Стань чемпионом


O‘yin tasnifiga ko‘ra, badmintonning quyidagi turlari bor


Download 2.79 Mb.
bet3/4
Sana26.10.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1724008
1   2   3   4
Bog'liq
Badminton

O‘yin tasnifiga ko‘ra, badmintonning quyidagi turlari bor:
1.Yakkalik erkaklar toifasi.
2.Yakkalik ayollar toifasi.
3.Juftlik erkaklar toifasi.
4.Juftlik ayollar toifasi.
5.Aralash juftlik toifasi.
Sportchilarning imkoniyatlari nuqtai nazaridan:
1.Badminton.
2.Parabadminton.
Badminton haqida qiziqarli faktlar:
-sportchilarning jalb qilinishi bo‘yicha jahonda futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi sport turi hisoblanadi. Sayyoramizning har elliginchi kishisi badminton bilan shug‘ullanadi;
-sportning energiyani eng ko‘p sarflashga majbur qiladigan turi hisoblanadi va kosmonavtlarni tayyorlash dasturiga ham kiritilgan;
-sport badmintoni kaloriyani yo‘qotishda a'lo darajada qo‘l keladi. Bir soat o‘ynash 480 qilokaloriyaning yo‘q bo‘lishiga xizmat qiladi — bu barcha sport
turlari ichida eng yuqori ko‘rsatkich;
-sportning eng tez raketkali turidir. Volanning uchish tezligi 270 km/soatgacha yetadi;
-agar bir o‘yin davomida sportchining barcha harakatlari yig‘ilsa, uzunlikka u 10 qilometrcha «chopadi», balandlikka esa 1 km sakraydi;
-yuqori klassdagi sport ustalarining o‘yin davomida zarba almanishuv sur'ati soniyasiga 0,7 zarbani tashqil etadi. Bir match davomida qayd qilingan eng maksimal zarbalar soni — 19725 marta.
Badminton ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Badminton ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, chunki o‘yin davomida ko‘z mushaklari ishlaydi. Yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirayotgan volanning uchishini kuzata turib, ko‘z shug‘ullantiriladi. Bu uzoq va yaqinni ko‘rishni yaxshilaydi. Badminton, shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi. Badminton, shuningdek, inson yurak qon-tomir tizimini ham shug‘ullantiradi va uni yanada chidamli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling