Statistik ko’rsatkichlar


Download 19.73 Kb.
bet1/6
Sana01.11.2023
Hajmi19.73 Kb.
#1737568
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 мавзу STATISTIK KO’RSATKICHLAR

5-mavzu: STATISTIK KO’RSATKICHLAR

TAQDIMOTI


Tayyorladi: katta o’qituvchi MAXMUDOV SH.X.

Reja:

  • Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati.
  • Statistik ko‘rsatkichlarning turlari va tasnifi.
  • Mutlaq ko‘rsatkichlarning tasnifi.
  • Nisbiy ko‘rsatkichlarning tasnifi va ular orasidagi bog‘lanishlar

2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.
Ko‘rsatkich so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’nolarga ega:

Falsafiy jihatdan statistik ko‘rsatkich o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me’yoridir
Hodisaning sifati bilan miqdorining o‘zaro bog‘liqligi, ajralmas birligi uning me’yori deb ataladi
«Me’yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegel - sifat aniqligiga ega bo‘lgan miqdor..., u ma’lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog‘langan».
Statistik ko‘rsatkichlar me’yor ekanligiga ishora qilib, Gegel yozgan: «Statistikada qo‘llanadigan sonlar faqat o‘zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. Quruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi, u na nazariy va na amaliy jihatdan diqqatga sazovor emas»
Statistik ko‘rsatkich - bu ommaviy hodisa va jarayonning me’yori, ya’ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tavsifnomasi)
Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi
Masalan, har bir kishining yashash umri - bu belgi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o‘rtacha yashash umri statistik ko‘rsatkichdir
Sifat deganda hodisaning ichki qiyofasi (aniqligi) yoki uning rivojlanish qonuni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mohiyati tushuniladi. Sifat hodisaning turli-tuman jihatlari, xossalari, muhim belgilarining birikmasida ayon bo‘ladi.
Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo‘lib, uning u yoki bu xossasining o‘lchami, soni, ro‘yobga chiqish darajasi shaklida ko‘rinadi.
Misol qilib, paxta yеtishtirishni olaylik. Paxta - sifat, yеrni haydash va chigit ekishdan boshlab yеtishtirilgan hosilni yig’ib olishgacha bo’lgan davrda sarflangan mеhnat mahsuli. U tuzilishi, xususiyatlari, istе'mol qiymati bilan boshqa mahsulotlardan farq qiladi. Shu bilan birga, yеtishtirilgan paxta o’z miqdoriga ham ega. Masalan, 2019 yilda O’zbеkistonda 4,5 mln. tonna paxta yеtishtirildi. Bu son paxta yеtishtirish hajmini, hodisa miqdorini bеlgilaydi. Hodisalarning sifat va miqdor tomonlari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Ular har qanday voqеaning, har qanday hodisaning ikki tomoni bo’lib, bir-biri bilan uzviy birlikda bo’ladi va bir-birini taқozo etadi. Dеmak, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlari bilan aloqasi qonuniydir. Bu qonunning mohiyatidan kеlib chiqqan holda bunday dеb ifodalash mumkin: tabiatdagi sifat o’zgarishlari faqat matеriya yoki harakatning miqdor jihatdan ko’payishi yoki kamayishi yo’li bilangina sodir bo’lishi mumkin. Dеmak, sifat o’zgarishlari faqat miqdor o’zgarishlari vositasidagina sodir bo’ladi.

Download 19.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling