Standartlashtirish usullarini o’rganish
Download 79.82 Kb.
|
Sharifov A metr
Mustaqil ish Mavzu: “Standartlashtirish usullarini o’rganish “ Bajardi : Sharifov . A Standartlashtirish usullari XX asr oxiri va XXI asr boshlari, ya’ni xozirgi kunga kelib standartlashtirish fan sifatida rivojlandi, o’zining ilmiy nazariyasi shakllandi. O’zining tamoil va metodlari mavjud bo’ldi. Standartlashtirishning ishlab chiqarish faoliyatiga ko’ra asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1. Takrorlanuvchanligini - bitta umumiy (takror) xususiyatga ega bo’lgan faoliyat turlari, jarayonlar, moddiy narsa, xodisalar kabi ob’ekt doirasini aniqlash; 2. Majburiyatliligini - standartlashtirishning qonunchilik tavsifini aniqlash; 3. Variantliligini (maqbul ko’p xilligini yaratish) - standartlashtiriluvchi 4. Sistema (tizim) liligini - standartni muayyan standartlashtirish ob’ektlarining o’zaro ichki moxiyatlari bilan bog’liq standart sistemalar xosil qilishga olib keladigan element sifatida aniqlash; 5. O’zaro almashinuvchanligini - texnika va texnologiyaga bog’liq bo’lgan bir xil detal, band, agregat va boshqa konstruksiyalarni oldindan rostlovsiz yig’ish, almashtirishni nazarda tutish. Mana shu tamoyillar asosida standartlashtirishning metodlari sistemasi shakllantirilgan: Simpflikasiya - buyum turlari, xillari va sonlarini shu vaqtda mavjud talabni qondira olishga yetarli sonlargacha kamaytirish; Unifikatsiya - ikki yoki undan ko’p xujjat (texnik shart) larni bu xujjatlar bilan rasmiylashtirilgan buyumlarni ishlatish (iste’mol) da o’zaro almashtirishni xisobga olib birlashtirish. Unifikatsiyaning asosi sistemalashtirish va tasniflash (klassifikasiya) tirishdir: Sistemalashtirish (narsalar, xodisalar, tushunchalar) - narsalarni foydalanishga qulay aniq tizim tashkil qiladigan ma’lum tartib va ketma-ketlikda joylashtirish; Klassifikasiya - narsalarni ularning umumiy belgilariga bog’liq xolda sinf, ostsinf va toifalar bo’yicha joylashtirish. Ko’p xollarda klassifikasiya o’nli tizimda tashkil qilinadi; Xillash - qator buyumlar uchun umumiy texnik tavsiflari asosida namunaviy konstruksiya va texnologik jarayonlar ishlab chiqish; Xoslashtirish - konstuktorlik, texnologik xujjatlar tayyorlashning asosiylaridan biri bu buyum, maxsulot yoki qismlarining nomlari, tarkibiy qismlari, materiali, massasi va boshqa ma’lumotlari keltirilgan joyasl ko’rinishida bajariladigan; Agregatlashtirish-avtomobil, traktor asbob–uskuna va boshqa xar xil mashina va mexanizmlarni, standart, unifikatsiyalangan agregat yoki mexanik qurilmalardan butjamlash; Dasturiy maqsadli eng muxim ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo’yicha dasturlar majmuasini ishlab chiqarish va amalga oshirish. Download 79.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling