Statistika” kafedrasi


Tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholash


Download 27.42 Kb.
bet3/3
Sana02.02.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1146360
1   2   3
Bog'liq
kurs ishi

Tijorat banklari faoliyati samaradorligini baholash
Maʼlumki, tijorat banklari faoliyatini reyting tizimida asosida baholashda asosiy eʼtibor qaratadigan muhim koʼrsatkichlar ularning balans maʼlumotlari hisoblanadi. Shu sababli, bank faoliyatini reyting tizimi asosida baholashning nazariy asoslarini chuqur tahlil etish va uning mazmun mohiyatini amaliyotga olib kirish asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Reyting agentliklarining paydo boʼlishi bozor iqtisodiyot talablari zaruriyatidan kelib chiqadi. Xoʼjalik aloqalarining kengayishi bilan ehtimoliy biznes hamkorlarning moliyaviy holati va ishonchliligini koʼzatib borish xarajatlari ortib boradi. Reytinglarni shakllantirish bu faoliyatning
alohida turi boʼlib, bozor iqtisodiyoti sharoitida unga talab ortib boradi. Bu ishni reyting agentliklari olib boradi. Ularning asosiy vazifasi reyting tizimlarini ushlab turish orqali axborot vositachiligini amalga oshirish hisoblanadi.
Xalqaro reyting agentligining asosiy faoliyati va oʼziga xos xususiyatlariga kredit reytingini misol qilib koʼrsatish mumkin. Chunki, kredit reytingi koʼplab investorlar uchun u yoki bu loyihaga mablagʼlarni kiritishda qaror qabul qilishning muhim qurolidir. Kredit reytingi mustaqil, asosli va malakali munosabatni taqdim etib, qarz mablagʼlari va kapitalning boshqa manbalariga keng yoʼl ochib beradi, shu orqali emitentning moliyaviy imkoniyatlarini oshiradi.
Reyting standart jarayon boʼlib, ushbu jarayonda jismoniy va yuridik shaxsning toʼlovga qobiliyati obʼektiv tarzda baholanadi. Reyting malakali mutaxassislar tomonidan qarzdorning iqtisodiy va huquqiy ahvoli, oʼz toʼlov majburiyatlarini keng koʼlamda va oʼz vaqtida bajara olishi haqidagi maxsus simvollar yordamida belgilanadigan "tavsiyalar shkalasi" hisoblanadi. Shunday qilib, reyting tavakkalchiliklar haqida ha yoki yoʼq deb emas, balki baholash tizimi tamoyili asosida javob beradi. Reyting harflar, raqamlar yoki "+", "-" kabi boshqa simvollar kombinatsiyasi yordamida taqdim etiladi. Masalan, ААА toʼlovga qobillikning eng yuqori belgisi, D eng past koʼrsatkichi hisbolanadi. Yetakchi halqaro reytinglari ishlatadigan simvollar jahon standartlari belgisi boʼlib qoldi. Kapital bozori shaffoflikni talab qiladi, bunga esa aynan umumeʼtirof etilgan va mashhur reytinglar tomonidan erishiladi. Ushbu shaffoflik yuqoriroq samaraga erishishni taqazo etadi. Natijalarni taqdim etishda reyting agentliklari koʼpincha Standart & Roogning baholash tizimiga asoslanadilar. ААА dan VVV gacha boʼlgan reytinglar investitsion darajani koʼrsatadi. Bu degani kredit majburiyatlarini bajara olish ehtimoli mavjudligini koʼrsatadi. VV va D koʼrsatkichi orqali risklilik darajasi belgilanadi. Buning maʼnosi risklar paydo boʼlishining ehtimoli mavjud yoki risklar mavjudligini koʼrsatadi va defolt yuzaga kelishidan darak beradi.
Tijorat banklari uchun halqaro qarzlar olishning eng keng tarqalgan turlari sinditsirlashgan kreditlar va yevroobligatsiyalarni joylashtirishdir. Mablagʼlarini birlamchi joylashtirish (IPO) orqali ham jalb etish mumkin. Tijorat banklari ushbu instrumentlardan foydalanishi uchun Moody's, Fitch va S&P yirik halqaro reyting agentliklarining hech boʼmaganda bittasining bahosiga ega boʼlishi kerak. Odatda halqaro investorlar ikki reyting agentligining bahosiga ega boʼlishni tavsiya etadilar. Reyting jarayoni bench marking, yaʼni raqiblarning nisbiy tahliliga oʼxshab ketadi, ammo sezilarli ekspertli tarkibga ega. Jahon moliya bozorida reytinglarning eng koʼp qismini qarz majburiyatlari, asosan obligatsiyalarning reytinglari tashkil etadi va ular oʼn minglab miqdorga yetadi. АQShda S&P va Moody's barcha chiqarilgan aktsiyalarga reytinglar taqdim etadilar. Reytinglarning mohiyati va ahamiyati ular u yoki bu hoʼjalik subʼekti yoki moliyaviy instrumentning sinfi (guruhi)ni aniqlab beradi, bunda ushbu subʼektning oʼz majburiyatlarini bajara olmaslik yaʼni defolt ehtimolligiga bilvosita baho beriladi. Reytinglar orasidagi katta tafovut noaniqlikka mos keladi va bozor tomonidan qoʼshimcha risk sifatida tan olinadi. Аytib oʼtish kerakki, reyting agentligi oʼz baholari uchun huquqiy javobgarlikka tortilmaydi. Shu bilan birga har doim reyting agentligi oʼzining fikrini aks etib, emitentiing u yoki bu majburiyatlari yoki u yoki bu moliyaviy instrumentni sotish yoki sotib olish uchun tavsiya bermasligi doimo taʼkidlanib keladi.
Reytinglar farq qilishiga taʼsir qiluvchi ikki sabab koʼrsatib oʼtiladi: Birinchidan, agar farq juda keskin boʼlsa, bu reyting agentliklarining obroʼsiga taʼsir qiladi va ularning daromadini kamaytiradi. Ikkinchidan, agar farq juda kichik boʼlsa, emitentlar uchun ikkita reyting soʼrash uchun sabab qolmaydi va reyting agentliklarining daromadlari tushib ketadi. Shuni taʼkidlab oʼtish kerakki, reyting bahosining obʼektivligini taʼminlovchi asosiy omil agentlikning bozordagi obroʼi va unga bildirilgan ishonch darajasi boʼlib, shuning oʼzi reyting agentligini obʼektivlikka undaydi.
Tijorat banklari reytingini aniqlash tartibi quyidagilar bilan belgilanadi:
- bank faoliyati tahlil qilinadi, barcha asosiy koʼrsatkichlar hisoblanadi va bankning barcha ijobiy va salbiy taraflari aniqlanadi;
- baholash shkalasi va chegaraviy koʼrsatkichlar asosida kreditga qobillik aniqlanadi.
Jahon amaliyotida reytingni aniqlashda turli yondashishlar mavjud boʼlib, jahon amaliyotida reyting belgilanishining 3 ta asosiy usuli mavjud:
1. Tartiblash (raqamlash) usuli. Bank moliyaviy faoliyatining koʼrsatkichi muxim xulosa tuzilishlari bilan birgalikda olib borilishi va aniqlangan har bir koʼrsatkichlar boʼyicha reyting joylarini belgilash. Bu usulning kamchiligi, raqamlash tizimi texnologiyasiga muvofik belgilangan omillar usulida bank moliyaviy faoliyatining jarayoni aniq aks etmagan.
2. Ball usuli. Bank reytingini aniqlashda eng qiyin metodika hisoblanadi. Chunki, bankni iqtisodiy faoliyatida aniqlanib toʼplangan har bir koʼrsatkichlar xolati ballda ifodalanishi talab etiladi. Bu toʼplangan (yoki yigʼilgan) ball koʼrsatkichlari bankni u yoki bu guruhga muvofiqligini aniqlab beradi.


Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling