Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari


Variatsion qatorlar va ularning turlari


Download 190.5 Kb.
bet2/7
Sana20.11.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1788469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1407761453 58520

6.2. Variatsion qatorlar va ularning turlari

Statistik to‘plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir.


Eng oddiy boshlang‘ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo‘lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda to‘plam birliklari ma’lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi.

Statistik qator - bu, tartiblangan statistik to‘plamdir.


Bunday tartiblangan statistik to‘plam statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar qatori (ketma - ketligi) bilan ta’riflanadi. Statistik qatorlar turli shakllarda va yo‘llar bilan tuziladi. Ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin (6.2-tarx).


6.2- tarh. Statistik qatorlarning turlari.



Taqsimot qatorlari de-ganda to‘plam birliklarini ma’lum belgilar asosida guruhlarga (qismlarga) bo‘linishi tushuniladi.
O‘rganilayotgan obyektlarni tasniflash usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisi- dinamika qatorlari.
Statistik to‘plam birliklarini ma’lum holatga (paytga) nisbatan yoki vaqt oralig‘i davomida kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot qatorlari deb yuritiladi.

Dinamika qatori – bu hodisani vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatuvchi sonlar qatoridir.
Statistik to‘plam birliklarini uzoq vaqt davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari bo‘yicha tasniflash mumkin. Bu holda vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o‘rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi.
Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma-ketligi bo‘lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketma-ketliklaridir.
To‘plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi olinishiga qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya’ni mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb yuritiladi.

Variatsion qatorlar miqdoriy belgilar asosida tuziladi.
To‘plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab tasniflash natijasida hosil bo‘lgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling