Statistik ko‘rsatkichlar


Download 120 Kb.
bet4/4
Sana23.12.2022
Hajmi120 Kb.
#1047401
1   2   3   4


3.4-tarh. Statistik taqqoslash turlari.



Taqqoslash turli ko‘rsatkichlarni ayirma yoki bo‘lish yo‘li bilan o‘zaro solishtirishdir

Demak, statistik taqqoslashlar turli miqdorlarni (ko‘rsatkichlarni) bir-biri bilan ayirma yoki nisbat shaklida solishtirishni bildiradi, ya’ni:


= K1 - K0 (3.1)
T= K1 / K0 (3.2)
Bu yerda K1 - taqqoslanuvchi ko‘rsatkich, K0-taqqoslovchi ko‘rsatkich ayirish natijasida olingan yangi ko‘rsatkich, T-bo‘lish natijasida olingan yangi ko‘rsatkich.
Ayirmalar shaklidagi (3.1) taqqoslash natijasi () nomli ko‘rsatkich bo‘lib, o‘rganilayotgan hodisa o‘lchov birligida ifodalanadi. U bir hodisa ikkinchisiga nisbatan mutlaq o‘lchamda qanchaga katta-kichikligini belgilaydi. Nisbiy (3.2) taqqoslash natijasi (T) nomsiz (abstrakt mavhum) ko‘rsatkich bo‘lib, hodisaning sifat mohiyatini nazardan soqit qiladi. U jarayon tezligini, intensivligini aks ettiradi. Bunday tartibdagi (3.2) taqqoslash natijalari nisbiy statistik ko‘rsatkichlar deb ataladi. Bu holda taqqoslanuvchi (bo‘linuvchi) ko‘rsatkich (K1) joriy miqdor, taqqoslovchi (bo‘luvchi) ko‘rsatkich (K0) esa zaminiy miqdor deb nomlanadi.
Nisbiy ko‘rsatkichlar har xil shakllarda ifodalanadi, masalan, koeffitsiyentda, foizda, promilleda, proditsimilleda va h.k. u yoki bu shaklni qo‘llash zaminiy miqdorni qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog‘liq. Jumladan koeffitsiyentda bu miqdor 1 ga, foizga 100 ga, promilleda 1000 ga, prodisimilleda 10 000 ga tenglashtiriladi.
Nisbiy ko‘rsatkichlarni turli tartibda taqqoslash yo‘li bilan olish mumkin.
Birinchi tartibli taqqoslashlarda bevosita hodisalar, ularning belgi qiymatlari taqqoslangan bo‘lsa, ikkinchi tartibli statistik taqqoslashlar birinchi tartibli taqqoslash natijalariga asoslanadi, ya’ni bu holda ular bir-biri bilan solishtiriladi. Ikkinchi tartibli taqqoslashlar natijasida vujudga keladigan nisbiy ko‘rsatkichlar ommaviy hodisa rivojlanish jarayonlarining yangi qirralarini ochish, tahlilni chuqurlashtirib voqelikning ich-ichidagi munosabatlarni o‘rganish uchun xizmat qiladi. Ikkilamchi tartibli taqqoslashlar quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ty = yi+1 / yi T = (yi+1 - yi) / (yi - yi-1) (3.3)
Ti = Ti+1 / Ti = (Ti+1 / Ti) / (Ti / Ti-1) (3.4)
Ty/T = [(yi+1 - yi) / (yi - yi-1)] : yi / yi-1 (3.5)
Kc = (Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1) (3.6)
Kf = (Ei / Ri) / (Ei-1 / Ri-1) (3.7)
Ke = [(Ei - Ei-1) / (Ri - Ri-1)]: (Ei - Ri-1) (3.8)

Bu yerda yi - joriy davr ko‘rsatkichi.


Yi-1 - oldingi davr ko‘rsatkichi.
yi+1 - keyingi davr ko‘rsatkichi.
Ei va Ei-1 - joriy va o‘tgan davrda olingan iqtisodiy effekt (samara, natija).
Ri va Ri-1 - tegishli davrlarda ishlatilgan resurslar.
 - orttirma (o‘zgarish) alomati.
(3.3), (3.4) va (3.5) shakllaridagi taqqoslashlar natijasida rivojlanish tezligining jadallashish suratlari deb ataluvchi nisbiy ko‘rsatkichlar olinadi.
(3.6), (3.7) va (3.8) ko‘rinishidagi taqqoslashlar o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida sabab-oqibat bog‘lanishlar mavjudligini tahlil qilishda qo‘llanadi. Jumladan, bozor taraqqiyotini iqtisodiy tahlil qilishda ishlatiladigan chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlari (3.6) tipidagi taqqoslashga asoslanadi. Masalan, iste’mol qilish yoki jamg‘arish uchun chegaraviy moyillik koeffitsiyentlari quyidagicha hisoblanadi:

Ks = S / GDP = (Ci - Ci-1) / (GDPi - GDPi-1)


Ki = I / GDP = (Ii - Ii-1) / (GDPi - GDPi-1)

Bu yerda Ks va Ki iste’molga va jamg‘arishga chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlari;


Ci va Ci-1 - joriy va o‘tgan davrdagi pirovard iste’mol uchun ishlatilgan tovar va xizmatlar hajmi;

1 Гегель. Асарлар. Т. I, М.Л. 1992, 184-б

2 Ызбекистон Республикасининг 2005 йилда ижтимоий-и=тисодий ривожланишининг асосий кырсаткичлари, Т.:2006, 10-15 бет.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling