Stiv Jobsning hayotdagi tushunchalar haqidagi nutqi tahlillari


Download 100.28 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi100.28 Kb.
#1711993
Bog'liq
Safoyev Raxmatillo. Stiv Jobs nutqi tahlili.



Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, Xalqaro Munosabatlar fakulteti 2-kurs talabasi Safoyev Raxmatilloning argumentatsiya va debatlar fanidan tayyorlagan ijodiy ishi.



Stiv Jobsning hayotdagi tushunchalar haqidagi nutqi tahlillari.

  1. Mazkur nutqi ila Stiv Jobs hayot haqidagi undagi bo’ladigan hodisalarning yoki biz ko’r-ko’rona amal qiladigan qadriyatlar haqida aytib beradi. Agar bu videoni diqqat bilan kuzatsak Stiv Jobs o’zining hayotidan ko’plab bog’liqliklar keltirib o’tganini ko’rishimiz mumkin. Asosiy narsa shuki qachonki biz tug’ilib kata bo’lgandan so’ng odamlarning ma’lum bir chegaralar yoki majburiyatlar yaratganini ko’rishimiz mumkin. Biz bunday paytlarda e’tibor bermay shunchaki bo’ysunish, ularga amal qilish yo’lini tanlaymiz, aslida esa Stiv jobsning fikriga ko’ra, biz o’zimiz o’zimiz uchun boshqa qarorlar va chegaralar yarata olishimizni aytib o’tadi.

  2. Stiv Jobs argumentlarida o’z hayotidan misollar keltirgan holda, o\zinii bunchalik rivojlanishga erishganligi va ishida muvaffaqiyatga erishganligi sababi qilib, u o’z ishini juda sevganligini aytadi. Ya’ni biron bir ishda muvaffaqiyatga erishish kalitini qo’lga kiritadi, bu ham bo’lsa ma’lum bir sohada rivojlanish uchun o’sha sohaga ishtiyoq va muhabbat uyg’otish kerak, shunda o’sha sohada tinmasdan va charchamsdan mehnat qilib yuksalish imkoniyati paydo bo’ladi.

  3. Yana bir narsani aytishimiz kerakki u shunday rivojlanish yo’lini har kun kechki paytda oynaga qaragan holda bu uning umrinig so’ngi damlari ekanligini o’ziga uqtirgan holda erishganini aytdi. Ya’ni u nimalar qildiyu nimalar qilmadi shogun amalga oshirishi kerak emish, lekin bir narsa aniqki agar inson umrining oxirgi kunida yashayotganligi aniq bo’lsa uning ishiga qiziqishidan ko’ra ko’proq oilasi, ota-onasi hamda do’stlari bilan birga bo’lmoqlikni ko’proq xohlab qoladi. Shuning uchun aytishimiz mumkinki bu ham bir sofizm. Agar inson har kun ushbu savolni o’ziga beradigan bo’lsa u hech bir narsani orzu qilmagan bo’lar edi, masalan, mansab yoki qanaqadir molliyaviy yuksalishlarni. Shuningdek, biz bilamizki hayotda bajaradigan ishidan inson avvalo, foyda ko’zlaydi.

  4. Inson bu hayotda yashar ekan avvalo o’z mehnatlarini kim uchun manfaatli bo’lishini aniqlab olishi lozim. Qachonki u o’z hayoti uchungina foydali yoki manfaatli bo’ladigan bo’lsa unda uning ishlari samarasiz ketadi. Shuning uchun u qaysi zamonda yashayotganligidan qat’I nazar uning intilishlari va mehnatlari shu jamiyat uchun xizmat qilsa unda uning nomi albatta uzoq vaqt eslanadi va intilishlari samarali o’tgan bo’ladi. Shuningdek, u har qanday qiyinchilikda, yaqinlariga suyanishi yoki hech bo’lmaganda ular bilan dardlashishi insonni ancha yengillashtiradi.

Download 100.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling