Baliqchilik faoliyatini rivojlantirish yo`nalishi” mavzusi doirasida ekspert bilan olib borilgan suhbatning
STENOGRAMMASI
Аvvalo, ushbu suhbatga vaqtingizni ayamay rozi bo`lganingiz uchun oʼz minnatdorchiligimni bildiraman. Sizning beradigan maʼlumotlaringiz baliqchilik sohasini yanada o`z xissasisini qo`shadi degan umiddaman. Shuning uchun sizning fikrlaringiz ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun juda muhim!
Savol: Nima deb o`ylaysiz, bugungi kunda bozorlarda baliq va baliq mahsulotlarining narxi o`sishiga nimalar ta`sir etmoqda?
Ekspert: To`g`ri bugungi kunda bozorlardagi baliq mahsulotlarining narxlarining hammasi ham ham cho`ntakbop bo`lmasligi, birinchi navbatda talab darajasida takliflar berilmayotganligidan deb hisoblayman. Tog`ri, so`nggi yillarda baliq chilik sohasida juda kata o`zgarishlar amalga oshirilmoqda hamda baliq yetishtirish hajmi ham sezilarli oshgani kuzatilmoqda. Lekin aholi ehtiyoji darajasiga ko`tarilgani yo`q. Shu sababli ham narxlarni ko`tarilish holatlari kuzatilmoqda deb o`ylayman.
Savol: Baliqchilik sohasida qanday qilib mahsuldorlikni oshirish mumkin?
Ekspert: Baliqchilik sohasida mahsuldorlikni oshirish maqsadida xorijiy davlatlar tajribalari o`rganilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Baliqchilik sohasida alohida klasterlar tashkil qilinmoqda. Ushbu baliqchilik klasterlari bosqichma – bosqich mahsulot yetishtirishning intensiv usuliga o`tmoqda. Bu orqali klasterlarga qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, 3 yil mobaynida barcha soliq va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalardan ozod etilmoqda. Havzalarga chavoqlarni tashlab, tabiiy holda kutib o`tirishni hojati yo`q. Intensiv usullarda yetishtirish keng ommalashmoqda. Biz bunda asosan Xitoy usulidan faydalanmoqdamiz. Bu havzalardagi o`rtacha mahsuldorlikni 15-20 sentnerdan 50-60 sentnergacha baliq yetishtirish imkonini bermoqda.
Savol: Nima deb o`ylaysiz, Sun`iy ko`llardan samarasiz foydalanish baliqchilik tarmog`ining rivojiga qanday ta`sir ko`rsatishi mumkin?
Ekspert: Baliq chavoqlari ishlab chiqarish hamda tabiiy suv xavzalari va suniy ko`llardan samarasiz foydalanish baliqchilik tarmog`ining eng salbiy jihatlaridan deb hisoblayman. Samarasiz foydalanish oqibatida baliq ko`llarining xosildorligi bir gektarda 20 sentnergacha ham bormaslik holatlari kuzatiladi. Bu esa bozorlarga yetarli darajada baliq mahsulotlarini yetkazib berishda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Savol: Baliq xo`jaligingizdagi baliqlarni asosan nima bilan ozuqlantirisiz? Ularni ozuqlantirish yo`llari qanday?
Ekspert: Biz baliqlarni ozuqlantirishda 10 kunda bir marotaba och qoldiramiz va shu kuni ularga hech qanday yem mahsulotlari berilmaydi. 10 kunni bir kunida ularga non mahsulotlarini ham beramiz. Sababi baliqlar non mahsulotlaridan o`zlari uchun kerakli bo`lgan oqsillarni hamda turli hil o`ziga kerak bo`lgan vitaminlarni oladilar. Qolgan 8 kun mobaynida baliqlarni o`zining mahsus ozuqalari beriladi. Masalan, mayda lichinkalar,chuvalchanglar, chivinni maydalari va chet eldan keladigan “Aqua aller” mahsus yemlari bilan boqiladi.
Savol: Ushbu hovuzlarda yetishtirilayotgan baliqlarni qayerlarga sotmoqdasiz?
Ekspert: Yetishtirilgan baliq mahsulotlarini asosan o`zimizning ichki bozorlarga yetkazib bermoqdamiz. Lekin baliq xo`jaligiga yangi investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish orqali yanada samaradorlikka erishishimiz orqali ichki bozorni ta`minlagan holda qo`shni mamlakatlar Qozog`iston, Qirg`iziston hududlariga eksport qilish rejalarimiz bor.
Sizga qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman!!! Oʼylaymizki, Sizning bergan javoblaringiz mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada izchillik bilan olib borishga ijobiy yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |