Stereometriyaning asosiy aksiomalari va ularning natijalari. Fazoda to`g’ri chiziq va tekisliklar hamda tekisliklarning o`zaro joylashuvi. Ma’ruza:16 soat. - Ma’ruza:16 soat.
- Amaliy:44 soat.
- Mustaqil ta’lim:42 soat.
- Fan:Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi.
- O’qituvchi:Asqaraliyeva Muhtasarxon.
- VII-semester.
Reja. - 1. Stereometriyaning mantiqiy tuzilishi.
- 2. Stereometriya aksiomalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar.
- 3.To‘g‘ri chiziqlar va tekisliklarning parallelligi.
- 4.Fazoviy shakllarning tekislikda tasvirlanishi.
- 5.To'g'ri chiziqlar va tekisliklarning perpendikularligi
- 6.Perpendikular va og‘ma.
- 7.Tekisliklarning perpendikularlik alomati.
Stereometriya aksiomalarida asosiy tushunchalar - nuqta, to'g'ri chiziq, tekislik va masofaning asosiy xossalari ifodalanadi. - Stereometriya aksiomalarida asosiy tushunchalar - nuqta, to'g'ri chiziq, tekislik va masofaning asosiy xossalari ifodalanadi.
- Dastlabki beshta aksioma tegishlilik tushunchasi bilan bog'liq.
- 1-aksioma. Hech bo'lmaganda bitta to'g'ri chiziq va hech bo'lmaganda bitta tekislik mavjud. Har bir to'g'ri chiziq va har bir tekislik nuqtalarning bo'sh bo'lmagan to'plami bo'lib, bu to'plam fazoning o'zidan iborat emas.
- 2-aksioma. Istalgan ikkita turli nuqtadan bitta va faqat bitta to'g'ri chiziq o'tadi.
- 3-aksioma. Tekislikning ikkita turli nuqtasidan o'tuvchi to'g'ri chiziq shu tekislikda yotadi.
- 4-aksioma. Bir to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lmagan uchta nuqtadan bitta va faqat bitta tekislik o'tadi.
5-aksioma. Agar ikkita turli tekislik bitta umumiy nuqtaga ega bo'lsa, ular shu nuqtadan o'tuvchi to'g'ri chiziq bo'yicha kesishadi. - 5-aksioma. Agar ikkita turli tekislik bitta umumiy nuqtaga ega bo'lsa, ular shu nuqtadan o'tuvchi to'g'ri chiziq bo'yicha kesishadi.
- 6-aksioma. Ixtiyoriy ikkita A va В nuqta uchun A dan В gacha bo'lgan masofa deb ataluvchi nomanfiy kattalik mavjud. masofa A va В nuqtalar faqat ustma-ust tushgandagina nolga teng.
- 7-aksioma. A nuqtadan В nuqtagacha bo'lgan masofa В nuqtadan A nuqtagacha bo'lgan masofaga teng:
- 8-aksioma. Ixtiyoriy uchta А, В, С nuqta uchun A dan С gacha bo'lgan masofa A dan В gacha va В dan С gacha bo'lgan masofalar yig'indisidan katta emas:
- 9-aksioma. Har bir tekislik uchun planimetriyadan ma’lum tartib aksiomasi, tekislikning harakatchanligi aksiomasi va parallel to'g'ri chiziqlar aksiomasi bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |