Statistikaning umumiy nazariyasi va predmeti statistik kuzatish usuli statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash
To‘planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab: bevosita
Download 94.83 Kb.
|
1-MAVZU “STATISTIKA” FANIGA KIRISH
To‘planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab: bevosita, hujjatli va so‘roq orqali o‘tkaziladigan kuzatishga bo‘linadi.
Bevosita kuzatish, o‘rganiladigan hodisalar belgilarini qayd qiluvchilar tomonidan o‘lchash, sanash, qarab chiqish natijasida faktlarni aniqlash asosida amalga oshiriladi. Masalan: inventarizatsiya natijasida tovar qoldiqlarini aniqlash va hokazo shu singarilar. Hujjatli kuzatish ma’lumotlar manbai sifatida turli xujjatlardan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Ma’lumki korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun, buxgalteriya hisobining xujjatlaridan foydalaniladi. So‘roq orqali kuzatish esa so‘roq qilinayotgan shaxslarning javoblari asosida olinadigan ma’lumotlar orqali amalga oshiriladi. Kuzatishning bu turi aholini ro‘yxatga olish, turli sotsiologik va ko‘pchilik fikrini o‘rganish singari tadbirlarga xosdir. Statistik kuzatish usullari bo‘yicha ham, ya’ni statistik ma’lumotlarni to‘plash usuli bo‘yicha ham farqlanadi. Kuzatishning hisobot, ekspeditsion, o‘z-o‘zini qayd qilish va anketa orqali kuzatish usullari qo‘llaniladi. Hisobot usuli turli tashkilot, korxona va muassasalar belgilangan muddatlarda tekshiradigan hisobotlarga asoslangandir. Ekspeditsion usulning mohiyati shundaki, har bir kuzatish birligiga maxsus shaxslar - hisobchilar (qayd qiluvchi)lar yuboriladi. Ular maxsus formulyarlarda kuzatiladigan hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni qayd qiladi. O‘z - o‘zini qayd qilish usuliga muvofiq maxsus xodimlar tomonidan tegishli blankalar bilan ta’minlanadi va ularni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Blankalarni esa o‘zlari to‘ldiradilar. Anketa orqali kuzatishda esa, ma’lum doiradagi shaxslarga maxsus anketalar (so‘roqnomalar) beriladi yoki matbuotda e’lon qilinadi. Bu anketalarni ixtiyoriy. Statistik kuzatishning turi va usullarining tanlash bir qancha omillarga bog‘liqdir, ulardan eng muhimlari, kuzatish maqsadlari va vazifalari, kuzatilayotgan ob’ekt xususiyatlari, natijalarining aniqlanish muddati, maxsus kadrlarning mavjudligi, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarningmavjudligi va shu singarilardir.
Statistik kuzatishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun kuzatishning maxsus rejasi ishlab chiqiladi. Statistik kuzatishning rejasi dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarni o‘z ichiga oladi. Dastur - uslubiy masalalarga kuzatish maqsadini aniqlash, kuzatish ob’ekti va birligini aniqlash, kuzatish dasturini ishlab chikarish singarilar kiradi. Statistik kuzatishning maqsadi statistik kuzatish oldida turgan vazifalar asosida shakllanadi. Statistik kuzatishning to‘g‘ri tashkil qilinishida kuzatish ob’ekti va birligining ilmiy asosda aniqlanishi muxim rol o‘ynaydi. Ular kuzatishning maqsadi va vazifalari asosida aniqlanadi. Statistik tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati ma’lum miqdorda kuzatish dasturiga bog‘liqdir. Statistik kuzatishning dasturi deb, kuzatish jarayonida javob olinishi lozim bo‘lgan savollar majmuiga aytiladi. Kuzatish dasturining mazmuni statistik tadqiqotlar ob’ekti va vazifalari bilan belgilanadi. Undan tashqari qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar ruyxati bilan tasvirlanadi. Kuzatish dasturiga kiritiladigan belgilar muxim bo‘lishi lozim. Statistik kuzatish dasturining savollari va unga javoblar statistik kuzatishning asosiy instrumenti - statistik formulyar (ro‘yxatga olish varaqasi, anketa, shakl, va xokazo shu singari) larda aks etiriladi. Amaliyotda formulyarlarning ro‘yxatli va yakka holdagi (individual) turlari qo‘llaniladi. Ro‘yxatli formulyarlarga bir qancha kuzatish birliklarining natijasi yoziladi, yakka holdagi formulyarlarga esa, har qaysi kuzatish birligi alohida to‘ldiriladi. Statistik formulyarlarga yiriqnoma yozilib, unda formulyarlarning to‘ldirilish tartibi atroflicha bayon qilib beriladi. Statistik kuzatishning rejasida bir qator tashkiliy masalalar ham o‘rin oladi. Ular jumlasiga kuzatish organi, joyi, usullari kiradi. Statistik kuzatishning tashkiliy rejasiga ruyxatga oluvchi kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l - yo‘riqlar berish, to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat qilish masalalari ham kiradi.Undan tashqari kuzatishning vaqti, mablag‘lar manbai singari masalalar ham rejalashtiriladi.
Kuzatish xatolari turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi va u qayd qilish xatolariga hamda reprezentativlik (vakillik) xatolariga bo‘linadi. Qayd qilish xatolari yalpi kuzatishda ham, qisman kuzatishda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu xato haqiqiy ma’lumotlar bilan statistik kuzatish jarayonida qayd qilingan ma’lumotlar o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Reprezentativlik (vakillik) xatosi faqatgina qisman kuzatishga xos xato bo‘lib, tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plam umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq asosida yuzaga keladi. Xato tasodifiy hamda muntazam xatoga bo‘linadi. Tasodiy xato tasodifiy sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu qayd qiluvchining yoki javob beruvchining tasodifiy adashuvi natijasida yoki hisoblash jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan arifmetik xato asosida yuzaga keladi. Bunday xatolar ko‘rsatkichlarning ko‘payishiga yoki kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Katta miqdordagi kuzatishlarda natijaga ta’sir qilmasligi mumkin. Muntazam xato faqat bir tomonga, ya’ni kursatkichni ko‘paytirish yoki uni kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatolar o‘lchov asboblarining noto‘g‘riligi hisobiga yoki yaxlitlashdagi xatolar hasobiga yuzaga keladi. Xato ataylab ham qilinishi mumkin, bu noto‘g‘ri ma’lumot bergan shaxslar aybi bilan sodir bo‘lishi mumkin. Ataylab qilingan xatoga davlat hisobotlarida uchrashi mumkin bo‘lgan qo‘shib yozishlarni misol qilish mumkin. Statistik kuzatishning xatolarini aniqlash va uni bartaraf qilishda tashqi nazorat, mantiqiy nazorat turlaridan foydalaniladi. Tashqi nazoratda formulyar blankalardagi savollarga to‘liq javob berilganligi aniqlaniladi. Mantiqiy nazoratda kuzatish dasturining alohida savollariga berilgan javoblarni mantiqan to‘g‘riligi tekshirib ko‘riladi. Arifmetik nazorat statistik kuzatish formulyarlarida keltirilgan bir - biriga bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tekshirishga qaratilgan. Statistik kuzatish ma’lumotlarini nazorat qilishda, nafaqat yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash, balki ularning yuzaga kelish sabablarini ham aniqlash muhimdir. Download 94.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling