«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 21
Ikkinchidan, o‘zlariga zarur mahsulot va xizmatlarni uyda o‘tirib, buyurtma qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uchinchidan, malakali keksalarning tarjimonlik, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, saytlarni yuritish, ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-mulohazalarga javob qaytaruvchi sifatida bandligi ta’minlanadi. Eng muhimi buning uchun keksalarga alohida ofis yoki ish joylari, mehnat shartnomasi tuzish ham talab qilinmaydi. Buni uyda o‘tirib, bemalol bajarishlari mumkin bo‘ladi; 2. O‘zbekiston sharoitida keksa otaxon va onaxonlarimiz uy-joy qurilishi, bola- chaqaning orzu-havasi va to‘y-tomosha tashvishidan ortmaydi. Shu bois keksalar “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 21 turizmini rivojlantirish choralarini ko‘rish lozim. Buning uchun keksalarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan turkompaniyalar ochib, yoshi ulug‘lar uchun mamlakat ichida alohida sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3. Keksalarning ijtimoiy izolyatsiyasi, ya’ni odamlarga qo‘shilmasdan uyda yolg‘iz yashashi, muloqot qilmasligi ularning sog‘ligi va ruhiyatiga katta zarar еtkazadi. Oila a’zolari va boshqa insonlar bilan yaxshi va faol muloqotlar esa ularning kayfiyatini ko‘taradi va salomatligini mustahkamlaydi. Shuning uchun keksalar o‘rtasida jismoniy faollik, bir-biriga yordam berish, turli o‘yinlar o‘ynash, quvnoq muloqot o‘tkazish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy yo‘lga qo‘yish tizimini ishlab chiqish va joriy etish lozim. Ushbu tizim keksalarning ijtimoiy faolligi va hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. 4. Oktabr oyining har birinchi yakshanbasini “Keksalarni e’zozlash kuni” sifatida belgilash va shu kuni keksalarga o‘zlarini xuddi shohlarday his qilishlari uchun jamoat transporti, sport va madaniyat maskanlari, sartaroshxona va boshqa xizmatlardan tekin foydalanish imkoniyatini yaratish, shuningdek, ehtiyojmand keksalarga bir martalik yordam pullari berishni yo‘lga qo‘yish. 5. Keksa yoshdagi haydovchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun ularga tegishli mashinaning orqa oynasiga yopishtiriladigan maxsus ogohlantiruvchi belgi qo‘yishni joriy qilish lozim. Bu belgili mashinalarni ko‘rgan boshqa haydovchilarning keksalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlariga, keksa haydovchilarga xalaqit qilmasliklariga, ularni quvib o‘tishda ehtiyotkorlikka amal qilishlariga, tezlikni kamaytirib ketayotgan bo‘lsa, sabr-toqatli bo‘lishlariga xizmat qiladi. 6. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorini narx-navoning o‘zgarishiga qarab har yili qayta ko‘rib chiqish tartibini joriy qilish va uning miqdori keksalarning hayotiy muhim ehtiyojlarini qondirish uchun yеtarli bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘rish lozim (misol uchun bazaviy pensiyani moliyalashtirishni sug‘urta badallari, ish beruvchilar va davlat dotatsiyasi hisobidan qoplash). 7. Keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan muammo va kasalliklar juda ko‘p. Ammo, mamlakatimizda keksalar sog‘ligidagi muammolar bilan shug‘ullanadigan gerontolog va geriatr mutaxassislari еtishmaydi, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “gerontologiya” va “geriatriya ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriatura va magistraturaga qabul kvotalari mavjud emas. Shuning uchun mamlakatimizda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “gerontologiya” va “geriatriya ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq. 8. Keksalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida ularning sog‘ligini sug‘urtalash tizimini joriy lozim. Ushbu tizimning joriy etilishi keksalarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling