Standartlashtirish boyicha xalqaro tashkilotlar
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti
Download 1.15 Mb.
|
qurbanboyeva Ayda
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISO ning tarkibiy strukturasi.
Xalqaro standartlashtirish tashkilotlari
Xalqaro standartlashtirish tashkilotiBirinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assotsiatsiyasi (Britich Enginezing Standards Accociation) 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qumitasi (1918 y), Amerika qumitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi. 1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish boyicha Xalqaro sezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari boyicha 32 ta qumita va kichik qumitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qoydi. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946 – 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda. ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir. ISO ning tarkibiy strukturasi.ISO da prezident, vitse – prezident, g‘aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya – ISO ning Oliy Rahbari bo‘lib, ISO ning yig‘ilishi uch yilda bir marta bo‘ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi. Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi. ISO kengashi yiliga bir marta o‘tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qumitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling