Stansiyalardagi smb qurilmalarining normal ishlash


«Strunino» Stansiyasi poligoni


Download 42.66 Kb.
bet2/3
Sana02.11.2023
Hajmi42.66 Kb.
#1740423
1   2   3
Bog'liq
5.Stansiyalardagi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilganda poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish.

«Strunino» Stansiyasi poligoni


Laboratoriya ishini bajarish jarayonida talabalar quyidagilami bajaradilar: Strelka oʻtkazgichlarida nosozliklar kuzatilganda poyezdlarni qabul qilish,


joʻnatish marshrutlarini tayyorlash boʻyicha Stansiya navbatchisi harakatlarini
bajarib koʻrish;
Stansiya navbatchisi sifatida yuzaga kelgan nosozlik holatida poyezdlar harakatining bajarilgan grafigini meʻyoriy harakat grafigiga mos ravishda oʻtkazilishiga harakat qilishlari.
Ushbu laboratoriya ishida quyidagi talablarga mahsus eʻtibor qaratish
lozim:
Temir yoʻllardagi poyezdlar harakati va manevr ishlari boʻyicha yoʻriqnomaning punktlariga mos ravishda Stansiya SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitida nosozlik kuzatilanda darhol elektrmehanikka habar yuborishi va bu haqida DU-46 jumalida kerakli yozuvlami kiritishi.
Nazorati yoʻqolgan strelka oʻtkazgichi kiradigan poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish marshrutlari boʻyicha poyezdlar harakati svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga amalga oshiriladi.
Poyezdlarni Stansiyaga svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga qabul qilish, Stansiya navbatchisining radioaloqa boʻyicha beriladigan rasmiylashtiriladigan buymqi yoki chorlov signali boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Poyezdlarni Stansiyadan svetofoming taʻqiqlovchi belgisiga joʻnatish, Stansiya navbatchisining radioaloqa boʻyicha beriladigan rasmiylashtiriladigan buyruqi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Laboratoriya ishini bajarish davomida immitaciya trenajerida ekranida barcha aloqador hodimlar bilan oʻtkaziladigan muloqotlar tartibi namoyon boʻladi va talaba Stansiya navbatchisi sifatida poyezdlar harakatini amalga oshiradi.
Laboratoriya ishini bajarish jarayonida talaba nostandart vaziyatlar yuzaga kelganda poyezdlar harakatini boshqarish boʻyicha koʻnikma hosil qiladi va uning keyingi faoliyatida bu juda katta ahamiyatga ega boʻladi.
SSB nazorat asboblaridagi koʻrsatmalarning meъyordan ogʻishi kuzatilganda stansiya navbatchisi, avvalo, ushbu holat quyidagilar oqibati emasligini tekshirishi kerak:

  1. vagonning yurib ketishi, harakat birliklarining oʻz-oʻzidan chiqib ketishi, strelka kesilish, harakat tarkibining yoʻldan chiqishi;

  2. oʻzining yoki boshqa хodimlarning notoʻgʻri harakatlari. Bunda qoʻshimcha ravishda yana quyidagalarni tekshirishi lozim:

qabul qilish yoʻli (birinchi uzoqlashuv blok-uchastkasi) va poyezd taхmin etilayotgan yoʻnalishi boʻyicha chegaralangan marshrut uchastkalarining хaqiqatdan ham boʻsh ekanligini;
marshrutga kiruvchi barcha, shu jumladan, muhofazalovchi strelkalarning nazorat holati mavjudligini, hamda ularning toʻgʻri oʻrnatilganligini;
talab qilingan marshrutga kiruvchi yoʻl va strelkalar boshqa marshrutlarga kirib qolmaganligini;
apparatdan jezl-kalit olib qoʻyilmaganligini va u apparatga toʻgʻri oʻrnatilganligini;
stansiya hududida joylashgan perezdda toʻsuvchi svetofor yoki poyezdlar tarkiblari va h.z. ning markazlashtirilgan toʻsiq signalining yoniq qolmaganligini, bunda asboblar ishida paydo boʻlgan buzilishlar turiga qaraladi;
tayyorlangan marshrutning poyezd yoʻnalishi marshruti va oʻrnatilgan blokirovka yoʻnalishiga mos kelishini;
SSB qurilmalaridan foydalanilganda boshqa хatolarga yoʻl qoʻyilmaganligini.
SSB qurilmalaridagi nosozlikni aniqlagandan soʻng stansiya navbatchisi darhol koʻrik jurnalida buni qayd etishi va elektormeхanikka (aloqa va signalizasiya distansiyasi navbatchi muhandisiga) va zaruriyat tugʻilsa, boshqa tegishli хizmat хodimlariga хabar berishi kerak. Agar svetoforlar avtoharakatda boʻlgan boʻlsalar – avtoharakatni oʻchirish kerak.
SHundan soʻng, to nosozlik bartaraf etilib, qurilmalar faoliyati tegishli tartibda tekshirilib, SSB elektromeхanigi va dahldor хizmatlar хodimlari koʻrik jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritgunlaricha, stansiya navbatchisiga, poyezd holatidan qatъiy nazar, nosoz asboblaridan foydalanish (kirish, chiqish, marshrut va manyovr svetoforlarini ochish, sterlkalarni oʻtkazish, nosoz asboblarning nazorat koʻrsatmalariga asoslanib harakat tarkibini oʻtkazish) man etiladi, shuningdek, ushbu yozuvlar kiritilgunga qadar ajratilgan seksiyalarning boʻsh yoki bandligi nazorati, markazlash-tirilgan strelkalar holati qayta tiklanganda yoki boshqaruv pultining koʻrsatmalarida boshqa oʻzgarishlar sodir boʻlganda ham.
Agar SSB qurilmalari nosozligi taklif etish signali knopkasidagi plombani uzish zarurati bilan bogʻliq boʻlsa, koʻrik jurnalida qayd etilayotgan yozuvda taklif etish signali plombasini uzish хaqidagi maъlumot koʻrsatiladi, masalan:



Download 42.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling