Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari
Download 152 Kb.
|
YANGI JADVALNI BERILGANLARNI KIRITISH USULIDA YARATISH
Qisqacha xulosalar.
1. Statistik ma’lumotlar jonsiz sonlar ustuni va qatorlari bo‘lib, ularning orqasida yashirinib yotgan hodisalarni bilish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglash va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash ma’lumotlardan foydalanuvchi shaxslarning ularni o‘qiy olish, sonlar tilini bilish qobiliyatiga bog‘liq. Statistikaning vazifasi esa ularga barcha qulay sharoitlarni tug‘dirib ko‘maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar bozorida faoliyat qilayotgan savdogarning vazifasiga qiyoslash mumkin. Bozorda o‘z molini xaridorgir qilib ko‘rsatish maqsadida sotuvchi uni to‘la ma’noda tovar qilib e’tirof etishga, ya’ni barcha oliy omonlarini ko‘rsatishga intilganidek, statistik ham o‘z faoliyatining mahsuli bo‘lmish ma’lumotlarni yaqqol, ko‘rkam, jozibali qilib, barcha mantiqiy-mazmuniy tomonlarini oydinlashtirib taqdim etishi kerak. Shu maqsad uchun statistik ma’lumotlarni jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi. Jadvallar statistik ma’lumotlarni ixcham shaklda, o‘ziga xos xususiyat va bog‘lanishlarni yaqqol qilib taqdim etish imkoniyatini bersa, statistik grafiklar ularni ko‘rkam, jozibali, o‘ziga tortuvchan,o‘zaro nisbatlari, o‘xshashlik va farqlarini ko‘zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o‘qish va talqin etish osonlashadi. Jadval va grafiklarni tuzish san’atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida ular xizmat qilishi uchun bu san’atdan to‘g‘ri foydalana bilish lozim. Sonlar bilan ishlashni bilmaydigan shaxslarga ular, qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, juda oz ma’no kasb etadi yoki butunlay hech narsani anglatmasligi mumkin. Statistik raqamlar bilan birinchi to‘qnashishdayoq, ular sarosimaga tushib qoladi. Agarda buning ustiga biror kimsa tezroq uqdirish maqsadida bu sonlarni hadeb qayta -qayta eslatib turadigan bo‘lsa, parokandalik vaziyati yanada kuchayadi. Bunday holatlarda odam jadvalning ma’lum qismigagina e’tibor qilishga moyil bo‘ladi, undan biror ma’no chiqarishga intiladi, ammo bu holda urg‘u belgisini noo‘rin qo‘yish xavf-xatari ortadi. Umumlashtirilmagan xomaki ma’lumotlarga duch kelgan odamzod kayfiyatini bepoyon chakalakzor o‘rmonda kompassiz adashib qolgan kishining holati bilan qiyoslash mumkin. Xo‘sh, bu holatdan qanday chiqish kerak? Qaysi tomon sharqu, qaysi tomon g‘arb? Barglar orasidan taralayotgan yorug‘lik nuriga qarab yo‘l tutsa, u o‘rmondan tashqariga olib chiqishi yoki aksincha uning yanada qalin chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin. Shuning uchun ma’lumotlar mohiyatini anglash, bilish jarayonini Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling