ichida eng ko’p tarqalgan yarim o’tkazgichli diod hisoblanadi (2-rasm).
Ular o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun qo’llaniladi. To’g’rilagich diodlar uchun xarakterli bo’lib, katta tokni o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lgan, o’tkazuvchanlik holatidagi unchalik katta bo’lmagan qarshilik hisoblanadi.
To’g’irlovchi diodning multisim dasturida yigilishi.
Diod ko’prigi
To’rtta diodni ulash orqali diod ko’prigini hosil qilish mumkin. Bunday qurilma ko’prikli to’g’rilagich deb ataladi. 3-rasmda ko’prik to’g’rilagichlarining 4 xil ko’rinishi ko’rsatilgan. Yuza montajlar uchun mo’ljallangan qurilma bir tomonidan 45° qiya qilib joylashtiriladi. Bu diodlar sxemaga rasmda ko’rsatilgan tartibda ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |