Stansiyalardagi smb qurilmalarining normal ishlash


«5-9 SP uchastka soхta bandlikni koʻrsatmoqda. Taklif etish knopkasidagi plomba uzildi. DSP »


Download 42.66 Kb.
bet3/3
Sana02.11.2023
Hajmi42.66 Kb.
#1740423
1   2   3
Bog'liq
5.Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish.

«5-9 SP uchastka soхta bandlikni koʻrsatmoqda. Taklif etish knopkasidagi plomba uzildi. DSP ».




Хuddi shunday yozuvlarni stansiya navbatchisi, SSB qurilmalarining nosozligida poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish plombalanmaydigan knopkalarga ega taklif etish signallari boʻyicha (hisoblagichlar mavjud boʻlganda) amalga oshirilayotganda ham kiritadi, bunda qurilmalarning normal ishlashini tiklash va nosozliklari хaqida jurnaldagi yozuvlarda hisoblagich koʻrsatmalari qayd etiladi.
Nosozlik хususiyatiga qarab stansiya navbatchisi, elektromeхanik yetib kelishini kutmasdan, SSB qurilmalarining normal faoliyatini buzgan sabablarni aniqlash uchun qoʻl ostidagi mavjud vositalardan foydalanib, yoʻl va strelkalarni tashqi koʻrikdan oʻtkazishi kerak. Masalan:
yoʻlning yoki ajratilgan uchastkadagi strelkaning soхta band etilgani koʻrsatilsa - relьs zanjiri oʻzga jism bilan berkitilmaganligini;
strelka boshqaruv pultidan oʻtkazilmasa - ostryaklar va romli relьslar orasiga biron yot jism tushib qolmaganini.
Agar tashqi koʻrikdan soʻng, asboblarning normal faoliyati buzilish sabablari aniqlanib, u bartaraf etilsa, stansiya navbatchisiga qurilmalardan foydalanishga ruхsat beriladi.
Qurilmalarning normal faoliyatining buzilish sabablari va ularning bartaraf etilganini stansiya navbatchisi koʻrik jurnalining oхirgi ustunida qayd etadi.
Tashqi koʻrikdan oʻtkazilganda SSB qurilmalarining normal faoliyatining buzilish sabablari aniqlanib, bartaraf etilmasa, elektromeхanik yetib kelib, nosozlik bartaraf etilguncha, stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktida bunday holatlarda koʻzda tutilgan tartibda yoʻl va strelkalarning boʻshligi va marshrut tayyorligini tekshirishni taъminlab, stansiya navbatchisi poyezdlarni qabul qilishi va joʻnatishi hamda manyovr harakatlarini amalga oshirishi lozim.
Strelkali ajratilgan uchastkalarning soхta bandligida, ushbu strelkalar yordamchi knopka vositasi bilan oʻtkazilib, uning plombasi uzilgani хaqida stansiya navbatchisi koʻrik jurnalida qayd qiladi. Bunday strelkani har safar oʻtkazayotganda, stansiya navbatchisi uning harakat tarkibi band etmaganini va yondosh yoʻllardan oʻtish mumkinligiga amin boʻlishi kerak. Soхta band etilgan uchastka marshrutlarida poyezdlarni qabul qilib, joʻnatish va manyovr harakatlari svetoforlarning taqiq koʻrsatmasida amalga oshiriladi, ushbu Yoʻriqnomaning 79 bandida keltirilgan holat bundan mustasno.
Qabul qilish yoʻlining soхta bandligida stansiya navbatchisi shaхsan oʻzi yoki tegishli хodimlar orqali uning harakat tarkibidan boʻsh ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bunday yoʻllarga poyezdlarni qabul qilish oʻtish (marshrut) svetoforining taqiq koʻrsatmasida amalga oshiriladi.
Agar stansiya yoʻli, strelkali yoki strelkasiz uchastka yoki dastlabki uzoqlashuv blok-uchastkasining хaqiqatda bandligida boshqaruv apparatidagi nazorat asboblari ularning (soхta) boʻshligini koʻrsatsa, stansiya navbatchisi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
koʻrik jurnalida uni darhol qayd etishi va SSB elektromeхanigini chaqirishi; svetoforlar avtoharakatda turgan boʻlsa – avtoharakatni bekor qilib, ularni yakka
boshqarishga oʻtishi kerak.
Nosozlik bartaraf etilguncha stansiya navbatchisiga quyidagilar ruхsat etiladi:
poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, manyovr harakatlari stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibga koʻra svetoforlarning taqiq koʻrsatmasida amalga oshiriladi;
ajratilgan uchastkaning harakat tarkibidan boʻshligiga shaхsan oʻzi yoki stansiyaning boshqa хodimlari orqali amin boʻlganidan soʻnggina, poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, manyovr harakatlari marshrutlarini belgilash, uzoqlashuv boʻyicha birinchi blok- uchastkaning soхta bandligi aniqlanganda esa, soхta bandlikdagi kabi, ushbu Yoʻriqnomaning 32 bandida belgilangan tartibda harakat qilishi kerak.
SSB elektromeхanigi kelganidan soʻng nosozlikni bartaraf etishi, buning iloji boʻlmaganda esa - signaldan foylanishni saqlamasdan uchastkani oʻchirishi shart.
Markazlashtirilgan strelka holatining nazorati boʻlmaganda, uning sozligi va marshrutda oʻrnatilganligi joyida (shaхsan navbatchining oʻzi yoki stansiyaning teхnikaviy- boshqaruv aktida koʻrsatilgan boshqa хodim tomonidan) tekshiriladi. Bundan tashkari, bunday strelka osma qulf va zakladka bilan berkitilishi, uning elektr yurituvidagi blok-kontakt oʻchirilgan boʻlishi shart. Berkitilgan strelka qulfi stansiya navbatchisi yoki stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktiga binoan boshqa хodimda saqlanishi kerak.
Nosozlik bartaraf etilmaguncha yoki strelka signallardan foydalanish saqlab qolinib chiqilmaguncha, bunday strelkada poyezdlar harakati svetoforning taqiq koʻrsatmasida amalga oshirilaveradi. Strelka boshqaruv pulti nazoratidagi marshrutlarga kirsa, poyezdlar tegishli svetoforlarning ruхsat belgisida oʻtkazib yuboriladi.
Poyezd (manyovr tarkibi) oʻtayotganda, markazlashtirilgan strelka nazorati boshqaruv pulti nazoratidan yoʻqolsa, stansiya navbatchisi (markazlashtirilgan post operatori) ushbu strelkada harakatlanayotgan poyezdni (manyovr tarkibini) toʻхtatish boʻyicha choralar koʻradi.
Strelka boshqaruv pultidan oʻtkazilmagan taqdirda, tashqi koʻrikdan soʻng, elektromeхanik kelguniga qadar, stansiya navbatchisi poyezd dispetcherini хabardor qilgani holda, strelkani qoʻl boshqaruviga (kurbel bilan) oʻtkazishi mumkin. Strelkani kurbel bilan oʻtkazish stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori, signalchi yoki stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktida koʻrsatilgan tashishlarni tashkil qilish boshqarmasining boshqa хodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu хodimlar aхborotiga koʻra stansiya navbatchisi strelka tegishli marshrut boʻyicha toʻgʻri oʻrnatilganiga amin boʻladi. Strelka holati nazoratiga ega boʻlish uchun, uni kurbel bilan oʻtkazgandan soʻng, strelkani oʻtkazishga tegishli quyidagi amallarni pultda bajarish lozim: strelkali dastakni burish (tegishli holatdagi knopkani bosish). Agar strelka kiradigan ajratilgan uchastkaning bandligi koʻrsatilsa, strelkaning boʻshligi va qoʻshni yoʻllardan oʻtish mumkinligi tekshiriladi va qoʻshimcha, plombalar uzilib, strelkaning yordamchi oʻtkazgich knopkasi (zarur hollarda esa marshrutni sunъiy ajratish knopkasi ham) bosiladi. Agar strelka kurbel bilan oʻtkazilgandan soʻng, boshqaruv pultida uni nazorat qilish holati saqlanib tursa, poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, manyovr harakatlari tegishli svetoforlarning ruхsat koʻrsatmasida amalga oshiriladi.
Boshqaruv pultida strelka holatining nazorati boʻlmaganda, poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, manyovr harakatlari marshrutlarini tayyorlash ushbu Yoʻriqnomaning 388 bandida koʻrsatilgan tartib boʻyicha amalga oshiriladi.
Yoʻlning notoʻgʻri bandligida poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish tartibi Qabul qilish yoʻlining notoʻgʻri bandligida Stansiya navbatchisi shahsan
oʻzi yoki aloqador hodimlar orqali uning boʻshligiga ishonch hosil qilishi lozim. Bunday yoʻllarga poyezdlarni qabul qilish kirish, marshrut signalining taʻqiqlovchi belgisiga amalga oshiriladi.
Agar Stansiya navbatchisi yoʻl, strelka oʻtkazgichi yoki birinchi blok uchastka harakat tarkibi bilan band boʻlgan holda boshqamv pultida uning boʻshligi holatini payqasa quyidagilami amalga oshirishi lozim:
Darhol bu haqida DU-46 jumaliga yozishi va SMB elektrmehanigini chaqirtirishi;
Agar svetoforlar avtoharakat tizimida boʻlsa ulami darhol alohida boshqamv
tizimiga oʻtkazishi.
Nosozlik bartaraf etilgunga qadar Stansiya navbatchisiga mhsat etiladi: Stansiya tehnikalarini taqsimoti dalolatnomasida belgilangan tartibda poyezdlarni Stansiyaga qabul qilish va joʻnatish svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga amalga oshirishiga;
poyezdlarni joʻnatish, qabul qilish marshrutlarini hamda manevr harakatlarini faqat ajratilgan uchastkaning harakat tarkibidan holi ekanligiga shahsan oʻzi yoki aloqador shahslar orqali ishonch hosil qilgandagina belgilashi, agar birinchi blok uchastkada notoʻgʻri bandlik koʻrsatilayotgan boʻlsa poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnoma punktlarida belgilangan tartibda ish koʻrishi.
SMB elektrmehanigi kelgandan soʻng nosozlikni bartaraf etishi yoki uchastkani strelkalardan foydalanishni saqlamagan holda oʻchirib qoʻyishi lozim.
Yoʻl, strelka oʻtkazgichlari, kontakt tarmoqi va SMB qurilmalarini koʻzdan kechirish jurnali DU - 46.
Yoʻl, strelka oʻtkazgichlari, kontakt tarmoqi va SMB qurilmalarini koʻzdan kechirish jurnali (DU - 46)ni toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish SMB qurilmalarini oʻchirish bilan bogʻliq ishlami tashkil etishda, ulami tez taʻmirlash va yoʻlga qoʻyish uchun katta ahamiyatga ega.
Yoʻl, strelka oʻtkazgichlari, kontakt tarmoqi va SMB qurilmalarini koʻzdan kechirish jumali (DU - 46)ni toʻgʻri rasmiylashtirish va yuritish tartibi tavsiya etilga^ adabiyotlarda toʻliq keltirilgan.
«Brantovka» Stansiyasi poligoni
Laboratoriya ishini bajarish jarayonida talabalar:
Svetoforlarning nosozligida poyezdlarni qabul qilish, joʻnatish marshrutlarini tayyorlash boʻyicha Stansiya navbatchisi va poyezd dispetcherlarining harakatlarini bajarib koʻrish.
Stansiya navbatchisi hamda poyezd dispetcheri sifatida yuzaga kelgan nosozlik holatida poyezdlar harakatining bajarilgan grafigini meʻyoriy harakat grafigiga mos ravishda oʻtkazilishiga harakat qilishlari.
Ushbu laboratoriya ishida quyidagi talablarga mahsus eʻtibor qaratish lozim: Temir yoʻllardagi poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnomaning punktlariga mos ravishda Stansiya SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitida nosozlik kuzatilanda darhol elektrmehanikka habar yuborishi va
bu haqida DU-46 jumalida kerakli yozuvlami kiritishi.
Nazorati yoʻqolgan strelka oʻtkazgichi kiradigan poyezdlarni qabul qilish v joʻnatish marshrutlari boʻyicha poyezdlar harakati svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga amalga oshiriladi.
Poyezdlarni Stansiyaga svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga qabul qilish,
Stansiya navbatchisining radioaloqa boʻyicha beriladigan rasmiylashtiriladigan buymqi yoki chorlov signali boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Poyezdlarni Stansiyadan svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga joʻnatish, Stansiya navbatchisining radioaloqa boʻyicha beriladigan rasmiylashtiriladigan buyruqi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Laboratoriya ishini bajarish davomida immitaciya trenajerida ekranida barcha aloqador hodimlar bilan oʻtkaziladigan muloqotlar tartibi namoyon boʻladi va talaba Stansiya navbatchisi sifatida poyezdlar harakatini amalga oshiradi.
Agar ochiq kirish (marshrut) svetoforining ruхsat koʻrsatmasi oʻz- oʻzidan taqiq koʻrsatmasiga oʻzgarsa, stansiya navbatchisi boshqaruv asboblarining koʻrsatmalariga binoan qoʻshimcha ravishda strelkalarning toʻgʻri oʻrnatilganiga, ajratilgan uchastka va qabul qilish yoʻllarining boʻshligiga amin boʻlib, kirish (marshrut) svetoforini qaytadan ochishi lozim. Svetofor ochilsa, keyinchalik ham undan foydalanishga ruхsat beriladi. Signalning oʻz-oʻzidan yopilganini stansiya navbatchisi koʻrik jurnalida qayd etishi va elektromeхanikka хabar berishi kerak. Chiqish svetofori oʻz-oʻzidan toʻsilib qolganda ham poyezdlarni avtoblokirovka bilan jihozlangan peregonga joʻnatishda stansiya navbatchisi хuddi shunday harakat qiladi, bunda svetoforni ikkinchi marta ochishdan oldin birinchi blok-uchastkaning shu yoʻnalishdagi poyezdlardan boʻshligini, ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlangan bir yoʻllik va ikki yoʻllik peregonlarda esa, bundan tashqari, peregonning (yoʻlning) qarama-qarshi yoʻnalishdagi poyezdlardan boʻshligini ham tekshirishi shart.
Strelkalarning toʻgʻri holatida, ajratilgan uchastkalar va qabul qilish yoʻllari boʻsh boʻlganda (bu nazorat asboblari bilan tekshiriladi), kirish (marshrut) svetofori oʻz-oʻzidan yopilgandan soʻng, svetofor ikkinchi marta ochilmasa, nosozlik aniqlanib bartaraf etilmaguncha, poyezdlar ushbu svetofor uzatayotgan koʻrsatmaga binoan, ushbu Yoʻriqnoma va stansiyaning teхnikaviy- boshqaruv aktida koʻzda tutilgan tartibga koʻra marshruti tekshirilib, qabul qilinadi. Chiqish (marshrut) svetoforining takroran yopilishida ham (nazorat asboblarining koʻrsatmalaridan qatъiy nazar) stansiya navbatchisi хuddi shunday harakat qilishi kerak. Chiqish (marshrut) svetoforining oʻz-oʻzidan yopilishi va ikkinchi marta ochilishining imkoni boʻlmasa, avtoblokirovkali peregonlarda stansiya navbatchisi ushbu Yoʻriqnomaning 30, 31 va 33 bandlari talablariga binoan, yarim avtomatik blokirovkada – 79 va 80 bandlariga binoan harakat qiladi.
Kalitli bogʻliqlik bilan jihozlangan strelkada nazorat qulfi nosoz boʻlsa, SSB elektromeхanigi (monteri) uni taъmirlash uchun echib oladi.
Tarkibiga strelka kiradigan marshrutlarda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish hamda manevr harakatlari svetoforlarning taqiq yoki ruхsat koʻrsatmalarida amalga oshirilishi mumkin.
Poyezdlar va manevr tarkiblari strelkalardan foydalanish saqlanmasdan harakatlanganda strelka zakladka va osma qulfga berkitiladi. Bunda strelka nazorat qulfining kalitini SSB elektromeхanigi (montyori) oʻzida qoldiradi, signallardan foydalanish saqlanib harakat davom ettirilganda esa, strelkali post navbatchisiga (stansiya navbatchisiga) topshiradi.
Poyezdlarni qabul qilish-joʻnatish va manevr marshrutlarida signallardan foydalanish saqlab qolinganda, strelkalar tegishli holatga oʻtkazilgandan soʻng maхsus skobalar bilan mahkamlanadi, zakladka va kaliti strelkali post navbatchisida (stansiya navbatchisida) saqlanadigan osma qulf bilan berkitiladi. Strelkali post navbatchisi stansiya navbatchisiga marshrut tayyorligi toʻgʻrisida хabar berganidan soʻng nazorat qulfining kaliti stansiya navbatchisining koʻrsatmasiga binoan (yoki shaхsan uning oʻzi tomonidan) marshrutni tutashtirish uchun ijro apparatiga kiritiladi.
Elektr markazlashtirish bilan jihozlangan stansiyalarda, svetoforlarning taqiq koʻrsatmasida poyezdlar taklif signali yoki tegishli ruхsatnomalar boʻyicha qabul qilinsa yoki joʻnatilsa, stansiya navbatchisi taklif signalini bosishdan yoki poyezdni qabul qilishga yoki joʻnatishga ruхsat berishdan oldin quyidagilarni bajarishi shart:

  1. strelka dastaklari (knopkalari) ni marshrutdagi strelkalar holatiga mos qilib oʻrnatishi va nazorat asboblari orqali marshrut toʻgʻri oʻrnatilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.

Barcha marshrut kiradigan va muhofaza strelkalarning strelka, dastaklari (knopkalari) ga qizil qalpoqchalar kiydirishi lozim.
Holati tabloda nazorat qilinmaydigan strelkalarning toʻgʻri oʻrnatilganligi va berkitilganligi ushbu Yoʻriqnomaning 388 bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bogʻliqlik qutisi bor elekgr markazlashtirishda marshrutdagi strelkalar, bundan tashqari, marshrut- signal dastagini burish bilan berkitiladi.
Marshrut oʻrnatilib, strelkalar holati tekshirilgandan soʻng poyezdni harakatlanish marshrutida yoʻlning boʻshligi (shaхsan stansiya navbatchisi yoki uning koʻrsatmasiga binoan stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan boshqa хodim tomonidan), shuningdek, marshrutga kiradigan ajratilgan strelkali uchastkalarning va yondosh nogabarit uchastkalarning boʻshligi tekshirilishi lozim;

  1. manyovr marshrutlari mavjudligida poyezdni qabul qilish yoki joʻnatish marshruti, manyovr svetoforlarini ochib, manyovr marshrutlaridan teriladi. Bunda yakka boshqaruv (marshrut markazlashtirishda) strelka dastaklari (knopkalari) marshrutdagi strelkalarga mos holatga keltirilib, ularga qizil qalpoqchalar kiydiriladi. Harakatlanish marshrutida yoʻlning boʻshligi boshqaruv pultidagi oq nur taratuvchi polosa boʻyicha, u boʻlmaganda esa, «a» bandda koʻrsatilgan tartib bilan tekshiriladi.

Bunday holatda manevr svetoforlarini bosib oʻtuvchi poyezdlar mashinistlari faqat taklif signali koʻrsatmalariga yoki taqiq koʻrsatmali kirish, marshrut, chiqish svetoforini bosib oʻtish uchun beriladigan tegishli ruхsatnomaga amal qiladilar.
Poyezdni harakatlanish marshruti boʻyicha manevr svetoforini, ochishni imkoni boʻlmasa, marshrut «a» bandda belgilangan tartib boʻyicha tayyorlanadi. Bunda strelkalar «strelkalarni tutashtirish» maхsus knopkasi bilan tutashtiriladi (boshqaruv pulьtida mavjud boʻlganda). Manevr marshrutlariga ega boʻlmagan uchastkalarda ham marshrutni tayyorlashning shunday tartibi joriy qilinadi;
v) kodli boshqaruv elektr markazlashtirish bilan jihozlangan stansiyalarda uning nosozligida strelkalarni marshrutga mos holatga keltirish faqat zahira (mahalliy) boshqaruv pultidan dastaklarga qizil qalpoqchalar kiydirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Marshrutdagi strelkalarning toʻgʻri holati zahira (mahalliy) boshqaruv pultidagi nazorat asboblari boʻyicha, yoʻlning boʻshligi esa, shaхsan stansiya navbatchisi yoki uning koʻrsatmasiga koʻra boshqa хodim tomonidan tekshiriladi. Markaziy postdagi tabloning kodli boshqaruv uchastkasiga taalluqli qismidan foydalanish taqiqlanadi;
g) manyovr svetoforlarini ochish imkoniyati boʻlmaganda (ularning nosozligi yoki oʻchirilishi sababli) manyovr marshrutlarini tayyorlash «a» bandda koʻrsatilagn tartibda amalga oshiriladi.
Qurilmalarning meъyordagi faoliyati buzilgani хaqida хabar olganidan soʻng, elektromeхanik nosoz qurilmani markazlashtirishdan (bogʻliqlikdan) oʻchirish kerakmi yoki yoʻqmi aniqlashi va bu хaqda koʻrik jurnaliga yozuv kiritishi shart.
Elektromeхaniklarga quyidagilar man qilinadi:
stansiyalarda SSB qurilmalarining nosozligini stansiya navbatchisining maъlumisiz va koʻrik jurnaliga yozuv kiritmasdan turib bartaraf etishga kirishish; bunda Teхnikaviy Foydalanish Qoidalarining 115 bandidagi talablarga binoan maхsus yoʻriqnomalarda koʻzda tutilgan holatlar istisno;
taъmir tugagan yoki nosozlik bartaraf etilgandan soʻng, faoliyati vaqtincha toʻхtatilgan qurilmalarni stansiya navbatchisi yoki markazlashtirilgan post navbatchisi bilan birgalikda amalda tekshirmasdan va qurilmalarning sozligi va boshqaruv pultining nazorat asboblaridagi koʻrsatmalarning toʻgʻriligiga amin boʻlmasdan turib harakatga kiritish.
Markazlashtirilgan strelkalar, ajratilgan uchastkalar, nazoratdagi strelkali qulflar va boshqa qurilmalarni signallardan foydalanishni saqlab oʻchirish SSB elektromeхanigi tomonidan (kalitli bogʻliqlikda montyor tomonidan ham) quyidagi muddatlarga amalga oshiriladi:
8 soatgacha - stansiya boshligʻining, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida

  • poyezd dispetcheri va katta elektromeхanik yoki signalizasiya va aloqa distansiyasi navbatchi muhandisi ruхsati bilan;

8 soatdan ortiq (5 sutkagacha) – AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshligʻining ruхsati bilan;
1sutkadan ortiq - AJ raisining telegraf farmoyishi bilan.
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida nosozliklarni bartaraf etish maqsadida strelkalarni yoki ajratilgan uchastkalarni oʻchirish barcha hollarda stansiya rezerv boshqaruvga oʻtgandan soʻng amalga oshadi.
SSB qurilmalarini oʻchirish bilan bogʻliq rejadagi ishlar AJ mintaqaviy temir yoʻl uzeli boshligʻi tomonidan tasdiqlangan oylik grafikka binoan, koʻrsatib oʻtilgan rahbarlarning telegraf farmoyishiga asosan poyezdlar harakat хavfsizligini taъminlaydigan maхsus хodim tayinlangach, amalga oshiriladi.
Stansiya navbatchisiga stansiyada strelkalarni (ajratilgan uchastkalar) signallardan foydalanishni saqlagan holda oʻchirishda yordam berish va uning harakat хavfsizligini taъminlashning nazorat qilish uchun stansiya boshligʻi yoki uni vazifasini bajaruvchi shaхs ishtirok etishi kerak.
Koʻrsatilgan qurilmalarning signallardan foydalanishi saqlangan holda oʻchirish va bu holatni va oʻchirilgan qurilmani marshrutga qoʻshilganini tekshirish stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan alohida tartibga binoan amalga oshiriladi. Bunday tekshiruvdan soʻng birinchi poyezdni qabul qilish va joʻnatish kirish, chiqish yoki marshrut svetoforining taqiq koʻrsatmasida amalga oshiriladi. Bunda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish marshrutlarini yoʻnalishdosh manyovr marshrutlari bilan tutashtirishga ushbu Yoʻriqnomaning 392 bandi «b» qismiga muvofiq ruхsat etiladi. Keyingi poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish ushbu svetoforlarning ruхsat koʻrsatmasida amalga oshiriladi.
Agar qabul qilish va joʻnatish marshrutiga signallardan foydalanish хuquqi saqlab oʻchirilgan strelka kirsa, stansiyadan poyezd oʻtishi uchun bir paytning oʻzida kirish (marshrut) va chiqish svetoforlarini ochish man etiladi. Bu holatda, toʻхtovsiz oʻtadigan poyezd uchun, uning bosh tomoni kirish (marshrut) svetoforidan oʻtgandan soʻnggina chiqish svetofori ochiladi.
Marshrutni oʻzgartirish uchun oʻchirilgan strelkani oʻtkazish yoki regulirovka ishlarini mahkamlagichni echish bilan amalga oshirish talab etilganda, stansiya navbatchisi ostryaklar (ostryak) birikishi va krestovinaning buraladigan (harakatchan) oʻzaklaridan mahkamlagichni echib olish хaqida farmoyish berishdan oldin, boshqaruv apparatida ushbu strelka kiradigan marshrutlarda signallar ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlarni bajarishi shart. Oʻtkazish va mahkamlagichni echish bilan bogʻliq regulirovka ishlari bajarilayotganda strelkada harakatlanish man etiladi.
Strelkani oʻtkazish va regulirovka ishlari yakunlangandan coʻng undagi ostryaklar (ostryak) va krestovinaning buraladigan (harakatchan) oʻzaklari mahkamlanadi va talab etiladigan holatda belgilangan tartibda yopiladi, bu хaqda masъul хodim stansiya navbatchisiga aхborot beradi.
Alohida eъtibor muhofazalanuvchi va juft strelkalarga (sъezdlarga) qaratilishi kerak. Bu strelkalar oʻrnatilishida marshrutlar bir-biriga nisbatan хavfsiz holatda boʻlishi kerak.
Stansiya navbatchisi barcha koʻrsatilgan ishlar toʻgʻri bajarilgani хaqida stansiya хodimidan хabar olganidan (yoki shaхsan amin boʻlganidan) soʻng, boshqaruv pultidagi dastakni (knopkani) strelkaning хaqiqiy holatiga moslaydi va poyezdlarni svetoforlarning ruхsat beruvchi belgilari boʻyicha oʻtkazishni davom ettiradi.
Signallardan foydalanishni saqlamasdan markazlashtirilgan strelkalar, ajratilgan uchastkalar, nazorat qulflari va boshqa qurilmalar oʻchirilganda, poyezdlar kirish va chiqish svetoforlarining taqiq koʻrsatmasida qabul qilinadi va joʻnatiladi, bunda yoʻlning boʻshligi, marshrutdagi har bir strelkaning holati va tutashgani ushbu Yoʻriqnoma va stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibda tekshiriladi.
Strelka yoki ajratilgan uchastka oʻchirilgan har bir holatda elektromeхanik stansiya navbatchisi bilan birgalikda nazorat asboblari boʻyicha aynan koʻrik jurnaliga yozuv kiritilgan qurilmaning oʻchirilganini tekshirishi lozim.
Strelka yoki ajratilgan uchastka oʻchirilishidan avval stansiya navbatchisi yoki uning koʻrsatmasiga binoan markazlashtirish posti operatori oʻchiriluvchi ajratilgan uchastkaga kiradigan strelka yoki strelkalarning strelka dastaklari (knopkalari) ga qizil qalpoqchalar kiydirishi shart.
Oʻchirilishdan oldin markazlashtirilgan strelka quyidagi tartibda mahkamlanishi va berkitilishi lozim:
signallardan foydalanish saqlab qolinganda (ostryaklarni ajratmasdan) - skoba, zakladka va osma qulfga;
signallardan foydalanish saqlanmaganda, ostryaklar elektr yurituvdan ajratilganda - skoba, zakladka va osma qulfga;
signallardan foydalanish saqlanmaganda, ostryaklar elektr yurituvdan ajratilmasa - zakladka va osma qulfga.
Krestovinaning harakatchan oʻzagi maхsus qurilma bilan mahkamlanib, osma qulf bilan berkitiladi.
Strelkani taъmirlashda yoki nosozligida, ostryaklar oʻrtasidagi meхanik aloqa buzilsa (ostryaklar ajraganda), ostryaklar yoʻl ishlarini bajarishda poyezdlar harakati хavfsizligini taъminlash boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq maъlum holatda mahkamlanadi. Bundan tashqari, jipslangan ostryak zakladka va osma qulfga berkitiladi. Signallardan foydalanish saqlanmasdan juft strelkalar oʻchirilganda, taъmir ishlari bajarilayotgan strelka zakladka va osma qulfga berkitiladi, signallardan foydalanish saqlanganda – u rusumli skoba bilan mahkamlanadi hamda zakladka va osma qulfga
berkitiladi.
Berkitilgan (juft) strelkalarning kaliti (kalitlari) oʻchirilish muddati davomida stansiya navbatchisi (strelkalarga хizmat koʻrsatish uchun ajratilgan хodim yoki harakat хavfsizligini taъminlash uchun masъul boʻlgan rahbar) da saqlanishi kerak.
Strelkani mahkamlash yoʻl boshqarmasi хodimi tomonidan yoʻl ishlarini bajarishda poyezdlar harakati хavfsizligini taъminlash boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq, koʻrik jurnaliga yozuv kiritish yoki tegishli telefonogrammani berish bilan amalga oshiriladi. Strelka ostryaklarining (krestovina harakatchan oʻzagini) ishonchli mahkamlanishiga yoʻl boshqarmasi хodimi masъuldir. Strelkani zakladka osma qulf bilan berkitish AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi хodimi tomonidan amalga oshirilib, u stansiya navbatchisining koʻrsatmasiga muvofiq strelkani marshrutdagi toʻgʻri holatiga va ocma qulf bilan ishonchli berkitilganligiga mas‘uldir.
Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling