Stajirovka yu
Download 0.61 Mb.
|
Amaliyot uchun xisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagilar man e t iladi
MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Kadastrga ishga kirayotgan yoki amaliyot o’tashga kelgan har bir shaxs mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqishi shart hisoblanadi. Ulardan umumiy qoidalar quyidagicha: Ishlab chiqarish va mehnat intizomiga, jihozlardan foydalanishda texnik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiena, elektr va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish; Faqat topshirilgan ishni bajarish; Ish jarayonida diqqatni jamlash, ishga tegishli bo„lmagan gaplarga Chalg’imaslik va boshqalarni chalg’itmaslik; Ishni boshlashdan oldin ish joyini va jihozlarni ko„zdan kechirish; Ishga aloqasi yo’q shaxslarni ish joyiga yaqinlashtirmaslik; Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilmay, travma yoki avariyaning sodir bo’lishiga aybdor bo’lgan shaxs jinoiy, moddiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Quyidagilar man etiladi: Kadastr hududida va binolar, bo’limlar ichida axborot tashuvchi moslamalardan (flesh karta, kompakt disklar va boshqlar) foydalanish, mobil telefon, kompyuter, video kuzatuv vositalarini olib kirish; Jihozlar ustiga kiyim bosh, sumka osish yoki qo’yish; Narkotik va alkogolni iste’mol qilib ishlash; Ish joyida chekish va olovdan foydalanish; Ish xonalarida elektr plitka va elektr isitish moslamalaridan foydalanish; O’ziga tegishli bo’lmagan va unga topshirilmagan jihozlarni ishga tushirish yoki o’chirish (avariya xolatlari bundan mustasno); Yuqori xavfga ega bo’lgan jihozlardan ruxsatsiz foydalanish; Osma yuk tagida turish, uning tagidan o’tish, ustiga o’tirish, harakatlanayotgan transportyor yo’lidan yugurib o’tish; Jihozlarni o’chirmay qoldirish yoki boshliqning ruxsatisiz boshqa hodimga berish; Uskuna va jihozlar ishlayotgan paytda ish joyini tashlab ketish; Xavfli joylarning yonidan o’tish; Jihozlarga suyanish; Yo’laklarni xom ashyo, tayyor mahsulot va boshqalar bilan to’sib qo’yishlar bilan birgalikda, yuqorida ta’kidlab o’tilganlar korxona hududida va ichki qismida qatiyan man etiladi. Institut: belgilangan tartibda institutning markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi hududiy bo‟linmalarning daromadlar, xarajatlar smetasini va shtat jadvallarini ishlab chiqish, shuningdek markaziy apparat va hududiy bo‟linmalarning shtat javdallarini tasdiqlash; -institut xodimlarini mexnatiga xaq to‟lash, rag‟batlantirish, mukofotlash va boshka rag‟batlantirishlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish; davlat organlari va mansabdor shaxslardan institutga yuklatilgan bajarish uchun zarur bo‟lgan xujjatlar vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‟lgan xujjatlar va axborotlar, shu jumladan statistik ma‟lumotlarni so‟rash va tekin olish; -titulning va unga idoraviy mansub bo‟linmalari hodimlari tomonidan o‟z sohasida ular faoliyatining asosiy ko‟rsatkichlari bo‟yicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan xolda ularni moddiy rag‟batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash; -yer tuzish, kadastr va yer monitoringi" (qishloq xo‟jaligi) ixtisosligi bo‟yicha doktorantlarni, mustaqil izlanuvchilarni, shuningdek stajyor- tadqiqotchilarni tayyorlash; -maqsadli doktoranturani tashkil etish, qabul qilish va talabgorlarni o‟qitish; -institut qonun xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo‟lishi mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling