Ommaviy hodisa - biror ob’ektlar to’plamida yoki murakkab ob’ekt element-lari majmuasida yuzaga chiqqan voqea. Ommaviy jarayon - bu ob’ektlar to’plamida sodir bo’lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to’plama hodisalar kechishidagi (harakatidagi) o’zgarishlar. Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim belgilari va xossalari bilan ajralib turadi: - birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat;
- ikkinchi xossasi - ayrim to’plam ob’ektlari, elementlari o’ziga xoslik alomatiga ega bo’lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat;
- uchinchi xossasi - to’plam biror ob’ekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa ob’ektlarining tafsillaridan aniqlab bo’lmasligi;
- to’rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo’lmas-ligidan iborat.
- Ommaviy hodisaning aniq ta’rifi shundan iboratki, u har qanday hodisalar yig’indisi bo’lmasdan, balki shundaylarining to’plamiki, unda ichki izchil bog’lanishlar va ularni ifodalovchi qonuniyatlar mavjud, ammo ular odatda ayrim yakka hodisada yuzaga chiqmaydi.
- Statistika fani barcha ommaviy hodisa va jarayonlarni, qaysi sohalarga ular tegishliligidan qat’iy nazar, o’rganadi. Bunda uning universal, umumiylik jihati namoyon bo’ladi.
- Ommaviy hodisa va jarayonni o’rganayotib, statistika uni miqdoran ya’ni sonlar yordamida ta’riflaydi. Bu esa uning bayon etilgan predmeti ta’rifidan kelib chiqadi.
- Shunday qilib, statistika fanining predmeti ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini o’rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat.
- 1.2. Statistika fanining metodi va uslubiyati
- Statistika uslubiyati deganda ommaviy hodisa va jarayonni ilmiy tekshirishda va boshqarishda, unda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni o’rganish va ulardan amaliy foydalanish jarayonida qo’llanadigan o’ziga xos uslub, ya’ni usullar, metodlar, yo’llar, vositalar majmuasi tushuniladi.
- Umuman olganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |