Har bir usul uchun joyiga qarab quidagilar belgilanadi: - sinovlarni o’tkazish uchun tayyorlanish tartibi; - sinovlarni o’tkazish tartibi;
- sinov natijalarni tahlil qilish qoidalari;
- sinov natijalarni qayd qilish qoidalari;
- sinovlarning ruxsat etilgan xatoligi. 3.Standartlar toifalari O’zbekiston Respublikasida standartlashga doir quidagi me’yoriy hujjatlar qo’llaniladi: - xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- O’zbekiston Respublirasining davlat standartlari;
- tashkilotning standartlari;
- xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Davlat standartlari quyidagilar uchun ishlab chiqariladi: – ommaviy yoki yirik seriyali mahsulot uchun; – bir turdagi mahsulotning asosiy texnik va foydalanishdagi ko’rsatkichlari uchun; – atrof muhit, inson sog’ligi, xayoti va mulkining xavfsizligini ta’minlovchi talablar uchun; – mahsulotlarning texnik va axborot mosligi va o’zaroalmashinish talablari uchun; Tashkilot standartlari faqat bitta korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun tayohlanadi: Tashkilot standartlari faqat bitta korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun tayohlanadi: – agar mahsulotga birorta ham me’yoriy hujjat mavjud bo’lmasa va yuqori toifadagi me’yoriy hujjatni ishlab chiqarish o’zini oqlamasa; - agar mavjud bo’lgan me’yoriy hujjatlarda qo’yilgan talablarga qo’shimcha talablar, aniqliklarni kiritish zaruriyati paydo bo’lsa;
- – agar mahsulotni boshqa korxonada ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilsa, yuqorirok toifadagi standart ishlab chiqarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |