Statistika (lotincha: status "vaziyat") maʼlumot yigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematika sohasidir.[1][2] Bunga statistik tadqiqot va tajriba rejalashtirish ham kiradi


Download 40.99 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi40.99 Kb.
#1262548
Bog'liq
Statistika1


Statistika (lotincha: status — "vaziyat") maʼlumot yigʻish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va koʻrsatishga bagʻishlangan matematika sohasidir.[1][2] Bunga statistik tadqiqot va tajriba rejalashtirish ham kiradi.[1]
Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda S. bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. S. murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. S.ning asosiy boʻlimlari: S. ning umumiy nazariyasi — miqdoriy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini oʻrganadi; iqtisodiy S. — xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni oʻrganadi (qarang Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari S.si — sanoat, qishloq xoʻjaligi., qurilish, transport, aloqa S.siga boʻlinadi; demografik S, mehnat, aholi bandligi S.si; ijtimoiy S — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k. Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun S. fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi. S.da oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. S. usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa S. tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik statistika S. fanining alogʻida boʻlimini tashkil etadi. Matematik S. statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi. Toshkent iqtisodiyot universitetida S. boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi;2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida yalpi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil va eʼlon qilish bilan bogʻliq amaliy faoliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro S.ga boʻlinadi. Xalqaro S. ijtimoiyiktisodiy koʻrsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlashga asoslangan holda turli mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendensiyalarini oʻrganadi. Xalqaro S.da BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari yetakchi rol oʻynaydi. Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda S. amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi.
S. amaliyotining boshlanishi davlatning paydo boʻlishi davriga toʻgʻri keladi. Qadimgi davrlardayoq xoʻjalik va gʻarbiy ehtiyojlar, aholi, yer, molmulk hisobi boʻyicha S. ishlari amalga oshirilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Fan sifatida S.ga 17-asr oxirida ingliz iqtisodchi olimi U.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va boshqa ijtimoiyiqtisodiy fanlardan ajralmagan "siyosiy arifmetika" deb nomlangan fan — S. asoslari ifodalab berildi. S. rivjida davlatshunoslik fanining paydo boʻlishi ham muhim rol oʻynaydi. 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida S. jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat monopolistik kapitalizmi sharoitlarida S.ning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi.
Monopoliyalarning iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish ehtiyojlari, aholining tabiiy koʻpayishi va koʻchishi oʻrganildi, aholi, sanoat va qishloq xoʻjaligi. roʻyxatlari oʻtkazildi. Birinchi navbatda, roʻyxatni oʻtkazadigan davlat S. tashkilotlari shakllandi va takomillashdi. Statistik maʼlumotlarni qayta ishlashda matematik usullarni qoʻllash S. nazariyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Iqtisodiyotda maʼmuriybuyruqbozlik boshqaruvidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish S.da ham tub burilish yasadi. Hoz davrda Oʻzbekistonda iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga oʻtkazish hamda mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan milliy hisoblar tiziminp ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xorijiy davlatlar koʻrsatkichlari tizimi bilan taqqoslash va tahlil qilish eng zarur vazifalardan biridir. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati 1994-yil 13 sentabrda "Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtkazishning davlat dasturi"ni qabul qildi va bu dastur izchil amalga oshirilmoqda.
Statistik jamlashning mazmuni va uni masalalari. Jamlash tushunchasini tor va keng ma’nolarda talqin etish. Statistik guruhlashning mohiyati va uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda ahamiyati. Guruhlash turlari. Atributiv va miqdoriy guruhlash. Oddiy guruhlash. Ko‘p o‘lchovli guruhlash va uning turlari: kombinatsion guruhlash; irearxik guruhlash. Guruhlash tuzish qoidalari. Guruhlash belgisi. Guruhlar soni. Guruhlar oralig’i. Statistik tasniflash va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Statistik to‘plam tuzilishi va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar o‘rtasidagi bog’lanishlarni o‘rganishda guruhlash usulini qo‘llash ahamiyati. Taqsimot qatorining mohiyati va uni tarkibiy unsurlari. Taqsimot qatorlari turlari. Atributiv va variatsion qatorlar. Variatsion qatorlar turlari: diskret va oraliqli qatorlar. Taqsimot qatorlari grafiklari: gistogramma; poligon; kumulyata; ogiva.
- Statistik jadval va grafiklar.
Statistik jadvallar. Jadval turlari va ularni tuzish qoidalari. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularning roli va ahamiyati. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari. CHiziqli va yassi diagrammalar. Sektorli diagrammalar. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar. Tasvirli (suratli) diagrammalar. Statistik xaritalar. Iqtisodiy jaraѐnlar rivojlanishini jadvallar va grafiklarda ifodalash. Asosiy tushuncha va atamalar.
- Statistik ko‘rsatkichlar
Statistik ko‘rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati. Statistik ko‘rsatkichlarning turlari va tasnifi. Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar. Nisbiy ko‘rsatkichlarning tasnifi. Nisbiy miqdorlar orasidagi bog’lanishlar. Milliy mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining asosi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi. Bozor iqtisodiѐti jaraѐnlarini tahlil qilishda qo‘llaniladigan halqaro standart ko‘rsatkichlar.
- O‘rtacha miqdorlar.
O‘rtacha miqdorlarning mohiyati va ahamiyati. O‘rtacha miqdor turlari va ularni hisoblash tartibi. O‘rtacha arifmetik xossalari. O‘rtacha arifmetikni “shartli moment” usulida hisoblash. Iqtisodiy hodisalarni o‘rganishda arifmetik o‘rtachani qo‘llash. O‘rtacha geometrik miqdor. Nisbiy o‘zgarishlar uchun o‘rtacha geometrikni aniqlash. Nisbiy o‘zgarish asosida o‘rtacha geometrik darajasini aniqlash. O‘rtacha arifmetikning matematik xossalari. O‘rtacha garmonik. O‘rtacha kvadratik. O‘rtacha kub. Darajali o‘rtachalar. Tuzilmaviy o‘rtacha ko‘rsatkichlar. Mediana. Moda. Kvantililar. Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foydalanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar orasida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi οἶκος (oikos, „uy“) + νόμος (nomos, „odat“ yoki „qonun“), demak „uy (xoʻjaligi)ni yuritish qoidalari“ yigʻindisi οἰκονομία (oikonomia, „uy xoʻjaligini boshqarish“) soʻzidan olingan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani koʻpgina maktab va yoʻnalishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom oʻzgarishda boʻlgani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shugʻullanadi.
Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida „Ekonomiks“, „Ekonomika“ va „Siyosiy iqtisod“ nomlari bilan, MDH mamlakatlarida „Iqtisodiyot nazariyasi“ nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda „Iqtisodiy bilim asoslari“ sifatida maktablarda, „Iqtisodiyot asoslari“ sifatida kollej va akademik litseylarda va „Iqtisodiyot nazariyasi“ sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boʻlib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va isteʼmol qilinishi jarayonlarini oʻrganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tuzilishi, yer osti boyliklarining mik, dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obyektiv sharoit taqozo etadi; iqtisodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan yzohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan nazariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
Gʻarbdagi „Ekonomiks“ mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, nazariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqtisodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab „Siyosiy iqtisod“ nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining „Siyosiy iqtisod xaqida traktat“ asarida (1615 y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi „Iqtisodiy jadvallar“ kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va ob-roʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
Ijtimoiy statistika aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo`lgan barcha hodisalarni statistik usullarda batafsil o`rganadi. Jumladan, aholi (demografik) statistikasi aholining soni, tarkibi, dinamikasi, tabiiy o`sishi, migratsiyasi va hokazolarni o`rgansa, jinoyat va sud statistikasi esa aholi o`rtasidagi qonunbuzarlikni, jinoyat va unga qarshi kurash, sud jarayonlarini o`rganadi. Mehnat statistikasi aholining faol ishini, ya`ni xalq xo`jaligida band bo`lgan aholi soni, tarkibi, dinamikasi, ulardan foydalanish darajasi kabilarni statistik usullarda o`rganadi. Iqtisodiy statistika ikkita yirik tarmroqqa bo`linadi. Birinchi tarmoqdagi fanlar (mintaqaviy statistika, xalqaro statistika, bozor iqtisodiyoti statistikasi va hokazo) xalq xo`jaligi miqyosida ro`y berayotgan hodisa va voqealarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog’lanishda olib o`rganadi. Ayrim tarmoqlar va korxonalar statistikasi (sanoat statistikasi, qishloq xo`jaligi statistikasi, savdo statistikasi va hokazo), nazariy va iqtisodiy statistika ko`rsatkichlariga asoslanib, xalq xo`jaligining ayrim tarmoq va sohalari xususiyatlarini hisobga oladigan ko`rsatkichlar tizimini aniqlaydi va ularni hisoblash hamda tahlil qilish usullarini bayon etadi. Statistika eng avvalo iqtisodiy nazariya fani bilan bog’langan. U ushbu fandan iqtisodiy kategoriyalar – qiymat, ish haqi, tovar, mehnat unumdorligi, ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, foyda va shu kabilar haqidagi tushunchani hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bilib oladi, keyin esa aniq sharoitda ular qanday amal qilayotganini miqdor jihatdan belgilaydi. Bu bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: «…foyda me`yorini hosil qilishda amal qilayotgan munosabatni bilgag taqdirdagina statistika turli mamlakatlarda, turli davrlar uchun ish haqi darajasini haqiqiy tahlil qilishga qodir bo`la oladi». Bu 9 xususda akademik S.G.Strumilinning «Iqtisodiyot nazariyasi» tugagan joydan statistika boshlanadi» degan so`zi ham juda o`rinlidir. Statistika falsafa fani bilan ham chambarchas bog’langan. Falsafaning sifat, miqdor va o`lchov, mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, alohidalik va umumiylik kabi kategoriyalari hamda miqdorning sifatga o`tish, ziddiyatlar kurashi va birlik qonunlari ham statistika uchun katta ahamiyatga ega.
Download 40.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling