Stevia rebaudiana Bext murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon


Download 63.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2023
Hajmi63.35 Kb.
#1080617
Bog'liq
Steviya - xaxa



Steviya
Steviya (Stevia rebaudiana Bext.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon
oʻsimlik. Vatani — Paragvay. Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Bolgariya vab. mamlakatlarda
oʻstiriladi. Boʻyi 1,5 m ga boradi. Barglari yirik, uz. 4—7 sm, qaramaqarshi joylashgan, tukli.
Qisqa kun oʻsimligi, kuzda gullaydi. Issiklikka va namga talabchan subtropik ekin. S. bargida
(6,0%—6,5%), poyasida (1,5%) va ildizida (0,6%) shirinligi saharozaga nisbatan 150—300
barobar yuqori boʻlgan kimmatbaho steviozid moddasi bor.
Steviozid konditer sanoatida, salqin ichimliklar, sharbat, saqich, har xil shirinliklar va
konservalar tayyorlashda shakar oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi, undan doridarmon
sifatida, qand diabeti kasalligiga va modda almashinuvi buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa
kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Uni urugʻidan koʻpaytirishga nisbatan qish faslida
issiqxonada, yozda esa bevosita dalaning oʻzida qalamchalaridan koʻpaytirish oson.
Qalamcha koʻchatlari aprelning 2-yarmida, tuproq harorati 14—15° boʻlganda 60x25—40,
70x25 — 30 va 90x15—20 sm sxemada namlangan pushtaga ekiladi. Bahorda va kuzda xdr
10 —12 kunda, yozda 6—8 kunda sutorilib turiladi. Qator oralari oʻsuv davrida 4—5 marta
kultivatsiya qilinadi.
Sning hosili koʻk bargpoya boʻlib, vegetatsiya davrida 2 marta — iyun va oktabr oylarida
shonalagan davrida oʻrib olinadi. Quruq barg boʻyicha hosildorligi 6—25 s/ga. Sanoatda qayta
ishlanib, steviziod moddasi olinadi.
1986-yil S. urugʻi va koʻchati Oʻzbekistonga Paragvaydan olib kelingan. Oʻzbekiston
oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida 1987—88 yillarda oʻsimlikning biologiyasi va uni
koʻpaytirish usullari oʻrganiladi. Sning Shirin va Shakarbarg navlari yaratidsi (1994) va
Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritiddi.


Kim Yu. M., Steviya — novaya saharonosnaya kultura. Sb. "Ispolzovaniya mirovoʻx kolleksiy
rastitelnix resursov dlya sozdaniya sortov intensivnogo tipa v usloviyax Sredney Azii", T.,
1991.
Botir Azimov.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Steviya
&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Steviya&oldid=3507435
" dan 
olindi
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 3 kun avval
 
PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi

Download 63.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling