Stabilizator qo’shib tayyorlanadigan in’yeksion eritmalar tayyorlash
Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in‘eksion eritmalar tayyorlash
Download 66.42 Kb.
|
1 2
Kuchli asos va kuchsiz kislota, kuchsiz kislota va kuchli asosdan tashkil topgan tuzlardan in‘eksion eritmalar tayyorlash
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tarkib topgan tuz (natriy kofein benzoat, natriy nitrit, natriy tiosulfat va boshqalar) eritmalari uchun stabilizator sifatida ishqor eritmalari ishlatilishi mumkin. Rp: Sol. Coffeini - natrii benzoatis 10% - 50 ml Sterilisetur! D.S. 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Pasporti: Koffein benzoat natriy 0,5 g Natriy gidrooksid eritmasi 0,2 ml 1000ml-4ml 50ml-X In‘eksiya suvi- 50ml Vum = 50 ml Yuqoridagi retsept kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashqil topgan tuz eritmasiga misol bo‘ladi. XI DF si talabiga binoan eritmani tayyorlashda stabilizator sifatida bir litr eritmaga 0,1 M natriy ishqoridan 4 ml qo‘shiladi. Bu retsept buyicha 0,2 ml natriy gidroksid eritmasi kushamiz. Eritmaning rN ko‘rsatkichi 6,8—8,0 oraligida bo‘ladi. Eritma 120°S da 8 daqiqa sterillanadi. Alkaloid va sintetik azot asos tuzlari eritmasi (morfin gidroxlorid, strixnin nitrat, novokain va b.) qadoqlanadigan shishaning ishqoriy muxiti ta‘sirida gidroliz, fenol guruhining oksidlanishi, murakkab efir boglarining sovunlanishi kabi reaksiyalarga uchraydi. Bu eritmalarni 0,1 M li xlorid kislotasi qo‘shib turg‘unlashtiriladi. Rp: Sol Dibazoli 1%—10 ml Sterilisetur! D.S. 50 flakon. Steril ulchov kolbasiga aseptik sharoitda tortib olingan 5 g dibazol solinadi. Ustiga in‘eksiya uchun ishlatiladigan suv, 5 ml 0,1 M li xlorid kislota eritmasi solib eritiladi va eritma hajmi 500 ml ga etkaziladi. Tayyor eritma steril filtr orqali hajmi 10 ml li idishlarga qadoqlanadi. Idishning og‘zi rezina tikin va alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, so‘ng avtoklavda 120°S haroratda 8 daqiqa sterillanadi. YAna mexaniq zarrachalar bor-yukligi tekshirilib, tegishli yorliq epishtiriladi. Eritmani saqlanish muddati korongi va salqin erda 60 kun. XI DF buyicha, in‘eksiya dori turlariga steril suvli va suvsiz eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, yuborishdan oldin steril erituvchida eritiladigan quruq va qattiq moddalar (poroshoklar, govak massalar va tabletkalar) kiradi. Dorivor moddalarni erituvchisi sifatida DF va normativ texnik xujjatlar talablariga javob beruvchi in‘eksiya uchun suv, o‘simlik moylari, etiloleat ishlatiladi. Kompleks erituvchi tarkibida esa etil spirti, glitserin, propilenglikol, polietilenoksid 400, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqa erituvchilar ishlatiladi. In‘eksiya uchun ishlatiladigan suv XI DF ga asosan tozalangan suvga quyilgan talablardan tashkari apirogen bo‘lishi kerak (FS 42 o‘z - 0512 - 2002). E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 66.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling