Statik noaniq sterjenli sistemalar hisobi 1- §. Umumiy tushunchalar


Download 180.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi180.92 Kb.
#1517749
Bog'liq
9CPxyytoqhcwyK3dvvO63pOKD027ysl4J3vDsbd5 (1)



238
X bob 
STATIK NOANIQ STERJENLI SISTEMALAR HISOBI
 
1- §. Umumiy tushunchalar 
 
Agar sistemaning barcha ko‘ndalang kesimlaridagi ichki kuchlarni 
faqat statika tenglamalaridan foydalanib aniqlab bo‘lmasa, bunday 
sistemalar statik noaniq sistema deyiladi. Ushbu holat sistema 
tayanchlaridagi reaksiya kuchlari soni statika tenglamalaridan ortiq 
bo‘lsa yoki sistemada yopiq kontur mavjud bo‘lsa yoki yuqoridagi ikki 
hol birga kelsa sodir bo‘ladi. Sistema birinchi holda shartli ravishda 
tashqi tomondan statik noaniq, ikkinchi holda ichki tomondan statik 
noaniq, uchinchi holda aralash noaniq sistema deb ataladi. Statik 
noaniqligi turidan qat’iy nazar barcha statik noaniq sistemalar «ishlashi» 
xuddi shunday statik aniq sistemalarga nisbatan bir qator o‘zgacha 
xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Ushbu xususiyatlar quyidagilar: 
1. Bu sistemalarda kuchlar taqsimoti faqat tashqi yuklanishga 
emas, balki konstruksiya alohida elementlari bikrligiga ham bog‘liq 
bo‘ladi. 
2. Statik noaniq sistemalar ko‘ndalang kesimlarida harorat 
o‘zgarishi bilan harorat kuchlanishlari deb ataluvchi kuchlanishlar hosil
bo‘ladi. 
3. Statik noaniq sistemalar ko‘ndalang kesimlarida tayanchlar 
ko‘chishida (cho‘kishida) – qoldiq kuchlanishlari hosil bo‘ladi. 
4. Alohida qismlardan iborat sistema yig‘ilganda, qismlarni 
tayyorlash vaqtidagi noaniqliklar, geometrik o‘lchamlaridagi qusurlar 
tufayli montaj kuchlanishlari hosil bo‘ladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar statik noaniq sistemalar 
faoliyatining xuddi shunday statik aniq sistemalarga nisbatan kamchiligi 
hisoblanadi. 
Statik noaniq sistemalarning qulayligi shundan iboratki, ularni 
qo‘llash natijasida salmoqli iqtisodga erishiladi, chunki ko‘ndalang 
kesim o‘lchamlari kichik, bu esa xususiy og‘irlik kichikligiga olib 


239
keladi. Bu hol sistema alohida elementlari o‘rtasidagi kuchlanishlari 
tashqi yuk ta’siridan tekis taqsimlanishi bilan bog‘liq. Statik noaniq 
sistemalar hisobi statik aniq sistemalarga nisbatan ichki kuchlar 
epyuralarini qurishda farq qiladi. Keyingi hisoblashlar – ko‘ndalang 
kesim o‘lchamlarini aniqlash, mustahkamlikka tekshirish, 
deformatsiyalarni aniqlash va boshqalar asosan mos tushadi. Statik 
noaniq sistemalarni ichki kuchlar epyuralarini qurish imkoniyati bir 
necha usullarda (hisoblash usullari) olib boriladi va statik noaniqlikni 
yo‘qotish deb ataladi. 
Statik noaniq sistemalar hisobining asosiy usuli u yoki bu ma’noda 
barcha usullarga asos yaratuvchi kuch usulidir.
 
2- §. Kuch usulining asosiy tushuncha va g‘oyalari 
 
Kuch usulida statik noaniqlikni yo‘qotish jarayonida aniqlanishi 
kerak bo‘lgan noma’lumlar sifatida sistemaga qo‘yilgan bog‘lanishlar 
ta’siridan hosil bo‘luvchi tayanch reaksiya kuchlari va ichki kuchlar 
olinadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu kuchlarning statika 
tenglamalari sonidan ortig‘i soni sistemaning noaniqlik darajasini 
belgilaydi. Statik noaniqlik darajasini aniqlash uchun bir qator ifodalar 
mavjud bo‘lib, ular ichida eng soddasi
q
k
ш
ш
k
n


=
2
3
(10.1) 
Bu yerda – statik noaniqlik darajasi, 
k
– inshoot sterjenlari yoki 
inshoot sterjenlari bilan yer hosil qilgan berk konturlar soni
k
ш – 
qo‘zg‘aluvchi sharnirli tayanchlar soni, 
q
ш
– qo‘zg‘almas sharnirli 
tanchlar yoki oddiy sharnirlar soni. 
Sistemaning statik noaniqligini aniqlashga bir qator misollar 
ko‘ramiz (10.1-rasm). 
Berilgan sxemalar uchun statik noaniqlik darajasini aniqlaymiz. 
«a» sxema uchun n = 3.1 – 2.1 – 0 =1; 
«b» sxema uchun n = 3.1 – 2.0 –1 =2; 
«d» sxema uchun n = 3.1 – 2.0 – 0 =3; 
«e» sxema uchun n = 3.2 – 2.0 – 0 =6; 
«f» sxema uchun n = 3.2 – 2.0 – 1 =5; 
«g» sxema uchun n =3.2 – 2.0 – 2.1 =4; 
«g» sistemaning o‘ziga xos jihati chap sharnir murakkabligi, ya’ni 
ikkita emas, balki uchta sterjenni tutashtirganligidir. Bunday sharnir 
ikkita oddiy qo‘zg‘almas sharnirga mos keladi. Umuman olganda, 

Document Outline

  • Материаллар
    • X bob 
    • STATIK NOANIQ STERJENLI SISTEMALAR HISOBI 

Download 180.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling