Steam nima? Steam ta’limi


Download 416.98 Kb.
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi416.98 Kb.
#1432658
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
STEAM taʼlim moduli sifatida

“Aqlli issiqxona”


Kim uchun: 5-9 sinf o‘quvchilari Guruhdagi bolalar soni: 4 nafar


Qaysi fanlarni birlashtiradi: informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnologiya (mehnat), muhandislik
Maqsad: 100% avtomatlashtirilgan issiqxona modelini yaratish Muddati: 1yil
4 nafar o‘quvchilardan iborat guruhlar shakllantiring va ularning har birini o‘z issiqxonalarida qanday o‘simliklarni tanlab o‘stirishi haqida taklif bering.
Biologiya darslarida bolalar tanlangan o‘simlik haqida hamma ma’lumotlarni bilib olishadi: yorug‘lik qay holatda tushishi, sug‘orish rejimini o‘rganadilar. Uning balandligi, hosildorligi haqida ma’lumotlarni biladilar.
So‘ngra o‘quvchilarga har bir o‘simlik uchun sug‘orish tizimini qay holatda ta’minlanishi bo‘yicha fikr yuritishlariga undang. Sxema quyidagicha: sug‘orish faqat yer quruq bo‘lgandagina amalga oshirilishi kerak. Bunda o‘quvchilar yerni quruq yoki xo‘l ekanligini sug‘orishdan avval bilib bo‘lgan bo‘lishlari shart.
O‘quvchilar issiqxonadagi tuproqning namlik darajasini qanday bo‘lishini aniqlaganlaridan so‘ng, namlik sensorini o‘rnatadilar. Namlikka qarab o‘zgarib turadigan yerning qarshiligini o‘lchaydilar. Bunda sensor kalibrlashni talab etadi.
Kimyo darslarida o‘quvchilar tuproq tarkibidagi o‘zgarishlarga qarab turli tuproq tarkibini va qarshilik o‘zgarishini o‘rganadilar.
Barcha dastlabki ma’lumotlarni yig‘ib olganlaridan so‘ng, informatika faniga navbat keladi: sensorlar ishini dasturlashadi va 3D printerda issiqxonaning kichik qismlarini chop etishadi.
Havo va CO2 uchun namlik sensorlarining ishlash tamoyilini hamda sun’iy yoritishni o‘rganadilar.
Yig‘im-terim uchun o‘quvchilar robot manipulyatorining ishlash tamoyilini o‘zlashtiradilar, bunda rang sensori yordamida hosilning pishganligi aniqlanadi.
Avtomatik ob-havo stansiyasi” Kim uchun: 5-9 sinf o‘quvchilari Guruhdagi bolalar soni: 3-4 nafar
Qaysi fanlarni birlashtiradi: geografiya, informatika, matematika, fizika, kimyo, texnologiya (mehnat), muhandislik
Maqsad: havoning namligi va haroratini, karbonat angidrid miqdorini, atmosfera bosmini aniqlaydigan havo stansiyasini yaratish. Shamol tezligi sensori unga ulanishi mumkin. Havo stansiyasiga havo balonlarida ko‘tariladi.
Ijro muddati: har bir fan uchun 10 ta dars

Loyixani amalga oshirishda birinchi navbatda o‘qituvchi bilan birgalikda ob- havo stansiyasining vazifalari va funksiyalari muhokama qilinadi. O‘quvchilar 3-4 nafardan guruhlarga bo‘linadi. Ularning har biri o‘z muhandislik qarashlaridan kelib chiqqan holda havo stansiyasini ishlab chiqishadi. Kerakli elektron qurilmalarni tanlash, korpusni ishlab chiqarish uchun uni ishlab chiqish, barcha komponentlarni bitta qurilmaga yig‘ish, uni tahlil qilish kabi ishlar amalga oshiriladi.


Matematika fani yordamida o‘quvchilar korpusning shakli va hajmiga nisbatan hisob-kitob ishlarini amalga oshiradilar. Fizika va kimyo darslari yordamida barcha sensorlarni to‘g‘ri kalibrlash uchun tajribalar o‘tkazadilar. Informatika fani yordamida meteostansiyani masofadan turib boshqarish uchun dasturiy ta’minotini ishlab chiqishadi va qurilmalardagi ko‘rsatkichlarni saqlab qolish uchun sozlash ishlari bilan shug‘ullanadilar.

Download 416.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling