Statistika fanidan on topshiriqlari variant №55 1-topshiriq


Download 37.98 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi37.98 Kb.
#1415481
Bog'liq
Statistika fanidan ON topshiriqlari


Statistika fanidan ON topshiriqlari
VARIANT № 55
1-topshiriq. Milliy hisobchilik tushunchasi va uning yuzaga kelish tarixini tushuntirib bering?
Statistika amaliyotiga Milliy hisoblar tizimini (MHT) kiritish respublika statistikasi uchun statistik ma’lumotlarni tahlil qilishni yangi usullaridan foydalanishni taqozo etadi.
MHT – barcha mamlakatlar miqyosida milliy hisoblamalarning yangi konseptual tizimi, milliy iqtisodiyotning xalq xo‘jaligi balansi (XXB) tizimidan tubdan farq qiladigan yangi makrostatistik modelidir.
MHT hozirgi rivojlangan mamlakatlarda o‘ttizinchi yillarda shakllana boshladi. 30 - yillarning oxirida A+Shda savdo vazirligi qoshida milliy daromad bo‘limi tashkil etildi. 1934 yilda yetakchi ingliz iqtisodchisi S. Kuznets mamlakat bo‘yicha 1929 -1934 yillar uchun milliy daromad hajmini hisoblagan.
Dastlabki MHTda moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratish, taqsimlash va iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy funksiyasiga ko‘ra, ma’lum yirik guruhlarga ajratilgan. Har bir guruh yoki xo‘jalik birligi MHTda xo‘jalik faoliyatini tahlil etishga asos qilinib, «iqtisodiy agent», deb nomlanadi.
Dastlabki MHTga 5 xil iqtisodiy agent kiradi: nomoliyaviy korxonalar, uy xo‘jaliklari, hukumat, moliya muassasalari va chet ellik tashqi agentlar.
MHTda iqtisodiy agentlarning faoliyati zamon (odatda yil va chorak) va makon (milliy chegaralar doirasida) bo‘yicha tadqiq qilinadi.
Shunday qilib, dastlabki MHT faqat milliy daromad hisoblari tizimidan iborat bo‘lib qoldi. Bu tizimning bosh maqsadi mamlakat iqtisodiy faoliyati miqyosini o‘lchashdan iborat edi. Keyinchalik bu maqsad anchagina kengaytirildi va iqtisodiy hisob-kitoblarning barcha tizimlarini qamrab oluvchi har tomonlama tashkil qilingan xalq xo‘jaligi statistikasi tomon takomillashtirildi.
MHT ixtirochilari qatoriga angliyalik olimlar R. Stoun, J. Mida va fransiyalik olimlar A.Vansen., R. Fromanlarni kiritish mumkin.
1929 -33 yillarda kapitalistik davlatlar o‘z boshidan juda murakkab bo‘lgan iqtisodiy tur\unlik (krizis) davrini kechirdilar va ularning iqtisodchilari kapitalistik jamiyat rivojlanishining "ayrim nazariyalari"ni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Kapitalistik davlatlarning "tungi qorovul" (nochnogo storoja) kabi ta’limoti ma’lum darajada o‘zini oqlay olmadi, uning o‘rniga «kapitalistik davlatlarni faol iqtisodiy roli» degan ta’limoti ommabop tus ola boshladi. Bundan xalq xo‘jaligida o‘zaro aloqadorlikni rivojlantirish zarur ekanligi tan olindi. Kapitalistik mamlakatlarda balans tuzilmalarining zarurligi obyektiv omillar va eng avvalo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini tartibga solishning amaliy ehtiyoji bilan vujudga keldi.
Dastlabki vaqtda MHT milliy daromad ko‘rsatkichini hisoblashga qaratilgan edi. XX asrning boshlarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va A+Shda milliy daromad ko‘rsatkichi hisoblangan edi.
Amerikalik iqtisodchi V.Leontyevning 1931 yilda ishlab chiqilgan «Tarmoqlararo balans modeli» hozirgi zamon tarmoqlararo tahliliga asos hisoblanadi.
Milliy daromad hisobi va tarmoqlararo balanslar faqat real (nomoliyaviy) tovar va xizmatlar oqimini ifodalaydi.
40-50 - yillarda kapitalistik mamlakatlarda MHT keng shakllana boshladi. MHTni joriy etishning zarurligi buyuk iqtisodiy tur\unlikdan so‘ng sezilarli bo‘lib qoldi. Bunga shuningdek, ikkinchi jahon urushining bo‘lib o‘tishi ham sabab bo‘ldi.
Zamonaviy MHTni yaratish va takomillashtirishga D.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Saymon Kuznetsning ilmiy tadqiqotlari A+Shning iqtisodiy tadqiqotlar byurosi faoliyati bilan chambarchas bo\liq. Uning asosiy asari - "Amerika iqtisodiyotidagi kapital. Uning shakllanishi va moliyalashtirilishi" 1961 yili chop etildi. S. Kuznets tadqiqotlari maroiqtisodiyot sohasi bazasi uchun empirik asos bo‘ldi, bu esa J. Keynsning nazariy tamoyillari bilan hamohangdir.
Yana bir muhim soha – milliy hisoblar bo‘lib, ular 30-40- yillarda bir qancha olimlar hamkorligida vujudga keldi. Bu esa ekonometrik modellarga asos soldi, davlatning hozirgi davrdagi makroiqtisodiy siyosatini belgilab berdi. Milliy mahsulot va milliy daromad, iste’mol va jam\arma (kapital qo‘yilmalar), boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil etish statistik va iqtisodchilarning odatiy ishiga aylandi. Vaholanki 60 -70 yil ilgari buning iloji va tamoyillari yo‘q edi. U "Yalpi milliy mahsulot" tushunchasini kiritdi, ammo darhol qabul qilinmadi. Endilikda bu yo‘l bilan mamlakatlar iqtisodiyotini o‘zaro taqqoslash mumkin, busiz esa mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyasi to‘\risida gapirish qiyin edi. S. Kuznets tadqiqotlari puxtaligi va amaliy ahamiyati bilan bu boradagi boshqa tadqiqotlardan ajralib turadi.
Shuning uchun ham ular hozirgi zamon milliy hisoblari uchun asos qilib olingan va amalda qo‘llanilmoqda.
S. Kuznetsning asosiy asari - "Daromadi bo‘yicha yuqori guruhlarning daromad va jam\armalardagi hissasi"da (1953 y.) 1919-1948 yillarda A+SH milliy daromadining taqsimlanish dinamikasi keltiriladi. Olimning hisobicha, eng katta daromad oluvchi (1%) aholi 1919-1938 yillar davomida 13 % daromad egasi bo‘lgan, 1948 yilga kelib bu hissa 9 % gacha pasaygan. 5 % ni tashkil etgan yuqori guruh aholi hissasi esa shu davr mobaynida 25 dan 18 % gacha kamaygan. Shunga asosan u yuqoridagi xulosalarga kelgan. Olim iqtisodiy o‘sishning qiyosiy tahliliga katta hissa qo‘shdi, hozirgi zamon iqtisodiyotini belgilovchi mezonlarni aniqladi. Ular quyidagilar:
- daromadning aholi jon boshiga qarab o‘sish sur’atlari;
- ishchi kuchining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti;
- aholining hududlar bo‘yicha joylashuvi.
Kembrij universiteti professori (Buyuk Britaniya) Richard Stouн (1913 -1991) iqtisodiy tahlilning empirik asoslarini yanada yaxshilashga olib kelgan "Milliy hisoblar tizimini rivojlantirishga qo‘shgan fundamental hissasi uchun" 1984 yili Nobel mukofoti egasi bo‘ldi. R.Stoun K. Klark bilan milliy daromadni o‘lchash muommolari ustida ish olib bordi, keyinchalik Britaniya hukumati topshiri\iga ko‘ra, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va ular tizimini barpo qilish bilan shu\ullandi.
R. Stounning asosiy xizmati shundaki, u milliy hisoblarning hozirgi tizimini yaratdi. Ular birinchi bor 1953 yili BMTning statistika bo‘limi tomonidan chop etildi va hozir butun dunyoda tan olingan. Uning sistemasidagi milliy schetlar matritsa shaklida berilgan, har bir hisob eniga (daromad) va bo‘yiga (xarajat) ko‘rsatkichiga ega. Shuni aytib o‘tish kerakki, bunday urinishlar ilgari ham bo‘lgan (V. Petti, P. Buagilber - 17 asr, S. Kuznets va K. Klark-20 asr). R.Stoun ulardan farqli ravishda makrodarajada buxgalteriyaning ikki marta yozish tamoyilini birinchi bo‘lib qo‘lladi.
"Yi\ma matritsa"larida standart ko‘rsatkichlar: milliy mahsulot, iste’mol, savdo balansi va boshqalar shunday guruh-guruh qilib berilganki, ular iqtisodiyot tuzilmasi va uning harakat qilish jarayonlarini to‘la izohlab beradi. U milliy hisoblarga moliya balansi tizimini kiritishi katta yangilik bo‘ldi (ilgari bu hisobga olinmagan), undan tashqari demografik hisob-kitoblar tizimi ham joriy etildi (1975 yil BMT nashr etdi). Bu olim yangi keynschilik yo‘nalishi tarafdori bo‘lib, iqtisodiy o‘sish nazariyasiga o‘z hissasini qo‘shdi, matematik modellar yaratish ustida tadqiqotlar olib bordi. U iqtisodiy o‘sishning ko‘p sektorlik modelini yaratdi, unda o‘sish modeli balansli jadvallar bilan, xususan, "xarajat – ishlab chiqarish" (V.Leontyev) balansi bilan hamoxangdir. "Xarajat – ishlab chiqarish" balansi iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishga qaratilgan. Bu ko‘rsatkichlar shaxmat balans jadvali shaklida tuziladi. Unda har bir tarmoq ikki marta: 1) ishlab chiqaruvchi va 2) sotib oluvchi sifatida kuzatiladi. Gorizantal chiziq bo‘yicha har bir tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar taqsimoti ko‘rsatilsa, vertikal chiziqda mazkur tarmoq xarajatlari, ya’ni boshqa tarmoqlar mahsuloti keltiriladi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘p sektorli modelining vujudga kelishi iqtisodiyotdagi tuzilma o‘zgarishlarini aks ettirish uchun xizmat qiladi va iqtisodiy rejalashtirish uchun asos bo‘lib, tarmoqlararo tuzilma o‘zgarishlariga ta’sir etadi. Bunday modellar real hayot bilan yaqinroq bo‘lish imkonini yaratadi. Dastlab statsionar (tur\un) jamiyat modelidan o‘sish modeliga o‘tildi.
Amaliy ekonometrika sohasida Stounning 1954 yilda chiqqan "Buyuk Britaniyada iste’mol afzalligi va xarajatlarni o‘lchash 1920 -1938" kitobi klassik asar hisoblanadi. Jam\armalar siyosati va uzoq, muddatli tovarlarga bo‘lgan talabni o‘rganish masalalari, baho indekslari nazariyasi, milliy hisoblar nazariyasidagi xatolarni o‘lchash uslublari va boshqalar ham Stounning qalamiga mansubdir.
Vasiliy Leontyev. 1973 yildagi Nobel mukofoti asli rossiyalik Vasiliy Leontyevga iqtisodiyotda "Xarajat – ishlab chiqarish" uslubini rivojlantirganligi va uni muhim iqtisodiy muammolarni hal qilishga tatbiq etganligi uchun berildi.
У 1931 yilda A+Shga emmigratsiya qilinib, Garvard universitetida dars bera boshladi (1944 yil), 1948 yildan boshlab Iqtisodiy tadqiqotlar xizmati direktori lavozimida ishladi. Shu davrda "Xarajat – ishlab chiqarish" iqtisodiy tahlil uslubini ishlab chiqdi (bu uslubga 1924- 1928 yillari sobiq sho‘rolar iqtisodchilari tomonidan asos solingan edi). Bu uslub bozor iqtisodiyoti tarmoqlarida ijtimoiy mahsulot ayrim qismlarini o‘zaro almashtirishni konkret jarayonlarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgandir. V.Leontyev tomonidan taklif qilingan tamoyillar iqtisodiyotni bashoratlashtirish va dasturlashtirish amaliyotida keng qo‘llanilmoqda.
MHTning har tomonlama shakllanishi va taraqqiy etishiga BMT, Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti munosib hissa qo‘shdilar.
Iqtisodiyotning haqiqiy holatini tekshirish uchun pul va moliya sarmoyasi oqimlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Buning uchun moliyaviy oqimlar balanslari xizmat qiladi. Moliyaviy oqim balansini birinchi marta amerikalik olim M.Kopeland «Pul oqimlari» jadvali ko‘rinishida tuzgan. Uning asosida «1939-1953 yillar uchun A+Shning moliyaviy oqimlar balansi» ishlab chiqildi. U naqd pullar oqimi bilan birga moliyaviy bitimlarni ham o‘z ichiga oladi.
MHTning asosiy tamoyillari buxgalteriyadagi ikkiyoqlama yozish tamoyiliga asoslangan. Har bir xo‘jalik akti iqtisodiy jarayonda o‘zining tabiati bo‘yicha har doim 2 nuqtai nazardan: birinchidan, qandaydir xo‘jalik birliklari, muassasalar (agent), tarmoq va boshqalar natijasida nimadir: pul, pul qiymatliklari, tovarlar yoki uning hujjatlari taqdim qilinadi; ikkinchidan, aynan shu akt boshqa xo‘jalik birliklariga uzatilib, pul yoki tovar ekvivalentida xarajat qilinadi. Shuning uchun bunday akt xo‘jalik birliklarining operatsiyalarini yozuvda ikkiyoqlama: birinchi marta kirim hisobida va ikkinchi marta chiqim sifatida (debet - kredit, aktiv - passiv) aks ettiradi.
Butun iqtisodiyot bo‘yicha buxgalteriyadagi ikkiyoqlama yozish tamoyilining qo‘llanilishi MHT asosida amalga oshiriladi. Bu oddiy \oyaning amalga oshirilishi MHTni tuzishda muhim rol o‘ynadi hamda makroiqtisodiy tahlil uchun manbaa bo‘ldi. 1949 yilda Kembrijda (Angliya) Richard Stoun rahbarligida soddalashtirilgan hisobot tizimlarini qayta ishlash uchun maxsus bo‘lim ochildi. U dastlab soddalashgan tizimda, keyinchalik 1952 yilda esa Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlariga standart tizim ishlab chiqildi. U xalqaro taqqoslash uchun mo‘ljallangan. Birinchi navbatda bu bo‘limda ishlab chiqilgan andoza tizim Yevropa iqtisodiy hamkorlik davlatlari Avstriya, Shveytsariya, Kanadada qo‘llanildi.
1951 yilda Parijda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining milliy hisoblar bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib, unda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun milliy hisoblar tizimi andozasining loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha R. Stoun rahbarligida bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi.
1952 yilda bir guruh ekspert - statistiklar BMTni Statistika Byurosi topshiri\iga binoan "Milliy hisoblar va uzatuvchi jadvallar" deb nomlangan uslubiyatini tayyorladilar. Bunga Angliya va A+Shning milliy hisoblar bo‘yicha asosiy ishlari negiz qilib olindi. Shu bilan birga hisoblar tizimining o‘ziga ta’rif berilishi, undagi eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning asosiy qoidalari to‘\risida ma’ruza qilindi. Bu ma’ruza 1953 - 1955 yillarda BMT ning Statistika komissiyasida muhokama etildi. Bu holat boshqa davlatlarda yangi usul qo‘llanilishini ra\batlantirish hisoblanadi. Ko‘pgina hollarda keyingi tadqiqotchilar dastlabki tadqiqotchilar tomonidan belgilangan chegarani kengaytirib yuborganlar. Balans tuzuvchi qator olimlar va iqtisodchi matematiklar Fransiyada F. Perru, Norvegiyada R. Frish, Angliyada R. Stoun va boshqalar iqtisodiy tahlilning yangi matematik usullari bilan milliy hisoblar tizimini bo\lab, milliy hisoblamalarni tuzish va kelgusida qayta ishlab, takomillashtirishga munosib hissa qo‘shdilar.
Iqtisodiyotning haqiqiy holatini tekshirish uchun pul va moliya kapitali oqimlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Buning uchun moliyaviy oqimlar balanslari xizmat qiladi. Moliyaviy oqim balansini 1 - marta amerikalik iqtisodchi M. Kopeland "Pul oqimlari jadvali" ko‘rinishida tuzgan. Uning asosida " 1939- 1953 yillar uchun A+Shning moliyaviy oqimlar balansi" ishlab chiqildi. U naqd pullar oqimi bilan birga boshqa bitimlarni ham o‘z ichiga oladi.
Har qanday milliy iqtisodiyot xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining elementi hisoblanadi. Shuning uchun tashqi operatsiyalarni har tomonlama real va moliyaviy tomonlarini qamrab olib ifodalash zaruriyati tu\iladi.
To‘lov balansi MHT miqyosida turli mintaqalar orasidagi aloqalarni tovarlar, xizmatlar va moliyaviy majburiyatlar orqali ifodalaydi.
MHTning ayrim qismlarini bir butun holga keltirish bobida birinchi ishlar milliy daromad statistikasini tarmoqlararo va moliyaviy balanslar bilan biriktirishdan boshlandi. Bu sohada norvegiyalik iqtisodchi O.Aukrustning xizmatlari katta. U qo‘shilgan qiymat, sof mabla\ sarflash, sof moliyaviy mabla\ sarflash, jam\arish, ega bo‘lingan daromad va MHTda keng qo‘llaniladigan tushunchalarga asos soldi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Yevropa mamlakatlari davlatni boshqarish tizimida milliy hisoblar tizimini qo‘llash zarurligini yanada chuqurroq tushunib yetdilar. Milliy hisoblar tizimi avvalambor davlatni boshqarish organlariga xizmat ko‘rsatish bilan bo\langan. MHTning asosiy mohiyati iqtisodiy faoliyatda daromadlar yaratishni talqin qilishdir.
MHTning rivojlanishiga ingliz iqtisodchisi J. Keyns katta hissa qo‘shdi. Uning ishlari asosan bozor munosabatlarining makroiqtisodiy darajada rivojlanish qonuniyatlarini chuqurlashgan holda tekshirishga hamda milliy mahsulotni o‘sish omillari va sharoitlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Amerikalik mashhur iqtisodchi olim E Xansen ta’kidlaganidek «Milliy hisoblar tizimi – keynschilar iqtisodiy ta’limotlarining natijasi hisoblanadi va u iqtisodiy siyosatni olib borish, umumlashgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi».
1968 yili BMTning Statistika komissiyasi tomonidan MHTni yana bir yangi andozasi ishlab chiqildi. 1968 yilda tadbiq etilgan MHT 25 yil yoki 1993 yilning fevraliga qadar xizmat qildi.
1993 yil fevral oyida BMTning Nyu-Yorkdagi Statistika komissiyasi navbatdagi sessiyasida MHTning yangi andozasini qabul qildi. Bu andozada ham 1968 yildagi andozaning asosiy yutuqlaridan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Undagi eng asosiy yangiliklardan biri makroiqtisodiy statistikaning ko‘rsatkichlaridan keng ko‘lamda foydalanish haqidagi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan. Ular birinchi navbatda aktiv va passiv ko‘rsatkichlar, to‘lov balanslari, davlat budjetidagi statistika ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
BMTning yangi milliy hisoblar tizimi bo‘yicha xalqaro andoza 1968 yildagi xalqaro andoza o‘rniga maydonga kelgan bo‘lib, bunga 25 yil ichida, ya’ni 1968 yildan 1993 yilgacha MHT da qo‘lga kiritilgan yutuq va to‘plangan tajribalar asos qilib olingan. Shuning uchun u avvalgi andozalarga nisbatan ancha mukammal va takomillashgan edi. Shu o‘rinda, 1968 yilda qabul qilingan andoza ham makroiqtisodiy statistika xalqaro va milliy darajada rivojlanishi uchun muhim rol o‘ynaganligini ta’kidlab o‘tish zarur.
Yangi milliy hisoblar tizimi xalqaro iqtisodiy hamkorlikda muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro taqqoslash jarayonini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilarining ta’kidlashicha, BMTning yangi milliy hisoblar tizimi 10 yil foydalanish uchun mo‘ljallangan 700ga yaqin sahifadan hamda 21 bobdan iborat bo‘lib, milliy hisoblar tizimining u yoki bu jihatlarini aniq ifoda etadi.
1968 yildagi milliy hisoblar tizimi kabi yangi milliy hisoblar tizimida ham markaziy ko‘rsatkich - yalpi ichki mahsulot bo‘lib, u muayyan davrda (yil, chorak) mamlakat iqtisodiy hududida yashovchi rezidentlar ishlab chiqargan yakuniy tovar va xizmatlarni bozor bahosida xarakterlaydi. Yalpi ichki mahsulotni bunday hisoblash asosida iqtisodiy ishlab chiqarish sohasini aniqlash yotadi. Yangi milliy hisoblar tizimida iqtisodiy ishlab chiqarish o‘z ichiga shaxsiy iste’mol uchun tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish amaliyotidagi barcha faoliyatni oladi.
Yangi milliy hisoblar tizimi iqtisodiy ishlab chiqarish sohasida shaxsiy foydalanish uchun ko‘rsatilgan uy xizmatlari (ovqat pishirish, uy tozalash, bolalarga enagalik qilish) bo‘yicha uy xo‘jaligi faoliyatini ham ifodalaydi.
Yangi MHTda ishlab chiqarish sohasi o‘z ichiga nafaqat "yashirin iqtisodiyot"ni, shu bilan birga huquqiy taqiqlangan faoliyatni (giyohvandlik moddalarini ishlab chiqarish va sotish) ham oladi. Yangi MHTda yalpi ichki mahsulot tarkibini hisoblashda uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, bu o‘zgarishlarning asosiysi - yalpi jam\arish ko‘rsatkichini aniqlashdadir. Yangi MHTda yalpi jam\arish 3 elementdan tashkil topadi: asosiy fondlarning yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalar zaxiralarining o‘sishi, qimmatbaho buyumlarni sotib olish.
1968 yilda qabul qilingan MHTda davlat boshqaruv organlarining harbiy maqsadlar uchun tovar va xizmatlar sotib olish uchun qilgan barcha xarajatlari oraliq iste’mol sifatida hisobga olinar edi. Yangi MHTda harbiy aeroportlar qurish, verflar (kema yasaydigan va ta’mirlanadigan joy), yo‘llar, binolar va boshqalar uchun qilingan xarajatlar asosiy fondlarning yalpi jamlanishi sifatida inobatga olinadi. Yangi MHTda asosiy e’tibor alohida iqtisodiy sektorlar bo‘yicha milliy boylik ko‘rsatkichini, aktiv va passivlarni tahlil etishga qaratilgan bo‘lib, iqtisodiyot sektorlari quyidagi turlarga guruhlanadi: tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, moliya muassasalari, davlat muassasalari, uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar, uy xo‘jaligi. Bu iqtisodiy sektorlar uchun bir-biri bilan chambarchas bo\langan hisoblamalar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular har bir sektor ichidagi iqtisodiy jarayonlarning asosiy bosqichlarini (mahsulot ishlab chiqarish, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, yakuniy iste’mol va jam\arish, aktiv va passiv) hamda bu sektorlar orasidagi bo\lanishlarni ifodalaydi.
Yangi MHT quyidagi hisoblamalar tizimidan tashkil topadi:
- barcha iqtisodiy sektorlar uchun andoza hisoblamalar;
-iqtisodiy tarmoqlar uchun hisoblamalar (ishlab chiqarish, daromadlarning hosil bo‘lish hisoblamasi);
-alohida ko‘rinishdagi iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar, masalan, boshqa davlatlar bilan joriy operatsiyalar hisoblamasi, tovar va xizmatlar hisoblamasi);
-butun iqtisodiyotni to‘laligicha ta’riflovchi hisoblamalar.
Yangi MHTda eng muhim ko‘rsatkichlar orasidagi bo\lanish quyidagicha ifodalanadi:
а) yalpi ichki mahsulot;
b) mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari (mulkdan olingan daromad, mehnat haqi, ishlab chiqarishga soliqlar);
v) xorijiy davlatlarga beriladigan birlamchi daromadlar;
g) yalpi milliy daromad (A+B – V);
d) mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan va taqdim qilgan joriy transfertlari qoldi\i (ijtimoiy yordam, qarindoshlardan olingan sov\a-salomlar);
ye) yalpi milliy mavjud daromad. YE q G+D.

2- topshiriq. Mamlakat aholisi soni to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan (ming kishi.): 1.01.2019 yil – 125032; 1.03 –125132; 1.08 – 125372. 1.10 – 125484; 1.01.2020 yil –125573. Yil mobaynida 1229 ming bola tug‘ilib,877 ming kishi o‘ldi.
Aniqlang:
1. O‘rtacha aholi soni :
2. Tug‘ilish,o‘lish va tabiiy o‘sish koeffsientlarini.
3. Mexanik o‘sish koeffitsentini.
4. Aholining hayotiylik koeffitsentini.


Download 37.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling